Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Download 28,52 Mb.
bet94/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

Yuqori cho‘l
Respublikamizda anchagina maydonni egallaydi. Bunga Buxoro, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlaridagi qumli va bo‘z tuproqli yyerlar, Qoraqalpog‘istonning Ustyurt tekisliklari kiradi. Yuqori cho‘l adir poyasiga yaqin bo‘lganligidan uning ba’zi joylarida gips aralash tuproqlar ham uchraydi. Ayniqsa bun day yyerlar Samarqand viloyatining Nurota, Buxoro viloyatining Konimex, Jizzax viloyatining Forish tumanlarida, Qarnobcho‘l va Mirzacho‘lda ko‘p uchraydi. Gips tuproqli yyerlarning yuza qismi qum yoki mayda shag’al bilan qoplangan. 30—40 sm li chuqurlikda sof gips juda ko‘p uchraydi. Gipsning ko‘pligidan ba’zi joylarda, masalan, Nurotada bunday tuproqlardan qurilish matyeriali sifatida, uylarni ganchlash, gilkorlik maqsadida keng foydalaniladi. Yuqori cho‘lning adirlarga yaqin joyida gidromorf suvlar yyerning ancha yuza qismidan chiqadi. Yuqori cho‘lda qum va qumloq maydonlar ham anchagina yyerni ishg‘ol qiladi. Ularning ba’zi joylarida yalang qum maydonlari ham uchraydi. Ba’zan kuchli shamollar natijasida ana shu qumlar bir joydan ikkinchi joyga ko‘chib yuradi. Iqlim sharoiti jihatidan yuqori cho‘l pastki cho‘ldan uncha farq qilmaydi. Lekin adirga yaqin joylashganligi tufayli tuproqda namlik bir oz ko‘proq, xavo namligi ham yuqoriroqdir, yillik tempyeratura 14—18° ni tashkil qiladi. Yog‘ingarchilik asosan bahor va qishda bo‘ladi yoz va kuz bo‘yi bir tomchi ham yog‘in yog‘maydi. Yoqqan qorlar uzok saqlanmaydi. Havo isishi bilan tezda yerib ketadi. Yuqori cho‘lning o‘simliklari turli-tuman. Bu yyerda ksyerofit o‘simliklar ko‘p o‘sadi. O’simliklar qoplamining asosiy qismini shuvoq tashkil etadi. Quyida eng ko‘p tarqalgan o‘simliklarning ba’zi xususiyatlari bilan tanishasiz.
Oqsaksovul (Haloxylon pyersicum Bge.) sho‘radoshlar oilasidan, bo‘yi 5 m ga yetadigan daraxtdir. Barglari mayda, kattaligi 1,5 mm bo‘lgan tangachaga aylangan. Umumiy belgilari jihatidan qorasaksovulga o‘xshaydi. Shu sababli uning biologiyasini bu yyerda qayta takrorlamadik. Oqsaksovulning qorasaksovuldan farqi, asosan qumda o‘sishi, tangacha shaklidagi barglarga ega bo‘lishi, gullarining qisqa novdachalarga o‘rnashganligi, ya’ni vegetativ novdalarda gullarning bo‘lmasligi va tanasining oq po‘st bilan qoplanganligidadir. Oqsaksovulni ko‘kligida mollar yaxshi yemaydi. Uni kuzda va qishda yumshagan shoxchalarni yaxshi yeydi. Bundan tashqari, undan kumlarni mustahkamlashda, yaylovlarni syero‘t, syerhosil qilishda keng foydalanish mumkin. Oqsaksovul ekilgan maydonlarning xavosi nam va issiq bo‘lib, turli xil bir yillik o‘tlarning ancha normal o‘sishiga imkon byeradi va ularni garmseldan saqlaydi. U cho‘lda ixota daraxtzorlari vazifasini o‘tashi, ko‘chma qumlarni tutib qolishi sababli, u temir yo‘l yoqalariga, cho‘ldagi ovul, quduqlar atrofiga ekiladi. Oqsaksovul eng sifatli yoqilgi hamdir. Ayniqsa undan tayyorlangan ko‘mir oyoq og‘riq kasalligini davolashda qadimdan ishlatilib kelingan. Oksaksovul kulidan achchiq tuzla|r olinadi. U Qizilqum, Buxoro viloyatining qumloq joylarida, Ustyurtning janubiy tomonidagi adirda ko‘p o‘sadi.
Yovshan (Artemisia diffusa H. Krasch.) murakkabguldoshlar oilasidan, bo‘yi 20—60 sm gacha yetadigan chala buta. U juda shoxlangan bo‘lib, yon novdalar hosil qiladi. Novdalarinnng yo‘g‘onligi 0,5— 1 sm, uzunligi 20—40 sm ga boradi. Yovshan fevral oyining oxiri va mart oyining boshlarida ko‘karadi. Barglari mayda, kuchli qirqilgan bo‘lib, ular ildiz bo‘gziga ham, tanasiga ham o‘rnashgan. Uning o‘sishi iyun oyigacha davom etadi. Yozning issiq kunlari boshlanishi bilan iyun-avgust oylarida o‘sishdan to‘xtaydi. Barglari qovjirab to‘kiladi. Shu yilning sentyabr oyidan boshlab yana bargchalar chiqarib, o‘sishni davom ettiradi. Sentyabr oyining oxirlarida gullaydi, oktyabr-noyabr oylarida urug‘i pishadi. Urug‘i poyasida uzoq saqlanmaydi, shamol va boshqa vositalar ta’sirida tezda to‘kilib ketadi. Yovshan ko‘kargan paytlarida uning bargi va poyalari juda hidli bo‘ladi. Bu hid o‘simlik qurigach, yo‘qoladi. Yovshanning har aktyerli belgisi shuki, uning yon shoxchalari poyasiga yopishmagan hamda tarvaqaylab o‘sadi. Poya va barglari oq tukchalar bilan qoplangan. Shu sababli ba’zan uni oqshuvoq deb ham atashadi. Yovshanga xos bo‘lgan bu belgilar boshqa turlari uchun ham xosdir. Shu sababli ularning biologiyasida katta farq yo‘q. Farq faqat tashqi tuzilishida, yon shoxchalarining joylashuvida, tukchalar bilan qoplanish darajasidadir. Uni qo‘y, echki, tuyalar yilning hamma faslida yeydi. Ba’zilar uni ko‘kligida mol yemaydi deb o‘ylashadi, lekin bu fikr noto‘gri, chunki bahorda yovshanli yaylovlarda boqilgan qo‘y, sigir, echkilarning sutidan shuvoq xidi kelib turishi bundan darak byeradi. Yovshan qishki paytda ham yaylovlarda asosiy yem-xashak o‘simligi hisoblanadi. Shuningdek, u dori-darmonlik xususiyatiga ham egadir. Uning to‘pgullaridan tayyorlangan sharbat gijja tushirishda va zotiljam kasalligini davolashda ishlatiladi. Yovshan tarkibida achchik moddalar, glyukozid, oshlovchi moddalar, smola, organik kislotalar, 0,2—0,45% efir moyi hamda 100 mg % C vitamini bor.

Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish