Tabiiy fanlar fakulteti D. O’. Y va Q. I. T yo’nalishi 21 20-guruh talabasi Raxmatova Nilufarning Dorivor o’simliklar florasi va sistematikasi fanidan taqdimot ishi. Mavzu : Bangidevona Turkumi. (Datura) Reja: Bangidevona turkumi turlari



Download 2,56 Mb.
Sana11.07.2022
Hajmi2,56 Mb.
#778009
Bog'liq
Raxmatova Nilufar Datura

Tabiiy fanlar fakulteti D.O’.Y va Q. I.T yo’nalishi 21 20-guruh talabasi Raxmatova Nilufarning Dorivor o’simliklar florasi va sistematikasi fanidan taqdimot ishi.

Mavzu : Bangidevona Turkumi. (Datura)

Reja: 1. Bangidevona turkumi turlari. 2. Turkumning morfalogik biologik xususiyatlari. 3. tarqalish hududlari. 4. Dorivorlik xususiyati.

Turkumning morfalogik biologik xususiyatlari

  • Bangidevona - Datura turkumi turlari bir yillik, bo`yi 60-150 sm ga etadigan o`t o`simlik. Poyasi tik o`suvchi, yashilroq yoki qizg`ishbinafsha rangli, sertuk, ayrisimon shoxlangan. Bargi oddiy, bandli, kulrang-yashil, tuxumsimon yoki cho`ziq-tuxumsimon, o`tkir uchli, tekis qirrali yoki cheti bir oz o`yilgan va poyada ketma-ket joylashgan bo`lib, boshni aylantiruvchi yoqimsiz hidi bor.
  • Gullari yirik, oq, faqat bir kecha gullaydi. Gulkosachasi sertuk, besh tishli, shishgan va uzun naysimon, asos qismi meva bilan birga qoladi, gultojisi naycha shaklidagi voronkasimon, besh tishli bo`lib, uchlari qayrilgan; otaligi 5 ta, onalik tuguni yuqoriga joylashgan. Mevasi ko`p urug`li, sharsimon,
  • kulrang-yashil yoki qo`ng`ir rangli va tikanli ko`sakcha. O`simlikning hamma qismi zaharli.

Meksika bangidevonasi ( Datura innoxia)

  • Meksika bangidevonasi — Datura innoxi Ituzumdoshlar — Solanaceae oilasiga kiradi Ko‘p yillik (o‘stiriladigani bir yillik), bo‘yi 60—150 sm gayetadigan o‘t o‘simlik. Poyasi tik o‘suvchi, yashilroq yoki qizg‘ish-binafsharangli, sertuk, ayrisimon shoxlangan. Barg oddiyy, bandli, kulrang-yashil, tuxumsimon yoki cho‘ziqtuxumsimon, o‘tkir uchli, tekis qirrali yoki cheti biroz o‘yilganva poyada ketma-ket joylashgan bo‘lib, boshni aylantiruvchi yoqimsiz hidi bor. Gullari yirik, oq, faqat bir kecha gullaydi.

Oddiy bangidevona-datura stramonium

  • Oddiy bangidevona — Datura stramonium L, ituzumdoshlar — Solanaceae oilasiga kiradi Birr yillik, yoqimsiz hidli, bo‘yi 100, ba’zan 120 sm gaYetadigan o‘t o‘simlik. Poyasi tik o‘suvchi, tuksiz, ayrisimonshoxlangan. Bargi oddiy, tuxumsimon, o‘tkir uchli, notekischuqur o‘yilgan bo‘lakli, bandli, to‘q yashil, tuksiz (poyaningyuqori qismidagilari tukli) bo‘lib, poyada ketma-ket joylashgan.Gullari yirik, poyada yakka-yakka o‘rnashgan. Gulkosachasinaychasimon, besh qirrali, besh tishli, asos qismi halqashaklida meva bilan birga qoladi.
  • Gultojisi oq, voronkasimon,uzun va tor naychali, burchaksimon o‘yilgan, besh tishli,qayrilgan, gulkosachasidan ikki marta katta; otaligi 5 ta, onaliktuguni ikki xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi — tuxumsimon,qattiq va yo‘g‘on tikanlar bilan qoplangan, tik o‘suvchi, to‘rtta chanog‘i bilan ochiladigan ko‘sak. Urug‘i qora, xira, yumaloq

Tarqalish hududlari

  • Oddiy bangidevona (datura stramonium) Aholi yashaydigan yerlarda, yo‘l Yoqalarida, suv bo‘ylarida, polizlarda o‘sadi. Asosan, Ukraina Beloruss, Moldova, Rossiyaning Yevropa qismi, Qrim, Kavkaz, O‘rta Osiyoda, Boltiqbo‘yi davlatlarida hamda juda oz Miqdordaa G‘arbiy Sibirda va Uzoq Sharqda uchraydi. Ukraina va Krasnodar o‘lkasida o‘stiriladi. Mahsulott, asosan, Ukraina, Voronej viloyatida va Shimoliy Kavkazda tayyorlanadi.
  • Meksika bangidevonasi(Datura innoxia)-Vatani Markaziy va JanubiyAmerika.Poltava va Chimkent viloyatlarida, Krasnodar o‘lkasida, Qrim va Moldovada o‘stiriladi.

Dorivorlik xususiyati

  • Bangidevona bargi bronxial astma kasalligida ishlatiladigan (chekiladigan) „Astmatol“ va „Astmatin“ kukun
  • (poroshok)lari — sigaretalari tarkibiga kiradi.
  • Meva va urug‘dan skopolamin olinadi. Skopolamin markaziy nerv sistemasini tinchlantiruvchi ta’sirga ega (atropindan farqi).
  • O`simlikning hamma qismida alkoloidlar bo`ladi. Asosiy alkaloidi skopolamin.Mevadan skopolamindan tashqari giossiamin, norgiossiamin va boshqa alkoloidlar ajratib olingan. Skopolamin markaziy nerv sistemasini tinchlantiruvchi ta`sirga ega. Shuning uchun skopolamin gidrobromid ba`zan xirurgik operatsiyadan oldin, markaziy nerv sistemasini tinchlantirish uchun morfinga qo`shib, teri ostiga yuboriladi. Bundan tashqari,asab kasalliklarini davolashda, shuningdek, dengiz kasalligi va boshqa kasalliklarda tinchlantiruvchi, qusishni to`xtatuvchi vosita sifatida qo`llaniladi.

E'tiboringiz uchun raxmat.


Download 2,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish