Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi


Yerdan foydalanishning tarixiy-ijtimoiy bosqichlari



Download 1,3 Mb.
bet37/92
Sana06.04.2022
Hajmi1,3 Mb.
#531323
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   92
Bog'liq
fayl 1982 20211005

7.7.Yerdan foydalanishning tarixiy-ijtimoiy bosqichlari
Odamning paydo bo‘lishi Yerning geografik qobig‘i tarixida eng muhim voqealardan biridir. Chunki, odam o‘zining uzoq vaqt davom etgan xo‘jalik faoliyati natijasida sayyoramiz qobiqlarini o‘zgartirishda faol ishtirok etmoqda. Antropologiya fanidan ma’lumki, Xomo sapiens ilk davrlardanoq atrof-muhitni o‘zgartira boshlagan. Dastlab tabiiy boyliklar oddiy iste’mol qilingan (ildizlar, mevalar, ko‘kat va hayvonlar). So‘ng odam, hayot vositalarining tabiiy manbalaridan foydalanishga o‘tdi (qurilma boyliklar, energetika manbalari). Shu jarayonlar tabiiy muhitni qayta qurilishiga olib kela boshladi. Bunday faoliyat natijasida, odam biologik tur sifatida yashab keldi va boshqa tirik jonivorlardan farqli ravishda, mehnat qurollarini tayyorlash, moddiy va madaniy boyliklarni to‘plash malakasini hosil qildi, atrof-muhitni maqsadga muvofiq o‘zgartira boshladi. Agar, o‘zi paydo bo‘lishiga qadar mavjud bo‘lmagan sun’iy manbalarni yaratmaganda, inson ongli mavjudot bo‘la olmas edi. Oqibatda, odam tomonidan xilma-xil moddiy va madaniy predmetlar, qayta o‘zgartirilgan landshaftlar va madaniylashtirilgan o‘simlik va hayvonlarni o‘z ichiga olgan sun’iy hayot muhiti shakllandi.
Lekin shu o‘rinda bir savol tug‘iladi. Yer, faqat inson uchun makonmi? Yo‘q albatta. Yer yuzida tirik organizmlar odam paydo bo‘lmasidan ancha avval mavjud bo‘lganligi ma’lum. O‘olavyersa, Yer qobiqlarining rivojlanishida organizmlarning o‘rni benihoya kattadir. Xususan, o‘simliklarni olsak, tabiatning eng buyuk mo‘jizasi fotosintez jarayonini bajaradi. Buning natijasida tabiatda uglyerodning aylanib yurishi vujudga keladi. Agar fotosintez ro‘y bermasa, havodagi korbonat angidrid miqdori oshib, odamlar va hayvonlar yashashi uchun muhit yuzaga kelmas edi. Undan tashqari SO2 miqdorining oshishi iqlimni ham o‘zgartiradi, buning natijasida esa Yerning quruqlik qismida juda katta o‘zgarishlar sodir bo‘lar edi. YAna bir ko‘rsatkich, tirik organizmlar tabiatdagi suvning to‘xtovsiz aylanib yurishida ham ishtirok etadilar. Oddiy suv o‘tlari va fitoplanktlarni olsak, ular doimiy suvda yashab, nafaqat suvni balki, atmosfyerani kislorod bilan boyitib turadi.
Jonli tabiat vakillari ayniqsa, Yer po‘stining o‘zgarishida faol ishtirok etadi. Chunki, tabiatda nurash jarayoni mavjud. Yer qazuvchi hayvonlar in kavlaganda chiqqan tuproqdan balandligi 1 metrgacha bo‘lgan tepachalar hosil bo‘ladi. Mikroskopik hayvonlarning chig‘anoqlari va skeletlaridan esa dengiz tagida maxsus tog‘ jinslari hosil bo‘ladi, marjonlar esa orollarni paydo qiladi. SHuningdek, Yer qazuvchi hayvonlar tuproqqa suv va havo kirishini osonlashtirib, tuproqni aralashtiradi. Masalan: yomg‘ir chuvalchanglari 1 ga Yerda 0,5 sm qalinlikdagi 25 t tuproq qatlamini hosil qilishi mumkin.
Shunday qilib, yashil o‘simliklar organik modda ishlab chiqarsa, hayvonlar va odam uni iste’mol qiladi. Demak, tabiatdagi tirik organizmlar Yer landshafti va tabiatini o‘zgartirib insonga o‘ziga xos muhit tayyorlab bergan.
Insonning paydo bo‘lishi bilan esa avval mavjud bo‘lmagan geologik va kosmik faktor hisoblangan inson ongi ishlay boshladi. Albatta, avvaliga tabiatga, o‘simlik va hayvonot dunyosiga inson kamsonliligi oqibatida aytarli ta’sir ko‘rsatmagan. Lekin, inson o‘z faoliyati bilan bosqichma-bosqich Yer sayyorasini o‘zgartira boshladi. Bu esa V.I. Vernadskiy iborasi bilan aytganda “Umumsayyoraviy voqea, xodisa” edi. Yer taraqqiyotidagi eng buyuk o‘zgarishlardan biri (umurtqalilar paydo bo‘lishi, o‘simliklarda gullarning paydo bo‘lishi kabi) inson jamiyatining paydo bo‘lishidir. Oqibatda, insoniyat tarixi boshlandi va Yer sayyorasi tarixiga ko‘pgina o‘zgartirishlar kiritildi.

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish