Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


Oq lamium (oq par, oq yasnotka)-Lamium album L



Download 28,52 Mb.
bet198/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

Oq lamium (oq par, oq yasnotka)-Lamium album L.


Ko‘p yillik, poyalari ildiz poyali, kam shoxlangan, balandligi 25-70 sm. Barglari tuxumsimon, uchli, asos qismi yumoloq, ostki barglari tutqichli, yuqoridagilari o‘troq. Gullari o‘troq, yuqori barg qo‘ltig‘ida qalqonsimon joylashgan. Kosachasi tishchalari bilan birga uzunligi 15 mm, tuksiz, tikonsimon. Tojbarglari oq, tashqi tomoni tuklangan, 20-22 mm uzunlikda, egilgan. Yong‘oqlari teskari tuxumsimon o‘tkir uch qirrali 2.5 mm uzunlikda. Iyulda gullab, avgustda urug‘lari yetiladi. Tog’‘larni o‘rta mintaqasida nam joylarda o‘sadi. Toshkent, Surxandaryo viloyatlarida tarqalgan. Yurak xastaliklari, nafas yo‘llari yallig‘lanishida, taloq xastaliklarida ekzema, eshakemida, yaralarni davolashda qo‘llaniladi.
G azanda -Urtica dioica L. (Qichitqi o‘t, chayono‘t) xalq meditsinasida qadimdan ishlatib kelinayotgan shifobaxsh o‘simlik. O‘zbekistonning deyarli hamma oblastlaridagi tog’‘li rayonlarda, suvga yaqin zax yerlarda, yo‘l yoqalarida, aholi yashaydigan yerlarga yaqin joylarda, butazorlarda, uylarda atrofida o‘sadi. Gazanda ko‘p yillik, bo’yi 60-100 sm, ba’zan 150 sm ga etadigan o‘t o‘simlik. Poyasi tik o‘suvchi, to‘rt qirrali, shoxlanmagan, ba’zan qarama – qarshi shoxlangan. Bargi tuxumsimon – yuraksimon yoki yirik tishsimon qirrali, uchi o‘tkir poyada uzun bandi bilan karama – qarshi joylashgan. Gullari mayda, yashil rangli bo‘lib, barg qo‘ltig‘idan chiqqan boshoqqa to‘plangan . Mevasi – tuxumsimon yoki ellipssimon, sariq – kul rang tusli yong‘oqcha. O‘simlikning hamma qismi achituvchi tuklar bilan qoplangan. May – sentyabr oylarida gullaydi va mevasi etiladi.Gazanda o‘simligi gullaganda faqat barglarini qo‘lqop kiyib tyerib olinadi. Ko‘pincha o‘simlikning yer ustki qismini o‘rib olib, so‘litib qo‘yiladi (o‘simlik so‘liganda tuklarining achituvchi xususiyatlari yo‘qoladi), so‘ngra barglarini qo‘l bilan tyerib olinadi. Yig‘ib olingan barglar soya yerda quritiladi. O‘simlik tarkibida karotin, vitaminlar C, K, B2, panntoten va chumoli kislotalar , urtitsin glikozidi, gistamin, xlorofill, kraxmal, oshlovchi va boshqa moddalar bor. Abu Ali ibn Sino gazanda o‘simligi mevasini nafas qisishi kasalligini davolash uchun, bargini esa qon oqishni to‘xtatuvchi va surgi dori sifatida ishlatgan.Xalq meditsinasida o‘simlik bargidan tayyorlangan damlama yoki qaynatma va poroshok ko‘krak og‘rig‘i, bod, isitma, nafas qisishi, bavosil kasalliklarini davolashda hamda balg‘am ko‘chiruvi, siydik haydovchi, qon oqishini to‘xtatuvchi dori sifatida qo‘llaniladi. Gazanda o‘simligidan damlama tayyorlash uchun qopqoqli idishga bir stakan qaynab to’rgan suv qo‘yib, maydalanganbargdan bir osh qoshi solinadi va bir soat damlanadi. So‘ngra dokada suziladi. Damlamadan kuniga 3-4 mahal ovqatdan yarim soat oldin bir osh qoshiqdan ichiladi. Ilmiy meditsinada gazanda o‘simligining dorivor preparatlari ( damlama, suyuq ekstrakt) qon oqishlarni (o‘pkadan, bo‘yrakdan, ichakdan, bavosil kasalligida, hayz buzilganda, bachadondan qon ketganda) to‘xtatuvchi dori sifatida hamda surunkali yaralarni, vitaminlar etishmasligidan kelib chiqqan kasalliklarni (avitaminozlar) davolash uchun qo‘llaniladi. Gazanda o‘simligi bargi me’da kasalliklarida hamda qon to‘xtatuvi dori sifatida ishlatiladigan choy – yig‘malar tarkibiga kiradi. Bargidan ajratib olingan xlorofill oziq – ovqat sanoatida va farmatsevtikada bo‘yoq modda sifatida ishlatiladi.



Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish