Tabiiy fanlar fakulteti “Himoyaga ruxsat etilsin”



Download 2,36 Mb.
bet26/38
Sana01.01.2022
Hajmi2,36 Mb.
#284506
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38
Bog'liq
ichki kasalliklari va uni oldini olish

FOTODERMATOZLAR

Fotodermatozlar klinik ko’rinishi va kechishi bo’yicha turli dermatozlarga mansub bo’lib, ularning kelib chiqishida quyosh nuri hal qiluvchi ahamiyatga ega. Turli xil to’lqin uzunligidagi nurlar ta’sirida vujudga kelgan teri jaroxatlarini quyidagicha tasnif etish (klassifikatsiyalash) mumkin:

1. Uzoq muddat yoki kuchli insolyatsiya (quyoshdan kuyish, o’tkiraktinik dermatit) kasbkor, dori-darmonlar, (terining muddatidan avval qarishi, quyoshli elastoz, terining o’sma kasalliklari) ta’sirida normal terining o’zgarishi.

2. Terida quyosh nuridan saqlovchi tabiiy protektorlarning (pigmentli kserodermada DNK reparatsiya qiluvchi fermentning yetishmasligi, albinizmda melanin pigmentining) yo’qligi.

3. Quyosh nuri ta’siridan so’ng paydo bo’ladigan yoki qaytalanadigan dermatozlar (qizil yuguruk, dermatomiozit, Dare kasalligi, xloazma va boshqalar).

4. Terida quyosh nuri ta’sirini kuchaytiruvchi molekulalarning paydo bo’lishi.

Quyosh nuri hammada ham fotodermatozlarni yuzaga keltiravermaydi. U ko’proq nurga nisbatan o’ta sezuvchan bo’lgan organizmda kuzatiladi. Fotosensibilizatsiyaga (quyosh nuriga nisbatan o’ta sezuvchanlik) endogen va ekzogen omillar (porfiriya, pigmentalmashinuvining izdan chiqishi, jigar kasalliklari, gipo va avitaminozlar, nervendokrin sistemasi faoliyatidagi o’zgarishlar) sabab bo’ladi.

M. A. Shteynberg fotodermatozlarni chin, tug’ma va orttirilgan (quyoshli ekzema, prurigo, xeylit, eshakem, terining porfirin kasalligi, pigmentli kseroderma) hamda nisbiy fotodermatozlarga (toksikoinfeksion, oziq-ovqatli) ajratadi.



Polimorflifotodermatoz . Bu kasallik klinikjihatdan quyoshli ekzema va quyoshli prurigoning xususiyatlarini o’zida ifodalaydi. Lekin ba’zi olimlar quyoshli ekzema va quyoshli prurigoni mustaqil kasallik deb izohlaydilar. Patogenezi. Kasallik patogenezi to’liq o’rganilmagan. Immun sistema tarafdorlari fikricha kasallikning kelib chiqishida immun sistemaning ahamiyati bor. Bemor konida T-limfotsitlar umumiy mikdorining oshgani, terisida T-xelperlarning boshqa hujayralarga nisbatan kupayib ketganligi aniqlanadi. U.K-Beluxaning(1986) ma’lumotlari bo’yicha prurigo-ekzematozli (polimorf) fotodermatoz bilan og’rigan bemor konida V-limfotsit va IgG — immunoglobulininlarning oshib ketgan va neytrofillarning oksilga bulgan sensibilizatsiyasi yuqori bo’lgan. Kasallikning kelib chiqishida nerv, endokrin va me’da-ichak sistemalarining ahamiyati katta. Yuqorida keltirilgan omillarning birga kelishi va bemorning quyosh nuriga nisbatan o’ta sezuvchanligi polimorfli dermatozni keltirib chikaradi.

Klinikasi . Kasallik asosan bahor oylarida boshlanadi. Nur ta’siridan so’ng 7—10 kun o’tgach, kasallikka xos alomatlar paydo bo’ladi. Fotodermatozlar, jumladan polimorfli derma toz uchun xos alomatlardan biri badanning ochiq, ya’ni quyosh nuri tushadigan pruriginoz yoki vezikulyoz toshmalar toshishidir. Kon’yunktivit va xeylit kuzatiladi (aktinik xeylitning klinik ko’rinishi ≪Xeylit≫ da bayon etilgan). Kasallik mavsumiy kechadi, toshmalar bahor, yoz oylarida toshib, kuzda kamayadi. Papulalar birlashib pilakchalarni hosil kiladi. Kuchli kichishish natijasida teri shilinishi va gemorragik po’stlar bilan qoplanishi mumkin. Bemorlarning 1/3 kismida papulovezikulyoz toshmalar, pilchirash kuzatiladi va klinik kurinishi kuprok utkir ekzemani eslatadi. Papulyoz toshmalarning vezikulyoz toshmalar bilan almashinib turishi kasallikka xosdir. Shu bilan birgalikda bemor terisida urtikar va granulyomasimon toshmalar ham uchrashi mumkin. Kasallik zo’raygan davrida toshmalar badanning quyosh nuri tushmaydigan sohalariga ham tarqalib ketadi.


Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish