7.3.Futer to’qimasi qo’shimcha ipini kiritish usullari
Futer trikotaj to’qimalari. Tarkibiga ignalarga tanlab qo’yiladigan va keyinchalik halqalar bilan birga qo’shib to’qilmaydigan qo’shimcha futer iplari kiritilgan to’qimalar futer to’qimalari deyiladi. Futer ipi mavjud barcha bosh va naqshli to’qimalar tarkibiga kiritilishi mumkin. Hozirgi kunda sanoatda ko’p uchraydigan va olinishi mumkin bo’lgan futer to’qimalari quyidagilardir: glad to’qimasi asosidagi oddiy futer to’qimalari (10.5-rasm, a);
7.5-rasm. Futer to’qimalari tuzilishi.
yopqichli glad to’qimalari asosidagi yopqichli futer to’qimalari (10.5-rasm, b); hosilali glad to’qimalari asosidagi hosilali futer to’qimalari (10.5-rasm, v); bir qavatli fang to’qimalari asosidagi press futer to’qimalari (10.5-rasm, g).
Do'stlaringiz bilan baham: |