Butasimon amorfa – Amorpha fruticosa L. Amorfa o‘simligi Dukkakdoshlar–Fabaceae oilasiga mansub bo‘lib, O‘zbekistonga introduksiya qilingan. Balandligi 2-3 m gacha yetadigan syershox buta. Barglari (20-25 ta bargchali) murakkab bo‘lib, bandi yordamida poya va shoxlariga ketma-ket joylashgan. Barg bo‘lakchalari – bargchalari ingichka ellipssimon yoki cho‘ziq ellipssimon shaklda. Mayda xushbuy, to‘qqizil-binafsha rangli gullari shingil gulto‘plamini hosil qiladi. Mevasi – bir yoki ikki urug‘li, cho‘ziqroq dukkagi, iyunda gullaydi. Ular manzarali buta sifatida Markaziy Osiyo va Rossiyaning janubiy mintaqalarida ko‘kalamzorlashtirish maqsadlarida o‘stiriladi. Amorfaning bargi bilan urug‘i xalq tabobatida ishlatiladi. Urug‘i tarkibida rotenoidlarga kiradigan amorfin va amorfol glikozidlari, 13% moy va boshqa biologik faol moddalar bor. Glikozidlar, efir moyi, bo‘yoq va boshqa moddalar barglari bilan bir qatorda yosh novdalarida ham bor. O‘zbekistonda amorfadan Fruticin preparati olingan va tibbiyot amaliyotiga tatbiq etilgan. Amorfanning ushbu dorivor preparati – frutitsin tinchlantiruvchi va kardiotonik vosita sifatida yurak-qon tomir (yurak-tomir nevrozi, paroksizmal taxikardiya) kasalliklarda qo‘llashga tavsiya etiladi.
Oddiy archa –Junipyerus communis L.
Oddiy archa O‘zbekistonga introduksiya qilingan bo‘lib, sarvidoshlar – Supressaceae oilasiga mansub bo‘lib, bo‘yi 2-5 m ga yetadigan ikki uyli doim yashil ninabargli kichik daraxt. Bargi bandsiz, qattiq nina shaklida bo‘lib, poyasi bilan shoxlarida to‘p-to‘p bo‘lib o‘rnashgan. Otalik va onalik gullari ayrim-ayrim butadagi qubbalarda rivojlanadi. Mevasi – yumaloq qubba meva, ikkinchi yili yetiladi. Oddiy archa MDH ning Yevropa qismi va Sibirdagi ninabargli va mayda bargli aralash o‘rmonlarda, ba’zan botqoqli o‘rmonlarda tabiiy holda o‘sadi. O‘zbekistonda tog’‘li xududlarda 3 ta mahalliy archa turlari tarqalgan: zarafshon archasi, yarimsharsimon va turkiston archasi. Ular ham maxalliy xalq tabobatida ishlatiladi. Tibbiyotda oddiy archaning qubba mevasi ishlatiladi. Qubbalar kuzda, archa tagiga chodir yozib qoqib olinadi. Xom mevalaridan, shox va barglardan tozalangach, pishgan qubbalar xavo kirib turadigan xona yoki chordoqlarda quritiladi. Oddiy archa mevasi tarkibida 0,5-2% efir moyi, 40% qandlar, organik kislotalar, smola, bo‘yoq, pektin va boshqa biologik faol moddalar bor. Efir moyi pinenlar, kampfen, sabinen va boshqa birikmalardan tashkil topgan. Qubbaning dorivor preparatlari (damlama, siydik xaydovchi yig‘malar-choylar tarkibida) tibbiyotda siydik xaydovchi, siydik yo‘llarini dezinfeksiya qiluvchi, balg‘am ko‘chiruvchi ham da ovqat xazmini yaxshilovchi vosita sifatida qo‘llaniladi. Efir moyining spirtdagi yeritmasi va surtmasi bod kasalligida tananing og‘rigan yyeriga surtiladi. Archa bargidan olingan efir moyi fitonsid ta’siriga ega bo‘lib, trixmonadli kolpitni davolashda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |