Gistopatologiyasi. Epidermis kengayib akantoz holatida bo’ladi, so’rg’ichsimon qavat aksincha nozik bo’lib, 3—4 qator hujayralardan tuziladi. Hujayralararo va hujayralar ichida shish hamda ularda distrofik o’zgarish kuzatiladi. Dermada esagistiotsit, fibroblast, limfotsit va epitelial hujayralardan tuzilgan diffuz, polimorf infiltrat ko’rinadi. Katta makrofaglar ichida ko’pincha Borovskiy tanachalari uchraydi.
Diagnozi . Diagnoz qo’yishda kasallik tarixini o’rganish, bemor epidemik uchoqda bo’lgan-bo’lmaganligini aniqlash kata ahamiyatga ega. Kasallikning klinik manzarasi, yaralar atrofidagi periferiya bo’ylab joylashgan limfangitlar yaralarning nekrozlanishi, atrofdagi to’qima granulyatsiyalari, bezillagan og’rik., shuningdek laboratoriya tekshiruvida kasallik qo’zg’atuvchisi borligini aniqlash tashxisni to’g’ri qo’yish imkonini beradi.
Davosi. Davolashda bemorning ahvoli, kasallikning klinik belgilari va xiliga e’tibor beriladi. O’tkir boshlanganda yallig’lanishga qarshi har xil namlashlar, dezinfeksiyalaydigan eritmalar hamda antiseptik malham va kremlar tavsiya etiladi. Yaralar ko’p va ular piokokk infeksiyalari bilan zararlanganda, limfangitlar bulgan takdirda antibiotik, sulfanilamidlar, autogemoterapiya buyuriladi, tomirga 5% li solyusurmin eritmasi bir kunda 3—10 ml, jami 20—25 marotaba yuboriladi. Leyshmaniomalar atrofiga monomitsinning 0,5% li novokaindagi eritmasi (100.000 BR xar safar) hamda urotropinning 40% li suvdagi eritmasi shpris orqali yuboriladi. 0,5% li akrixinni 1% li novokain bilan aralashtirib leyshmaniomalar atrofiga yuborish yaxshi naf beradi. Monomitsin (200.000 BR monomitsin, lanolin 30 g., vazelin 70 g. ), 15% li salitsil malhamlarini surtish, ichishga esa aminoxinol (0,2g dan 3 mahal, davo kursiga 11 —12 g), muskul orasiga monomitsin (500.000 BR dan 3 mahal, davo kursiga 8—10 mln BR) tavsiya etiladi. Metronidazol tabletka holatida 250 mg dan 10 kun buyuriladi. Mahalliy davo sifatida kollagenmonomitsin kompleksi shimdirilgan toza polietilen yostiqchalar (2X3, 5X5, 10X5 sm, qalin-ligi 3—10 mm) tavsiya etiladi. Malhamli yostiqchalar yaralarga bint bilan bog’lab qo’yiladi. Yara-chaqalarni tuzatish uchun ≪Oksikort≫, ≪Lakokorten≫, neo-mitsin yoki vioform, 2% li ok simob yoki 5% li sulfanilamide malhami, 1—5% li ixtiol, 0,5—1% li kumush nitrat va 0,1% li etakridin laktat eritmalari kompleks shaklida qo’llaniladi. Kasallik keng tarqalgan endemik uchoqlarda flebotomus chi-vinlari hamda kasallik manbai bo’lgan kemiruvchi hayvonlar yo’qotiladi. Bemorlar yaralarini bog’lab yursalar kasallikning oldi bir qadar olinadi. Kengligi 1 km dan 15 km gacha masofadagi (odamlar yashaydigan joyda) kemiruvchi hayvonlarning inlari xlorpikrin bilan dorilanadi. Chivinlarni yo’qotish uchun insektitsidlar (tiofos, geksaxloran va boshqalar) ishlatiladi. Chivinlar chaqishining oldini olish maqsadida endemik uchoqlarda ishlaydigan odamlarga ≪Tayga≫, ≪Geolog≫ kabi kremlardan, qalampirmunchoq moyidan, hidi o’tkir atirdan surtib yurish buyuriladi. Kechalari chivinlarni qochiradigan (lizol, skipidar) dorili dokalarni yotadigan krovatlar atrofiga qo’yish yoki dokali pashshaxonalardan foydalanish kerak. Teri leyshmaniozi qishlok xili qo’zg’atuvchisining toza undirmasi bilan (0,1 —0,2 ml) emlash ham yaxshi natija beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |