Tabiiy fanlar fakulteti D.O’.Y va Q. I.T yo’nalishi 21 20-guruh talabasi Raxmatova Nilufarning Dorivor o’simliklar florasi va sistematikasi fanidan taqdimot ishi. Mavzu : Bangidevona Turkumi. (Datura) Reja: 1. Bangidevona turkumi turlari. 2. Turkumning morfalogik biologik xususiyatlari. 3. tarqalish hududlari. 4. Dorivorlik xususiyati. - Bangidevona - Datura turkumi turlari bir yillik, bo`yi 60-150 sm ga etadigan o`t o`simlik. Poyasi tik o`suvchi, yashilroq yoki qizg`ishbinafsha rangli, sertuk, ayrisimon shoxlangan. Bargi oddiy, bandli, kulrang-yashil, tuxumsimon yoki cho`ziq-tuxumsimon, o`tkir uchli, tekis qirrali yoki cheti bir oz o`yilgan va poyada ketma-ket joylashgan bo`lib, boshni aylantiruvchi yoqimsiz hidi bor.
- Gullari yirik, oq, faqat bir kecha gullaydi. Gulkosachasi sertuk, besh tishli, shishgan va uzun naysimon, asos qismi meva bilan birga qoladi, gultojisi naycha shaklidagi voronkasimon, besh tishli bo`lib, uchlari qayrilgan; otaligi 5 ta, onalik tuguni yuqoriga joylashgan. Mevasi ko`p urug`li, sharsimon,
- kulrang-yashil yoki qo`ng`ir rangli va tikanli ko`sakcha. O`simlikning hamma qismi zaharli.
Meksika bangidevonasi ( Datura innoxia) - Meksika bangidevonasi — Datura innoxi Ituzumdoshlar — Solanaceae oilasiga kiradi Ko‘p yillik (o‘stiriladigani bir yillik), bo‘yi 60—150 sm gayetadigan o‘t o‘simlik. Poyasi tik o‘suvchi, yashilroq yoki qizg‘ish-binafsharangli, sertuk, ayrisimon shoxlangan. Barg oddiyy, bandli, kulrang-yashil, tuxumsimon yoki cho‘ziqtuxumsimon, o‘tkir uchli, tekis qirrali yoki cheti biroz o‘yilganva poyada ketma-ket joylashgan bo‘lib, boshni aylantiruvchi yoqimsiz hidi bor. Gullari yirik, oq, faqat bir kecha gullaydi.
Oddiy bangidevona-datura stramonium - Oddiy bangidevona — Datura stramonium L, ituzumdoshlar — Solanaceae oilasiga kiradi Birr yillik, yoqimsiz hidli, bo‘yi 100, ba’zan 120 sm gaYetadigan o‘t o‘simlik. Poyasi tik o‘suvchi, tuksiz, ayrisimonshoxlangan. Bargi oddiy, tuxumsimon, o‘tkir uchli, notekischuqur o‘yilgan bo‘lakli, bandli, to‘q yashil, tuksiz (poyaningyuqori qismidagilari tukli) bo‘lib, poyada ketma-ket joylashgan.Gullari yirik, poyada yakka-yakka o‘rnashgan. Gulkosachasinaychasimon, besh qirrali, besh tishli, asos qismi halqashaklida meva bilan birga qoladi.
- Gultojisi oq, voronkasimon,uzun va tor naychali, burchaksimon o‘yilgan, besh tishli,qayrilgan, gulkosachasidan ikki marta katta; otaligi 5 ta, onaliktuguni ikki xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi — tuxumsimon,qattiq va yo‘g‘on tikanlar bilan qoplangan, tik o‘suvchi, to‘rtta chanog‘i bilan ochiladigan ko‘sak. Urug‘i qora, xira, yumaloq
Tarqalish hududlari - Oddiy bangidevona (datura stramonium) Aholi yashaydigan yerlarda, yo‘l Yoqalarida, suv bo‘ylarida, polizlarda o‘sadi. Asosan, Ukraina Beloruss, Moldova, Rossiyaning Yevropa qismi, Qrim, Kavkaz, O‘rta Osiyoda, Boltiqbo‘yi davlatlarida hamda juda oz Miqdordaa G‘arbiy Sibirda va Uzoq Sharqda uchraydi. Ukraina va Krasnodar o‘lkasida o‘stiriladi. Mahsulott, asosan, Ukraina, Voronej viloyatida va Shimoliy Kavkazda tayyorlanadi.
- Meksika bangidevonasi(Datura innoxia)-Vatani Markaziy va JanubiyAmerika.Poltava va Chimkent viloyatlarida, Krasnodar o‘lkasida, Qrim va Moldovada o‘stiriladi.
Dorivorlik xususiyati - Bangidevona bargi bronxial astma kasalligida ishlatiladigan (chekiladigan) „Astmatol“ va „Astmatin“ kukun
- (poroshok)lari — sigaretalari tarkibiga kiradi.
- Meva va urug‘dan skopolamin olinadi. Skopolamin markaziy nerv sistemasini tinchlantiruvchi ta’sirga ega (atropindan farqi).
- O`simlikning hamma qismida alkoloidlar bo`ladi. Asosiy alkaloidi skopolamin.Mevadan skopolamindan tashqari giossiamin, norgiossiamin va boshqa alkoloidlar ajratib olingan. Skopolamin markaziy nerv sistemasini tinchlantiruvchi ta`sirga ega. Shuning uchun skopolamin gidrobromid ba`zan xirurgik operatsiyadan oldin, markaziy nerv sistemasini tinchlantirish uchun morfinga qo`shib, teri ostiga yuboriladi. Bundan tashqari,asab kasalliklarini davolashda, shuningdek, dengiz kasalligi va boshqa kasalliklarda tinchlantiruvchi, qusishni to`xtatuvchi vosita sifatida qo`llaniladi.
E'tiboringiz uchun raxmat.
Do'stlaringiz bilan baham: |