O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI EKOLOGIYA FAKULTETI SIRTQI BO’LIM EKOLOGIYA YO’NALISHI
Mustaqil ishi Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar fanidan MAVZU: Rekreatsiya zonalai va ularning ish rejimi Bajardi: Inagamov F. Tekshirdi: Eshonqulov O. Toshkent - 2022
Turizm va aholining ommaviy dam olishini tashkil etish uchun qulay jo‘g‘rofiy va iqlim sharoitlariga ega, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar rekreasiya zonalari hisoblanadi.
Rekreasiya zonalari O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining birgalikdagi taqdimnomasiga binoan mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari bilan tashkil etiladi.
Rekreatsiya rayonlari, rekreatsiya faoliyatini hududiy tashkil etish, rekreatsiya rayonlari va markazlarining shakllanishiga, ularning ixtisoslashishi va iqtisodiy samaradorligiga ta’sir ko‘rsatadi. Ayni paytda u o‘zlashtrilmagan tumanlarda rivojlanish uchun cheklangan imkoniyatlarga egadir.
Rekreatsiya hudud iste’molchisi sifatida qishloq va o’rmon xo’jaligidan keyin 3-o’rinni egallaydi. Rekreatsiya xududiga ehtiyoji uy-joy qurishga nisbatan 3 marta ko’proqdir, lekin rekreatsiya asosoan o’zgartirilmagan hududlarga katta ehtiyoj talab qiladi. Rekreatsiya zonalarini foydali qazilma konlari, yuqori zararli ta’sir ko’rsatadigan sanoat korxonalari yaqinida joylashtrishga yo’l qo’yib bo’lmaydi.
Rekreatsiya ixtisoslashish darajasiga ko’ra rekreatsiya yerdan foydalanishning 3 ta asosiy turini ajratish mumkin:
1. Rekreatsiya yuqori intensivligidagi hududlar. Bunda ulardan boshqa yerdan foydalanuvchilar bo’lmaydi yoki ikinchi darajali ahamiyatga ega parklar, plyajlar va boshqalar bo’lishi mumkin.
2. Rekreatsiya o’rtacha intensivlikdagi hududlar, ular bir vaqtning o’zitda ba’zi ekologik va ishlab chiqarish funksiyalarini bajaradi. 3. Rekreatsiya kam salmoqqa ega bo’lgan hududlar. Rekreatsiyani mamlakat mintaqalarida hududiy tashkil etishni ilmiy asoslagan holda muddatli rejalashtirish va bashoratlash rekreatsiya resurslariga ehtiyojning hajmi va talablarning xilma-xilligini hisobga rekreatsiya yerlarini inventarizatsiyalash va rekreatsiya kadastrini tuzish bo‘yicha katta hajmdagi ishlarni amalga oshirishni talab qiladi.
O’zbekistonning rekreatsiya tabiiy resurslari, ulardan foydalanish va muhofaza qilish.
O’zbekiston tabiiy hamda antropogen rekreatsiya resurslariga boydir. Mamlakat hududida dunyoga dong’i ketgan tarixiy shaharlar va yodgorliklar mavjuddir. O’zbekistonda xilma-xil rekreatsiya turlarini rivojlantirishga mustahkam asos bo’ladigan rekreatsiya komponentlari mavjuddir. Istiqbolda O’zbekiston rekreatsiya resusrlarining imkoniyati resurslarning to’la o’rganish va tabiiy rekreatsiya imkoniyatiga asoslanib mamlakatning turli qishloqlarida rekreatsiya majmualarini barpo etish muhim muammolaridan hisoblanadi.
O’zbekiston tabiatining rekreatsiya qiymati uning hudud landshaftalrining xilma xilligi bilan belgilanadi. O’zbekistonning qo’yidagi tabiiy rekreatsiya rayonlarini ajratish mumkin: Farg’ona, Chirchiq, Ohangaron, Zarafshon, Mirzacho’l, Qashqadaryo, Surxondaryo va boshqalar.
Adabiyotlar ro’yxati
Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida. Xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.O’zbekiston , 1997.
Karimov I.A. Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot pirovord maqsadimiz.-T-.: 2000.