Oddiy bangidevona-Datura stramonium L.
Bir yillik, qo‘lansa hidli, poyasi yuqori qismidan ayirsimon shoxlangan, balandligi 1,25-1,5 sm. Barglari har ikki tomondan ham tuklangan, bo‘laklarini chetlari o‘tkir tishli, 20 sm uzunlikda va eni 15 sm, bandlari 7-10 sm uzunlikda. Gullari bittadan barg qo‘ltig‘ida joylashgan, gul tutqichi 7-12 mm uzunlikda, o‘tkir tishchali. Tojbargi oq, 6-10-(12) sm uzunlikda, ko‘sagi yuqoriga qaragan, sharsimon, qattiq, o‘tkir tikanli, Urug‘i yetilganda to‘rtta chanoqqa ochiladi. May-sentyabrda gullab, iyul-avgustda urug‘lari yetiladi. O‘zbekistonning barcha viloyatlarida begona o‘t sifatida keng tarqalgan.
O‘simlikning hamma qismi alkaloidlar saqlaydi. Toza yetilmagan (pishmagan) mevasidan va urug‘idan olingan sko’polamin ayeron preparati tarkibiga kiradi. Bargi nafas qisishi, og‘ir yo‘tal, bronxial astma va nafas olish yo‘llarining boshqa kasalliklarida chekiladigan astmatol va astmatin sigaretalari tarkibiga kiradi.
Nazorat savollari?
1.Qizilcha turlari biologiyasi hamda ekologiyasi haqida ma’lumot byering?
2.Bangidevona turlari biologiyasi hamda ekologiyasi haqida ma’lumot byering?
3.Qizilcha turlarining xalq tabobatidagi va tibbiyotdagi ahamiyati qanday?
4.Bangidevona turlarining xalq tabobatidagi va tibbiyotdagi ahamiyati qanday?
8-amaliy mashg’ulot.
Oshlovchi moddalar saqlovchi dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasini o’rganish (Rovoch, Totim)
Mashg‘ulotning maqsadi: O‘zbekiston florasidagi dorivor o’simliklarning eng ko’p foydalaniladigan oshlovchi turlari biologiyasi va ekologiyasi hamda tibbiyotdagi ahamiyati haqida ma’lumotlar byerish.
Mashg‘ulotning qisqacha mazmuni: O‘zbekiston florasida uchraydigan dorivor o‘simlik turlari (Rovoch, Totim) ning biologiyasi, ekologiyasi hamda oshlovchi moddalar haqida ma’lumotlar byeriladi.
Hayvonlarning xom tyerisini oshlash xususiyatiga ega va ko‘p atomli fenollar hosilasidan iborat hamda o‘simliklardan olinadigan yuqori molekulali zaharsiz murakkab organik birikmalar o‘simlikning oshlovchi moddalari — taninlar deb ataladi. Oshlash jarayonida oshlovchi moddalar tyerining oqsil moddalari bilan birikib, yerimaydigan birikma hosil qiladi. Natijada hayvonlar tyerisi o‘zidan suv o‘tkazmaydigan, chirimaydigan, elastik va shu kabi xususiyatlarga ega bo‘ladi. Taninlar tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, ayniqsa, ikki pallali o‘simliklar sinfiga kiruvchi oilalarda, masalan, ra’noguldoshlar Rosaceae, dukkakdoshlar — Fabaceae, qoraqatdoshlar — Saxifragaceae, torondoshlar — Polygonaccae, toldoshlar — Sali-caceae, qoraqayindoshlar — Fagaceae, pistadoshlar — Anacardiaceae va boshqa oilalarda ko‘p uchraydi. Taninlar, ayniqsa (g’allalarda), o‘simliklarning patologik o‘simtalarida ko‘p (ba’zan 70 % dan oshadi) bo‘ladi. Oshlovchi moddalar o‘simliklarning hamma organlarida to‘planishi mumkin! Ular daraxt va butalar po‘stlog‘ida, yog‘och qismida hamda ko‘p yillik o‘t o‘simliklarning yyerostki organlarida ko‘p bo‘ladi. Ba’zan taninlar daraxt va butalar bargida, mevasida, o‘t o‘simliklarning barcha yyerustki qismida ham to‘planadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |