Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


Soyabonguldoshlar oilasining efir moyiga boy vakillari



Download 28,52 Mb.
bet202/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

Soyabonguldoshlar oilasining efir moyiga boy vakillari. Efir moyli o’simliklar nafaqat oziq-ovqat sanoatida balki, xalq tabobatida ham muhim ahamiyatga egadir.Ular orasida ayniqsa soyabonguldoshlar oila vakillari yuqori o’rinlarda turadi. Quyida uning qora zira, qo’ng’ir zira, yug’on, kashnich, oqshair kabi turlari bilan tanishamiz.
Qora zira soyabonguldoshlar (Umbellifyeroe)oilasi, Carum carvili turiga mansub ikkik yillik o’simlikdir. Unda birinchi yili o’q ildiz va barglar dastasi rivojlanadi. Ikkinchi yili esa gullab meva hosil qiladi. Gul to’plami soyabon tipida, mevalarida ikkitadan urug’ bo’ladi. Qora ziraning mevalari juda kichkina bo’lib, uning mingta donasi bor yo’g’i 2,3-2,5 gr keladi. Zira mevasi tarkibida 4-7-10-15% gacha efir moyi bo’ladi. Efir moyi tarkibida esa uglevod bo’lib, u likyor ishlab chiqarishda va parfumyeriyada qo’llaniladi. Bundan tashqari meva tarkibida 14-16% texnik moy mavjud. Urug’i oziq-ovqat sifatida va konsyerva ishlab chiqarishda va non yopishda qo’llaniladi. Bundan tashqari qora zira asal byeruvchi o’simlik hisoblanadi. Ziraning tashqi muhit sharoitiga moslashuvchanligi issiqlikka talabchan emas sovuqqa chidamli, birinchi yili barg dastasi davrida qishlaydi, ham namsevar ham yorug’sevar o’simlik. Zira o’simligini o’z xonadonlarimizda ham yetishtirishimiz mumkin, bunda yerta bahorda keng qatorlab, 45-60 sm da ekiladi. Ekish chuqurligi 2-3 sm bo’lib, gektarlarga 4-5 millon urug’ qadaladi. Ekinlarni parvarish qilishda qator oralariga ishlov byeriladi. Qatqaloq yo’qotiladi. Ikkinchi yili yerta bahorda barona qilinadi. 60% mevasi yetilganda hosil don konbaynlari bilan yig’iladi. Saqlashda esa urug’ namligi 12% dan oshmasligi kyerak.
Zira turkumining yana bir vakili Qo’ng’ir zira (Pimpinella multiadiata Eug.Kog) soyabonguldoshlar oilasiga mansub bo’lib, bo’yi 60-100 sm keladigan bir yillik o’t. Poyasi bitta, ariqchali yumshoq, kalta tukchali, panshaxasimon shoxlangan bo’ladi. Bargining har ikkala tomoni tuk bilan qoplangan, uzun va ingichka bandli, dumaloq, yuraksimon tishchali poyasining pastki qismidagi barglari 3-5 ta bo’ladi. Soyabon 4 sm uzunlikda, 10-25 nurli, o’rama bargsiz tarvaqaylagan bo’ladi. Soyabonchalari 12-20 gulli, gulbandi tukli. Urug’i 2 mm, tuxumsimon, tukli, qirrali bo’ladi. Qo’ng’ir zira iyun-iyul oylarida gullaydi urug’i esa iyun-iyul oylarida pishadi. U ariq bo’ylarida, daryo qirg’oqlarida zax yyerlarda, tog’’ oldi qismlarida tarqalgan. Maxalliy xalqlar qo’ng’ir zira urug’ini turli-tuman taomlarga ishlatadilar. Tibbiyotda undan balg’am ko’chiruvchi dori sifatida hamda boshqa dorilarga yoqimli hid va ta’m byerish uchun foydalanadilar chunki uning barcha qismlarida efir moylari mavjud. Ildizida 0,002-0,7%, urug’ida 1.6-3% efir moyi bo’ladi. Efir moylari juda yoqimli hidga ega bo’lib shirin ta’mlidir. Uning asosini anetol tashkil etadi. O’simlik urug’ida smola, kraxmal, shakar moddalari va 22% yog’ bo’ladi. Qo’ng’ir ziradan vino, likyor ishlab chiqarishda foydalanish mumkin. Bundan tashqari xalq tabobatida zira urug’ining qaynatmasidan kamqonlikda, me’da og’riganda, dizentyeriya, surunkali jigar kasalliklarida foydalaniladi. Shuningdek u ko’z quvvatini oshirish xususiyatiga ham ega.
Ilmiy meditsenada ham ziradan foydalaniladi. Zira mevasi odamning me’da ichak sistemasi faoliyatining yaxshilash bilan birga bezlar sekretsiyasining faoliytini uyg’unlashtiradi. Qora zira moyi organizmdagi zarali mikroblarga qarshi kurashadi. Uning yana bir yaxshi tomoni ovqat hazm qilish bezlarining faoliyatini yaxshilaydi, o’t ajralishiga yordam byeradi. Qora ziradan tayyorlangan damlama qabziyatda, metiorizmda, kolit va boshqa surunkali ichak kasalliklarini davolashda muhim ahamiyatga ega. Damlamani tayyorlash uchun 1 osh qoshiq miqdorida qora zira olinib, yarim choynak (200 gr) qaynoq suv bilan 30 minut davomida yopib qo’yiladi. Uning sharbatidan 1 osh qoshiqdan kuniga 3-4 mahal ichiladi.
O’simlikdan ishtaha ochuvchi damlama ham tayyorlash mumkin. Buning uchun yermon o’ti, igr ildizi, uchbarg yaproqlari teng miqdorda olinib, obdon aralashtiriladi. Aralashmadn 1 oshiq qoshiq olinib, 200 gr qaynagan suvda 20 minut damlanadi, keyin suzib, ovqatdan 15 minut oldin 1 qoshiqdan ichiladi.
Qora ziraning qishloq ho’jaligidagi ahamiyati ham kata. Jumladan beda bilan zira qo’shib ekilgan yelarga boqilgan qoramol va biyalar qanchalik to’ymasin, bo’kib qolmaydi, balki vazni ortib, suti ko’payadi. Qora zira mollarda tez-tez uchrab turadigan qorinning dam bo’lish kasalligini oldini oladi.

Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish