Tabiiy fanlar fakulteti “Himoyaga ruxsat etilsin”



Download 2,36 Mb.
bet28/38
Sana01.01.2022
Hajmi2,36 Mb.
#284506
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38
Bog'liq
ichki kasalliklari va uni oldini olish

Foydali maslahatlar: 1.Bemorlar turli dori-darmonlar qo‘llamasdan shifokor-dermatolog nazoratida bo‘lib, uning ko‘rsatmasi bo‘yicha davolanishlari lozim.
2. Bemorlarga quyosh va kvars nurlari olish, vanna, sauna, elektruyqu, igna va gipnoz bilan davolanish, daryoda, dengizda, bassenda cho‘milish, Chortoq, Toshkent mineral suv, Jalolobod kabi kurortlarda davolanish tavsiya etiladi.
3. Bemorlar spirtli ichimliklardan, kashandalikdan, achchiq kofe, choy ichishdan, shirinliklardan, sho‘r, qovurilgan, yog‘li, konservalangan, tuzlangan (go‘sht, baliq, qazi, bodring, pomidor, karam, sabzi, sitrusli mevalar va boshqalar) ovqat va ichimlikdan saqlanishlari kerak.
4. Bemorlarga sut, o‘simlik mahsulotlari, o‘simlik moylaridan tayyorlangan, A, V, S vitaminlariga boy ovqatlar, ko‘proq ho‘l meva, yangi sabzavot va ko‘katlar iste’mol qilib yurish tavsiya etiladi.
5. Qancha ko‘p harakat qilsangiz (ish, sport, turizm, sayr va boshqalar), organizmingiz kisloroddan yaxshi foydalanadi. Bu esa temiratkining tez tuzalishiga yordam beradi.
6. Psoriaz tez-tez oshqozon-ichak, jigar xastaliklari bilan birga kechishi bois uni tez va samarali davolash uchun dorivor o‘tlar yig‘masi damlama (qaynatma)lari iste’mol qilish buyuriladi.
7. Har bir bemordagi psoriaz bir-biriga o‘xshamasligini, kimnidir biror dori-darmon davolasa, boshqa birovni davolamasligini, kimgadir birinchi davolash usuli samarali bo‘lsa, ikkinchisida samarasiz, keyin esa mutlaqo yordam bermasligini unutmang.
8. To‘g‘ri hayot kechirish tarziga (ovqatlanish, mehnat qilish, dam olish, uxlash) amal qiling. Behudaga asabiylashmang, shoshib va zo‘riqib ish qilmang.[28]



Saramas xastaligi. Bu kasallik ko‘k yara, yolin, surxboda, roja deb ham yuritiladi. Saramas – teri, shilliq pardalar va teri limfa tomirlarining yallig‘lanishi bo‘lib, o‘tkir yuqumli kasallikdir. Ayrim tabiblar fikricha, uning asosi issiq bod bo‘lib, bunda qon kasallanadi. Safro ko‘paygani uchun yiringlash kuchayadi. Saramasni patogen streptokokklar qo‘zg‘atishi ta’kidlanadi. Streptokokklar teriga har qanday shikastlanishlarda, masalan, tirnalgan, shilingan, qirilgan, yara ifloslanganda kirishi mumkin. Shu bilan birga odamlarning saramasga beriluvchanligi har xil bo‘lib, bu kasallikning paydo bo‘lishi uchun faqat streptokokkning shikastlangan teriga kirishi kifoya qilmay, balki organizmning ma’lum darajada sezuvchanligi ham zarur bo‘lar ekan. Ko‘pincha saramas yilning sovuq vaqtlarida kuzatiladi. U asosan yuz, soch tagi va qo‘l-oyoqda paydo bo‘lib, avval shishadi, qichishib qizaradi, quruqlashadi, juda tez kengayib, achishib og‘riydi. Saramasda to‘satdan titrash, bosh, badan og‘rishi, ko‘ngil aynishi, isitmalashi, harorat 38-40 darajagacha ko‘tarilishi, bemor alahsirashi, hatto hushdan ketishi ham mumkin. Saramas bolalar va keksa kishilarda og‘ir kechadi. Saramas kasalligi bir necha xil bo‘lib, eritematoz saramasi ba’zan 3-7 kunda o‘z-o‘zidan (davolanmasa ham) tuzalib ketadi, shuningdek, cho‘zilib gavdaning bir joyidan boshqa joyiga o‘tishi ham mumkin. Bu sayyor saramas deyiladi. Eritematoz saramas ko‘pincha yuz va bosh terisini shikastlantiradi, gohida u oyoqlarda, ahyon-ahyon qo‘llarda joylashadi. Yuz va bosh saramasida infeksiyaning kirish darvozasi oson zararlanadigan teri sohasi hisoblanadi, ya’ni quloq chig‘anog‘ining kirish qismi, og‘iz burchaklari yaqini, burun teshigi shunday sohalardir. Saramas teridan shilliq pardalarga yoki, aksincha, shilliq pardalardan teriga o‘tishi mumkin. Ba’zan saramas jarayoni terining ko‘pgina joyini shikastlantiradi. Bu «adashgan saramas» deyiladi. Agar saramas bilan zararlangan sohada serozli suyuqlik bilan to‘lgan bir necha pufakchalar yoki yirik pufakchalar hosil bo‘lsa, bu kasallik bulyoz saramas deb ataladi. Ba’zan pufakchalar o‘z-o‘zidan yoriladi, bu holda aseptika qoidalariga rioya qilinmasa, yiringli infek’iya rivojlanishi mumkin. Saramasning bundan ham og‘ir flegmonoz xilida teri ostida flegmona vujudga kelishi ta’kidlanadi.
Eng og‘ir xili gangrenoz saramasda kasallangan organlar terisi va shilliq pardalarining to‘qimalari o‘lishi kuzatiladi. Saramasda residivlar, turli xil asoratlar, fil oyoq kabi kasalliklar paydo bo‘lishi kuzatilgan. Masalan, qon zararlanishi (sepsis), yuz sohasidagi saramasdan esa miya pardalarining yallig‘lanishi (meningit) kabi xavfli asoratlar qolishi mumkin. Saramasning xronik formasi ham mavjud. Bunda kasallikning o‘tkir davridan keyin ham terining zararlangan yeri shishib turaveradi. Olimlarning fikricha, kamfora moyi, bo‘r kukuni, yod, ixtiol moyi, bo‘yoqli moddalar surtish, qizil matoga o‘rash, isituvchi kompresslar mutlaqo foydasiz va xavfli hisoblanadi. Saramas bilan kasallangan, ayniqsa, yaxshi davolanmagan bemorda ba’zan saramas qo‘zg‘atuvchisiga o‘ta sezuvchanlik saqlanib qolib, bunda saramas vaqti-vaqti bilan qaytalanib turishi, bu odatda oldin zararlangan joyda (odatdagi saramas) kuzatiladi. Oriqlab ketgan, avitaminoz bilan og‘rigan bemorlarda, immuniteti, quvvati past va keksa odamlarda, shuningdek, surunkali intoksika’iyalar ro‘y berganda, teridagi qator surunkali kasalliklarda saramas uzoq muddat va og‘ir davom etadi. Foydali maslahatlar:1. Saramasga shubha tug‘ilganda darhol shifokorga murojaat qilish, agar saramas ekani aniqlansa, bemor kasalxonada davolanishi lozim.
2. Qo‘y, quyon, parranda va boshqalar ham saramas bilan kasallanishini, asosan cho‘chqalarda ko‘p uchrashini unutmang. Bunday hollarda karantin e’lon qilinishi shart.
3. Saramasning oldini olish uchun doimo terining butunligi va tozaligiga qarab borish, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish, terining tirnalgan, ishqalangan, qavargan, kesilgan va arzimas jarohatlangan joyini tezda davolash zarur.
4. Saramasning barcha xillarida, shuningdek, yiringli asoratlarda aseptikaning barcha qoidalarini bajarish, bemorni puxta parvarish qilish va undan y echib olingan bog‘lamlarni kuydirish kerak.
5. Bemorning ovqati vitaminlar, mineral moddalar, asosan askorbin kislotalarga boy bo‘lishi, yarim suyuq, sutli, sabzavotli ovqatlar, ko‘p-ko‘p suyuqlik iste’mol ыilishi, choy o‘rniga na’matak damlamasi, asal qo‘shilgan choy ichishi tavsiya etiladi.
6. Bemor xamirli, qovurilgan, yog‘li, shirin, achchiq, sho‘r taomlar, qazi, kaboblardan va sut ichishdan o‘zini tiyishi kerak.
7. Har kuni sabzi, selderey, petrushka, shivit, qizil lavlagi, bodring, qatiq, suzma, pishloq, shirguruch, suvi qochgan nonni iste’mol qilib turishi lozim.
8. Saramasga chalingan odamning terisiga, qo‘liga, kiyim-kechaklariga, idish-tovoq va boshqa buyumlariga tegmaslik kerak. Tegilganda ham qo‘lni yaxshilab sovunlab yuvib, atir yoki spirt bilan artib, terining zararlanishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur.
9. Odatda qon aylanishining buzilishi, ishtahaning yo‘qligi, uyqusizlik, ich qotish, qo‘l-oyoqning shishishi, saramasning «yo‘ldoshlari» ekanini unutmang.
10.Saramas nihoyatda o‘jat kasallik bo‘lib, u go‘yo tuzalib ketganday bo‘ladi. Kutilmaganda esa takrorlanadi va ikki yilgacha azob berib, boshqa kasalliklarni ham chaqirishi mumkin. Shuning uchun saramasga chalinganda bee’tibor bo‘lmaslikdarkor.
11. Sog‘lom va to‘g‘ri hayot kechirish tarziga amal qilib (ovqatlanish, mehnat qilish, dam olish va uxlash), badantarbiya yoki sport bilan shug‘ullanib, zararli odatlar (alkogol, tamaki, nos va boshqalar)dan voz kechish kerak.[30]


Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish