Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


Chimyon soxta klausiyasi - Pseudoclausia tschimganica (Popov ex Botsch. et Vved.) A. V.Vassil



Download 28,52 Mb.
bet173/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

Chimyon soxta klausiyasi - Pseudoclausia tschimganica (Popov ex Botsch. et Vved.) A. V.Vassil
Kamyoblik darajasi 1. G’arbiy Tyanshandagi juda kamyob, endem o’simlik. Qisqacha tavsifi. Bo’yi 30-50 sm, ba’zan 100 sm gacha yetadigan uzun, oddiy va qisqa bezchasimon tuklar bilan qoplangan ikki yillik o’simlik. Poyasi asosidan shoxlangan. Yopirma barglari ko’p, teskari-nashtarsimon, bandli. Gullari ko’ng’ir tusda, binafsha tomirli, uzunligi 9-11 mm. Qo’zog’i yassi, tasbehsimon ko’rinishda, poyaga yopishgan, uzun tumshuqchali. Iyun-iyul oylarida gullab, avgustda mevasi yetiladi. Qoyalarda, toshli va shag’alli yonbag’irlarda, daryo bo’ylaridagi toshloqlarda, yeriyotgan qorlar atrofida o’sadi. Tabiatda kam tarqalgan. Yakka-yakka holda o’sadi. Urug’idan ko’payadi. Tarqalishi. Toshkent viloyati: Faqatgina Chotqol tizmasida tarqalgan. Shuningdek Qirg’izistonda ham o’sadi (Sandalash tizmasi). Muhofaza choralari. Qizil kitobga kiritilgan. Maxsus muhofaza tadbirlari ishlab chiqilmagan. Kamayib borish sabablari aniqlanishi lozim.
Yuraksimon torol - Lepidium subcordatum Botsch. et Vved
Kamyoblik darajasi. Qizilqum va Ustyurtda tarqalgan kamyob, endem o’simlik. Qisqacha tavsifi. Bo’yi 40 sm gacha yetadigan, poyalari ko’p boshchali, ko’p yillik o’t. Ildiz bo’g’izi tukilib ketgan eski barg bandlarining pardali qoldiqlari bilan o’ralgan. Poyalari 2-3 ta va undan ham ko’proq, tuksiz, shoxlangan. Barglari qalin tukli, poyaning asosida o’rnashganlari ko’p, teskarituxumsimon, to’mtoq, yirik tishli yoki patsimon bo’lingan, bandiga qarab ingichkalasha boradi. Gullagan paytida shingili tig’iz, mevalash davriga borib yoyiqlashadi. Kosacha barglari yumaloq, to’mtoq, tashqi tomoni tukli. Tojbarglari oq rangli. Mevasi qo’zoq, tuxumsimon. Urug’i mayda, ko’ng’ir rangli. Aprel-may oylarida gullab, may-iyunda mevasi yetiladi. Qoldiq tog’’lardagi ola jinsli, shag’alli va qumli tuproqlarda tarqalgan. Soni ma’lum emas. Yakka-yakka va 3-5 tupdan iborat to’plar hosil qilib o’sadi. Urug’idan ko’payadi. O’tloq yyerlarning unumdorligini oshirish va ko’p yillik, syershira yem-hashak o’simliklarini yetishtirishni ko’paytirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi FA Botanika institutining Qizilqumdagi tajriba stantsiyasida ekib o’stirilmoqda. Tarqalishi. Qoraqalpog’iston va Buxoro viloyati:.Qizilqumdagi qoldiq tog’’lar (Quljuqtog’’, Bo’kantog’’ va Sultanvays)da tarqalgan. O’simlik soni va arealining o’zgarish sabablari. Ayniqsa o’simlik urug’lagan vaqtda chorva mollarining ko’plab boqilishi unga jiddiy shikast yetkazadi. Muhofaza choralari. Maxsus muhofaza tadbirlari ishlab chiqilmagan.

Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish