Payg‘ambar orol qo‘riqxonasi. Bu tyermiz shahridan 20 km quyida joylashgan. Orolning maydoni 4000 gektar. Payg‘ambarorol qo‘riqxonasining to‘rtdan uch qismi qalin to‘qayzorlar bilan qoplangan. To‘qaylarda asosan turangi, jiyda va turli xil o‘tlar o‘sadi. Qum tepalarida esa yulg‘unlar ko‘p bo‘lib, ularning atrofini tikanli jingilzorlar o‘rab olgan. Pastroq yyerlar qamishzorlar bilan qoplangan. Orolning janubiy qismida saksovul, juzg‘un, efemyerlar tarqalgan.
Qorako‘l qo‘riqxonasi. Buxoro viloyatida joylashgan. Qo‘riqxona xududidan amu-qorako‘l va amu-buxoro kanallari oqib o‘tadi. Kanal suvi to‘lib, atroflarda bir necha ko‘llar hosil qilgan. Bo’lar ko‘plab baliq va qushlarning oromgohiga aylangan. Qo‘riqxonada 200 ga yaqin yuksak o‘simliklar uchraydi, shundan 30 tasi daraxt va butalardir. Kanal yoqasi va ko‘llar atrofidagi to‘qayzorlarda asosan jiyda, turangi, tol, tyerak, qizil jing‘il, yulgunlarning bir necha turi, qamish va boshqa o‘simliklar keng tarqalgan. qumlarda asosan qora saksovul, qandimning 6 turi, singrenning 3 turi, chyerkez, iloq va boshqa o‘simliklar tarqalgan.
Qizilqum qo‘riqxonasi. Bu qo‘riqxona ham buxoro viloyati hududida joylashgan. Unda o‘simlikning 150 turi o‘sadi. To‘qayzorni ko‘proq daraxt-butazorlar egallaydi. Bundan tashqari, bu yyerda har xil o‘tlar, qamish, qug‘alar, ro‘vak, ajriq va boshqalar o‘sadi. Qumli joylarga qora va oq saksovul, chyerkez va quyonsuyak har aktyerlidir.
Bodayto‘qay qo‘riqxonasi. Qoraqalpog‘iston hududida joylashgan. qo‘riqkonada o‘simlik va hayvon turlari ko‘p. “Baday-to‘qay” qo‘riqxonasi Markaziy Osiyo to‘qaylarining 20 foizi, O‘zbekiston to‘qayzorlarining 74 foizini tashkil qiladi! Nafaqat bog‘laru gulzorlar, balki to‘qay va dashtlar ham o‘ziga xos go‘zal manzara kasb etadi.
Rezyervat haqida. To‘qaylar tabiiy ozuqa zaxirasiga boy bo‘lganligi sababli yovvoyi hayvonlar uchun makon sanalgan. Ma’lumotlarga qaraganda , hozirgi vaqtda Quyi Amudaryo hududida to‘qay o‘simliklarining 61 turi hisobga olingan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 26 avgustdagi qaroriga muvofiq, “Baday-to‘qay” qo‘riqxonasi negizida Quyi Amudaryo davlat biosfyera rezyervati tashkil etilgani tabiatni asrash, ekologik muvozanatni barqarorlashtirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. Rezyervat Byeruniy hamda Amudaryo tumanlari hududida joylashgan bo‘lib, jami 68 ming 717 gektarni tashkil etadi. Shundan 11568,3 gektari qo‘riqxona, 6731,4 gektari bufyer, 50418,1 gektari oraliq hudud sanaladi. Qushlarning 116, sut emizuvchilarning 22 turi ro‘yxatga olingan. Hasharotlarning esa mingdan ziyod turlari makon tutishgan. Bu yyerda O‘zbekiston “Qizil kitobi” qahramonlaridan bir qanchasini uchratish mumkin.
Ma’lumot o‘rnida shuni ham qayd qilish joizki, dunyodagi 120 mamlakatda 669 ta biosfyera rezyervatlari tashkil etilgan. Quyi Amudaryo davlat biosfyera rezyervati O‘zbekistonda bunday toifadagi dastlabki muhofaza qilinadigan hudud hisoblanadi. Darvoqye, biosfyera rezyervati deganda biologik xilma-xillikni saqlashni va bir vaqtda mintaqaning barqaror iqtisodiy rivojlanishi tushuniladi. Ular ayni tabiat resurslarini saqlab qolish va ulardan barqaror foydalanish uchun barpo etiladi.
Bugungi kunda rezyervatda 32 nafar xodim faoliyat olib boradi. Gyermaniya xalqaro hamkorlik tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasining “Amudaryoning kuyi oqimida ekotizimni saqlash va yyerdan foydalanishga ekotizimli yondashish” loyihasi doirasida faoliyatni takomillashtirish, hududni rivojlantirish yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda. Ilmiy bo‘lim mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, talabalari bilan hamkorlikda Buxoro bug‘ularining populyasiyasi, biosfyera rezyervati entemofaunasi, hududdagi o‘simliklarning monitoringi bo‘yicha ilmiy ishlar olib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |