Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Download 28,52 Mb.
bet102/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

Nazorat savollari?
1. Adir mintaqasining o’ziga xos hususiyatlari qanday?
2. Pastki adir mintaqasi dorivor o’simliklarining biologiyasi va ekologiyasi asosiy turlari?
3. Yuqori adir mintaqasi dorivor o’simliklarining biologiyasi va ekologiyasi asosiy turlari?

13-mavzu: Tog’‘ zonasi dorivor o‘simliklarining bioekologiyasi
Reja
1. Tog’‘larining ekologik holati va tabiati
2. Pastki tog’‘ dorivor o‘simliklarining bioekologiyasi
3. Yuqori tog’‘ dorivor o‘simliklarining bioekologiyasi
Tog’‘larining ekologik holati va tabiati
Respublikamizdagi tog’‘larning eng yuqori qismi doimiy muzliklar bilan qoplanib yotgan osmono‘par qoyalar bilan, pastki qismi esa doimo jazirama issiq purkab turadigan bepoyon Qizilqum va Qoraqum bilan tutashadi. Bizdagi tog’‘larning eng pastkisi — Sulton Vays tog’‘i (dengiz sathidan 473 m) bo‘lsa, eng ulkani Hisor tog’‘idagi cho‘qqi (dengiz sathidan 4688 m balandlnkda) dir. O‘zbekiston hududida tog’‘lar unchalik baland bo‘lmaganligidan mamlakatimizning boshqa joylaridagi tog’‘lardan tubdan farq qiladi, chunonchi respublikamizdagi tog’‘larning juda oz qismi doimiy muzliklar bilan qoplangan bo‘lib yoz oylari bu tog’‘larda suvlar kam bo‘ladi: bunday tog’‘larda o‘rmon hosil qiluvchi daraxtlar ham juda kamdir. O‘zbekiston xududining geografik jihatidan ekvatorga yaqinligi, quyosh radiatsiyasining tik tushishi, respublikamiz iqlimiga katta ta’sir qiladi. Shu sababdan ham tog’‘larning havosi ancha quruqdir. Shunday qilib, dengiz sathidan 1200—1500 dan 2700—2800 m gacha balandlikda bo‘lgan joylar tog’‘ mintaqasini tashkil qiladi. Bu mintaqa asosan respublikamizning sharqiy qismida joylashgan bo‘lib, O‘zbekiston tyerritoriyasining 2—3 qismini egallaydi. O‘zbekiston tyerritoriyasidagi tog’‘lar Tyanshan va Pomir-Oloy tog’‘larining janubi-g‘arbiy tarmoqlari bo‘lgan Chatqol, Qurama, Piskom, Ugam, Turkiston, Zarafshon, Hisor, Boysun, Bobotog’‘ tizmalari va uning tarmoqlari bo‘lgan Nurota, Oqtog’‘, Molguzar tog’‘lari kiradi. Bu tog’‘lardan tashqari uning mayda tarmoqlari ham mavjudki, ular unchalik baland emas. Bu tog’‘lar tabiiy sharoiti, o‘simliklar dunyosi jihatidan ko‘pincha adirlarni eslatadi. Masalan, Hisor tog’‘ tizmasining tarmoqlari Yakkabog‘, Chaqchar, Boysuntog’‘, Surxontog’‘, Qorasirt, Bobosurxon, Kushitang yoki Turkiston tog’‘ining davomi hisoblangan Chunqor tog’‘ tizmasi va uning tarmoqlari bo‘lgan Qoratog’‘, Oqtog’‘, Hobduntog’‘, Qorachatog’‘ va Nurota tog’‘larining shimoli-sharqida joylashgan Pistalitog’‘, Baliqchi tog’‘lari ham unchalik baland emas.
Gumid iqlimli tog’‘ mintaqasining yillik yog‘in miqdori 500—600 mm dan 1000— 1200 mm gacha yetadi. Yog‘ingarchilik kuz, qish va bahor oylarida bo‘ladi. Yoz oylarida esa yog‘ingarchilik kamdan-kam bo‘ladi. Qor asosan qishda (dekabr-yanvarda) tushadi. Qor va muzliklar olti oy mobaynida saqlanadi. Yoz oylarida faqat yuqori tog’‘lardagina bir oz yog‘in yog‘adi. Tog’‘larnnng havo namligi yoz oylari 40—50% ni, qishda 90— 100% ni tashkil qiladi. Yozda havo isiydi, iyul oylarida o‘rtacha harorat 18—20° ga boradi. Qishda esa ancha sovuq bo‘lib, harorat 15—25 ° gacha pasayadi. Bahor faslida namgarchilik ko‘p bo‘lishi tufayli tog’‘ havosi salqin bo‘ladi va turli-tuman o‘simliklar ancha ko‘p o‘sadi. Ko‘pgina daryolar tog’‘lardagi qor va muzliklardan suv oladi. O‘rta Osiyoning azim daryolaridan Amudaryo bilan Sirdaryo Tyanshan va Pomir-Oloy tog’‘laridan boshlanadi. Bu tog’‘larning asosiy qismi respublikadan tashqarida, Tojikiston va Qirg‘izistondadir. O‘zbekiston tyerritoriyasidagi tog’‘lar ham ko‘pgina daryolar uchun suv manbai hisoblanadi. Ugom, Chotqol, Pskom tog’‘idan Chirchiq daryosi, Qurama tog’‘idan Ohangaron, Boysun tog’‘idan Shyerobod daryosi, Hisor tog’‘idan Surxondaryo kabi daryolar suv olib, vodiymizni gullatib-yashnatadi. Tog’‘lardan boshlanadigan bu daryolar bitmas-tuganmas tabiiy suv resurslarimiz hisoblanadi. Bo’lardan tashqari, sharqdan g‘arbga qarab Zarafshon va Qashqadaryo oqib o‘tadi. Bu ikki daryoning suvi hech bir havzaga quyilmaydi. Ularning suvi sug‘orish uchun sarf bo‘ladi, oxiri qumga singib ketadi. Gumid iqlimli tog’‘ poyasidan oqib o‘tadigan bu daryolar o‘sha joyning iqlimiga, o‘simliklar dunyosiga katta ta’sir qiladi. Tog’‘ mintaqasining tuprog‘i jigar rang, qo‘ng‘ir va kul rang bo‘lib, toshloq, shag‘al aralash, ba’zi joylarida to‘q bo‘z tuproq ham uchraydi. Jigarrang va kulrang tuproq O‘zbekistonning markaziy va janubiy tog’‘larini ishg‘ol qiladi, u kam ishqorli bo‘lib, karbonatning ko‘p miqdorda mavjudligi bilan ta’riflanadi. Respublikamiz tog’‘laridagi jigarrang tusli tuproqlar avtomorf tuproq hisoblanib, ko‘pincha quruq tog’‘lar mintaqasida uchraydi. Tog’‘ mintaqasida donli va dukkakli ekinlar ekiladi, qisman chorva mollari boqiladi va yem-xashak jamg‘ariladi. Bu yyerlarda o‘sadigan buta va daraxtlardan esa kishilar yoqilg‘i, qurilish matyeriallari sifatida foydalanishadi; mevali daraxtlar hosil i esa oziq-ovqat sifatida ishlatiladi. Tog’‘ mintaqasi ham odatda ikki mintaqaga: pastki va yuqori tog’‘ mintaqalariga bo‘lib o‘rganiladi.



Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish