GistopatologiyasiMorfologik o’zgarishlar spesifik harakterga ega emas. Epidermisda akantoz, spongioz, dermada esa leykotsitlardan tashkil topgan infiltrat aniqlanadi.
Diagnozi. Diagnoz quyishda toshmalarning mavsumiyligi va biodozaga e’tibor berish kerak.
Davosi. Bemorni quyosh nuridan ehtiyot qilish, nurdan saqlovchi malhamlarni (≪Shit≫, ≪Luch≫) qo’llash tavsiya etiladi. Vitaminoterapiya (V-guruxi, S, RR), antioksidantlar (a- tokoferol), metionin, teonikol tavsiya etiladi. Bezgakka qarshi dorilarni (delagil, sutkada 0,25 g dan 1 mahal, 5 kun davomida) ishlatish yaxshi naf beradi. Teridagi yallig’lanishni bartaraf etishda kortikosteroidli malhamlardan foydalaniladi.[29].
Qipiqli temiratki (PSORIAZ) Psoriaz xastaligi juda qadim zamonlardan beri insonni ta’qib etib kelgan. Temiratki surunkali teri kasalligi bo‘lib, tibbiyotda psoriaz deyiladi. Bu kasallik bemordan sog‘ odamlarga yuqmasligi bois uni xalqlar orasida «qutlug‘ dard» deb atashadi. U ko‘proq 12-15 yoshlardan boshlanib, oylab, yillab, ba’zan ko‘p yillar davom etishi kuzatilgan. Psoriazning kelib chiqishi sababi hozirgacha noma’lum bo‘lib, bu haqda dunyo olimlarining turli nazariyalari mavjud. Ko‘pchilik olimlar buni markaziy asab faoliyatining buzilishidan (qattiq qo‘rqishdan, og‘ir musibatdan va boshыalardan) deb ko‘rsatishadi.
Boshqa bir guruh olimlarning fikricha, psoriaz irsiyatdandir. Shuningdek, bulardan farqliroq nazariyalar ham bor. Masalan, filtrlovchi viruslar ta’sirida yuqumli (infek’ion) nazariyasi, neyroendokrin-almashinuv nazariyasi. Ayrim olimlarning ta’kidlashicha, psoriaz moddalar almashinuvi, asab va endokrin tizimi faoliyatining buzilishi, tanzillit, gaymorit, xolesistit, andeksit va boshqalar oqibatida kelib chiqishi mumkin. Kasallik belgilari ko‘proq boshning soch qismida, tirsak va tizzada, qo‘l va oyoqning yuzasida paydo bo‘lishi aniqlangan.
Dastlab terida mayda, moshdek, no‘xotdek pushti yoki qizg‘ish tugunchalar hosil bo‘lib, ularning usti qipiqlanuvchi oqish, kumush rang po‘stloq bilan qoplanadi. Tugunchalar asta-sekin kattalashib, bir-biriga qo‘shilib ketishi mumkin. Kasallik zo‘rayganda psoriaz toshmalari badanni butunlay egallab oladi (psoriatik eritrodermiya); bunda bemor o‘zini yomon his qilib isitmalaydi, limfa tugunlari kattalashadi. Psoriazning ba’zi turida tirnoq bo‘g‘imlar ham zaralanib, shakli o‘zgaradi, harakat qilganda qattiq og‘riydi, tirnoq yuzasi qalinlashib xira tortadi. Kasallik odatda kuz va qish oylarida qo‘zg‘ab, yozda biroz yengillashadi (remissiya).
Psoriaz uch davrni o‘tkazadi: birinchisi – kasallikning boshlanishi va rivojlanish (progressiv) davri; ikkinchisi – turg‘unlashgan (statsionar) davri, bu davrda kasallik belgilari paydo bo‘lishi to‘xtab, eskilari esa kattalashmaydi; uchinchisi – orqaga qaytish (regressiv) davri. Bu davrda tugunchalar asta-sekin so‘rilib, qipiqlari tushib, keyinroq teri normal holga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |