Tabiiy fanlar fakulteti “Himoyaga ruxsat etilsin”



Download 2,36 Mb.
bet29/38
Sana01.01.2022
Hajmi2,36 Mb.
#284506
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   38
Bog'liq
ichki kasalliklari va uni oldini olish

Teri gigiyenasi. Donishmand xalqimizning maqoliga ko'ra, teri sog'liq ulashuvchisidir. Teri organizmni qoplabgina qolmasdan, balki uni tashqi muhitning zararli ta’siridan birinchi bo’lib himoya qiladi.Uning funksiyalari normal o'tishi uchun teri doim toza bo'lishi zarur. Terining eng ustki epidermis qavatining hujayralari uzluksiz po‘st tashlab. yangilanib turadi. Bir kecha-kunduzda teri yuzasida 10-15 g epidermis hujayralari chiqindisi hosil bo’ladi. Agar odam muntazam ravishda yuvinib turmasa, terining ustki qavatidan ajralgan po'st chiqindilari ter va yog' bezlari suyuqligi bilan qo'shilib, teriga yopishib qoladi. Terining ustki qismi chiqindi moddalar bilan qoplanib. ter va yog' bezlari suyuqlik chiqaradigan naychalar berkilib qoladi. Buning oqibatida terining nafas olish, ayirish, tana harorati doimiyligini taininlash buziladi. Bundan tashqari, teri kirlanishida kasallik qo'zg'atuvchi mikroblar yashashi va ko'pavishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Ma'lumki. kirlangan teri qichiydi va odam qashishi tufayli u jarohatlanadi. Bu jarohatlarga tushgan mikroblar yiringli yara hosil qiladi. Shuningdek. terini qashigan vaqtda undagi mikroblar tirnoq tagiga kirib qoladi va qo'l sovunlab yuvilmasa. ovqat iste’mol qilganda ular hazm a ’zolariga kirib. oshqozon-ichak kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin. Terini toza saqlash gigiyenik madaniyatning asosiy ko'rinishlaridan biri hisoblanadi, bolani yoshligidan qo'lini sovunlab yuvishga o’rgatish lozim. Qo’lni ovqatlanishdan oldin. xojatxonadan chiqqanidan so'ng, albatta, sovunlab yuvish kerak. yuz. bo'yin sohalarni har kuni ikki marta ertalab va kechqurun uxlash oldidan yuvish lozim; haftada 1-2 marta hammomga kirish yoki issiq dush qabul qilish lozim. Teri kasalliklarini tarqatmaslik uchun har bir bolaning sochig'i, mochalka. tarog'i, ich kivimlari. paypog'i shaxsiy bo'lishiga e ’tibor berish kerak.bundan tashqari yangi tug’ilgan chaqaloqlar va yosh bolalarning terisi har kungi parvarishni talab qiladi. Go’doklarni iflos va ho’l ketliklarda qoldirib bo’lmaydi. Ular siyganida yoki ichini bo’shatganidan so’ng har gal jinsiy a’zolarini issiq suvda yuvib, chov, dumba sohalari toza paxta moyi yoki mineral kukunlardan tayyorlangan upa bilan artiladi.bolaning tirnoqlari o’sgan bo’lsa, olinib, terisini barmoqlari bilan tirnamasligi uchun kiyimlarining yengi uzun qilib qo’yiladi. Go’daklar umrining birinchi yarim yilligida deyarli har kuni bir vaqtda cho’miltirib turiladi. Shunda bolaning terisi changdan, terdan doimo toza bo’lib, organizmi yayrab o’sadi. Chomiltiradigan xonaning harorati 22-24 C, suvning issiqligi 36-37 C bo’lishi kerak. “Lanoninli”, “Bolalar uchun “ sovunlaritavsiya etiladi.[21].

O’smirlik davrida terini parvarish qilishga, ayniqsa e’tibor berish lozim. O’smirlar mabodo yuz, badan terisini to’g’ri parvarish qilmasa, unda ko’pincha yuzlari, ko’krak, yelka terilariga, ba’zan xatto boshning sochli qismiga husnbuzarlar, maddalar toshadi. Balog’at yoshida yigit-qizlar teri bezlarining funksiyasi ortadi, terining hidi o’ziga xos bo’lib qoladi. Ular har kuni yuvinib-taranib, ozoda yurishlari, husnbuzar va yiringli maddalarni qo’l bilan siqmasliklari kerak. Yosh qiz-juvonlar bilar-bilmas yuz terisiga har xil upa-elik va kremlar surtaverishsa, terining tabiiy rangi va silliqligi o’zgaradi, keyinchalik unga turli allergik toshmalar toshadi, dog’ tushadi.toza teri yuzasida moyli yupqa parda (mantiya) bo’lib, u patogen mikroorganizmlarning ko’p qismini terining ichki qismiga o’tishiga yo’l qo’ymaydi. Teri haddan tashqari ifloslanadigan bo’lsa, aksincha ajralgan ter va yog’ parchalanib, mikroblarning rivojlanishi uchun juda qulay ishqoriy muhit tug’diradi, teriga hadeb suv, nam tegaversa, u qurib yoriladi. Ishxonada ish qurollari bilan ishlaganda xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy rioya qilinmasa, mayda qirindilar kirishi, kesishi yoki ishqor, kislota, bo’yoq moddalari ta’sir etishi natijasida terida yiringli yoki allergic kasalliklar paydo bo’lishi mumkin. Benzin kerosin, mashina moylari, neft va neft mahsulotlari, sement, mineral o’g’itlar hamda boshqa moddalar bilan bevosita ishlovchilar tana terisini to’g’ri va muntazam tozalab turishiga alohida ahamiyat berishi lozim. Ish vaqti tugaganidan so’ng iliq suv bilan yuvinishi, haftasiga kamida bir marta hammomda cho’milishi joiz. Korxonalarning sanitariya holati tibbiyot xodimlari tomonidan muntazam nazorat qilinib, xodimlar vaqti-vaqti bilan tibbiy ko’rikdan o’tib turishlari kerak. Terining sog’lom bo’lishi va normal faoliyati insonning to’g’ri ovqatlanishiga, uni parvarish qilishga bog’liq. Surunkasiga spirtli ichimliklar ichish, haddan tashqari shirali mahsulotlar hamda sirka, qalampirni ovqat ratsioniga qo’shish, teriga ziyon qiladi. Aksincha, ovqat mahsulotlarini to’g’ri, me’yyorida iste’mol qilish, vitaminli taomlar (jigar, sut, baliq moyi, sariyog’, sabzi, limon va boshqalar)ni iloji boricha ko’proq yeyish maqsadga muvofiq. Quyosh nuri terining oziqlanishini yaxshilaydi, toza havo, vannada yuvinish esa organizmni chiniqtiradi, natijada bezlar sekretsiyasi normal rivojlanadi, qon tomirlar kengayib, teridagi muhim moddalar almashinuvi jarayoni kuchayadi. Shuni aytish joizki O’zbekiston sharoitida quyosh tig’ida uzoq yurish tavsiya etilmaydi, aks holda oftob urishi mumkin, ba’zan bemorlarning quyosh nuriga sezgirligi oshishi natijasida ular fotodermatoz kasalligiga chalinadilar.




Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish