Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Download 28,52 Mb.
bet91/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

Qorabarak (Halostachys caspica (Pall.) CAM.) sho‘radoshlar oilasidan, bo‘yi 1—3,5 m ga yetadigan daraxt yoki butadir. Poyasi kuchli shoxlangan, bir yillik novdalari kulrang, syersuv, tuksiz, silliq, ba’zan g‘adir-budur bo‘lishi ham mumkin. Barglari kichik, etli, uchburchak shaklida, o‘tkir qipig‘i bor. Asosidan bir-biriga tutashgan. Shuning uchun ham poyasida bo‘g‘imlar hosil bo‘lgan. Qorabarak mart oyida ko‘karadi. Ildizi o‘qildiz bo‘lib, tuproq ichiga ancha chuqur kiradi. U iyun — iyul oylarida gullaydi. Gullari oq rangli. Gulqo‘rg‘oni etli. Mevasi iyul — sentyabr oylarida pishadi. Mevasi uchburchak shaklida, pishmasdan oldin shishgan holda bo‘ladi. Urug‘i tuxumsimon, bo‘yi 0,75 mm, tuksiz. Urug‘i yaxshi unadi. Qorabarak, asosan, nam va syersuv sho‘rxok yyerlarda ko‘p o‘sadi. Ko‘kligida uni mollar yaxshi yemaydi. Kuz va qishda (boshqa o‘t o‘simliklar qor ostida qolganda) u namlikda yumshaydi va yaxshi yemishli bo‘ladi.
Sarsazan (Halocnemum strobilaceum (Pall.) MB.) sho‘radoshlar oilasidan, bo‘yi 10—30 sm ga yetadigan chala buta. Poyasi juda shoxlangan, syersuv, ba’zan bir tupi 1 m2 joyni egallaydi. U yostiqsimon shaklli bo‘lib, ko‘pincha yyer bag‘irlab o‘sadi. Yillik shoxchalari silindrsimon, etli, bo‘g‘imli. Barglari juda ham qisqarib ketgan, qalqonsimon juda kichik to‘mtoq tangachadan iborat. U mart-aprel oylarida ko‘karadi. Sarsazan — iyul-avgust oylarida gullaydi. Gullari ikki uyli, gul yonbargchalari yo‘q. Changchisi bitta, gulqo‘rg‘oni pastki tomondan birlashgan, yuqori tomoni uchta cho‘zinchoq oq bargchadan iborat. Mevasi avgust — oktyabr oylarida pishadi. Urug‘i oval shaklida, uzunligi 0,5—0,75 mm, yupqa. Sarsazan taqir, nam va sho‘r yyerlarda o’sadi. U respublikamizning hamma viloyatlarida uchraydi. Ko‘kligida mollar uni yaxshi yemaydi. Qurigach, kuz va qishda hamma mollar, ayniqsa tuya yaxshi yeydi.
Achchibuta (Ammothamnus lehmanii Bge.) dukkakdoshlar oilasidan, bo‘yi 50—100 sm ga etadigan buta. U ko‘p poyali yon shoxchalar hosil qilib o‘sadi. Yosh novdalari syertukligidan kumushsimon oq rangli. Barglari toq, patsimon tartibda 15—27 tadan bo‘lib o‘rnashgan. Shakli tuxumsimon, ostki tomoni kyertikli va kichkina tikanli bo‘ladi. Usti mayda tukchalar bilan qoplangan. Achchibuta mart oyida ko‘karadi. Ko‘karganda eski shoxchalarining uchidan yangi novdalar hosil bo‘lib, u eski poyaning davomidek o‘sib ketavyeradi. Aprel — may oylarida gullaydi. Gullari ancha yirik, uzunligi 10—18 sm, ko‘p gulli gul shodasidan iborat. Gultoji oq rangli. Dukkagi may—iyun oylarida pishadi. Uning shakli o‘roqsimon egilgan, ba’zan spiralsimon buralgan yoki halqa shaklida bo‘lib, ichida 1 — 2 ta urug‘ bo‘ladi. Dukkagining uzunligi 6—8 sm, eni 2—3 mm bo‘ladi. Achchibuta respublikamizning qumloq joylarida, ayniqsa, Qizilqumning g‘arbiy-janubida, Buxoro viloyatining janubida (Qo‘yquduq, Xutob), Qashqadaryo viloyatining Koson tumanlarida ko‘p o‘sadi. U tashqi ko‘rinishi jihatidan eshakmiyaga juda o‘xshaydi. Mollar uni kam iste’mol qiladi. Achchibutaning tanasidan, ayniqsa, ildiz qobig‘idan ipak va junli matyeriallarni bo‘yashda ishlatiladigan rang bo‘yoq olinadi.

Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish