Tabiiy fanlar fakulteti “Himoyaga ruxsat etilsin”



Download 2,36 Mb.
bet24/38
Sana01.01.2022
Hajmi2,36 Mb.
#284506
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38
Bog'liq
ichki kasalliklari va uni oldini olish

Klinikasi. Teri leyshmaniozining qishlok xili o’tkir bosh-lanib, yaralar hosil bo’ladi, ular ho’llanib, nekrozga uchraydi (o’tkir nekrozlanadigan leyshmanioz). Kasallikning inkubatsion davri qiska; o’rtacha 2—4 hafta, ba’zan 6—8 haftaga borishi mumkin. Dastlab chivin chaqqan joyda furunkulsimon dumboqcha vujudga kelib, ular kattalashishga moyil bo’ladi. Ularning rangi qizgish., ko’kimtir; o’tkir yallig’langan, konsistensiyasi qattik infiltratlangan bo’lib, bezillab og’rib turadi; o’rnidan 1—2 oy ichida (bolalarda 1—2 haftada) chuqur va og’riydigan yara hosil bo’ladi Nekrozlanish ko’pincha dumbokchalar markazidan boshlanadi, yuzasi quruk qora qo’tir po’st bilan qoplanib turadi. Yaralarqirrasi notekis, yoyilgan, nekrozlangan, chuqur bo’lib, nekrotik-yiringli va qonli massa bilan to’lib turadi. Yaralar achishib bezillab og’riydi, ba’zan ularning chetida limfangitlar paydo bo’ladi. Ular qator joylashib, silaganda qo’lga yaxshi unnaydi. Ba’zan tugunli limfangitlar yara-chaqalanib ketishi mumkin; kasallik uchog’ining limfa tomirlari bo’ylab tarqalishi natijasida limfadenitlar ham yuzaga keladi. Yaralarning kattaligi bir necha santimetrga yetishi mumkin. Yosh bolalarda yaralarning bitishi ancha uzoa cho’zilib, ko’pincha ikkilamchi piogen infeksiya bilan asoratlanadi, abssesslanib, saramas, flegmonalar yuzaga keladi, bunda kasallikning asl klinik manzarasi ro’yi-rost ko’rinmay, unga diagnoz qo’yish ancha murakkablashadi. Yaralarning bitishi tubidan boshlanadi, granulyatsiyalar hosil qilib, donador tusga kiradi (baliq tuxumlari simptomi); jarayon 2—3 oy, ba’zan 6—8 oy davom etadi. Yaralar bitgach o’rnida umr bo’yi ketmaydigan chandiqlar qoladi. Teri leyshmaniozining qishlok xilida furunkulsimon dumboqchalar yoki leyshmaniomalar soni 1—2 tadan 5—10 tagacha, xatto 50—60 taga boradi; ular soni flebotomus chivini odamni necha marta chaqqanligiga bog’lik L. Geydenreyx 174 leyshmaniomasi (1938), A. N. Slavin 222 leyshmaniomasi (1964) bor bemor-larni kuzatgan. Kasallikning ko’p-ozligi odatda yil fasllariga bog’lik, asosan kuzda, iyul-oktyabr oylarida ko’payadi. Kasallik o’choqlari aksariyat bemorning yuzi, qo’l-oyoqlari, ba’zan butun tanasida joylashadi. Mutaxassislarning fikriga qaraganda chivinlar odamlarni asosan kechasi, ya’ni uxlab yotganda chaqadi. Bitta chivin odamning ma’lum bir joyini 10—15 marta chaqishi mumkin, shuning uchun leyshmaniomalar to’p-to’p bo’lib joylashadi. Teri leyshmaniozining shahar (antroponoz) xili surunkali kechib, leyshmaniomalar kech yaralanadi. Inkubatsion davri bir yilgacha (bir yillik), ayrim paytlarda 3—4 yilgacha yetadi. Kasallikning bu xili bilan ko’pincha shaharliklar og’riydi. Odatda bu kasallik endemik joylarga borib, kasallikni avvalgi mavsumda yuqtirib olgan odamlarda uchraydi. Odamning chivin chaqqan joyida (yuzi, qo’li, oyog’i) kichkina dumboqcha hosil bo’ladi,u teridan bir oz ko’tarilib turadi va asta-sekin kattalashib qizg’ish jigarrang yoki ko’kimtir, konsistensiyasi zich infiltratlangan dumboqchaga aylanadi. Usti qalin qora-qo’tir bilan qoplanib, o’rtasidan yaraga aylanadi. Yaraning qirrasi notekis, uzuq-yuluq bo’lib, atrofi infiltratlanib turadi, tubi donador to’qima bilan qoplanadi; ichida sarg’ish-pushti qonli yoki quyuq yiringli suyuqlik tutadi. Asta-sekin qirralari notekis chandiq hosil qilib bitadi. Teri leyshmaniozining bu shaklida limfangitlar ancha kam uchraydi. Ikkala xilida ham kasallikning tegishli qo’zg’atuvchilariga nisbatan immunitet paydo bo’ladi. Teri leyshmaniozining ikki xil klinik turini yaxshi tafovut qilish uchun P. V. Kojevnikov va boshqalar quyidagi jadvalni tavsiya etishgan.


Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish