Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Download 28,52 Mb.
bet92/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

Cho‘g‘on (Aellenia subaphylla (SAM) Aellen) sho‘radoshlar oilasidan, bo‘yi 40— 180 sm ga yetadigan chala butadir. Barglari qalami, syeret, uzunligi 10—50 sm, u aprel oyida ko‘karadi. Uning novdalari bo‘g‘im-bo‘g‘im, tez sinuvchan, oqish rangda. Cho‘g‘on may-iyun oylarida gullaydi. Gul oldi barglari mayda, qisqa, syershirali. Gulyonbargchalari yarim doyra shaklida. Gullari boshoqsimon, uzun, to‘pgul hosil qilib, o‘rnashgan. Gultoji oq rangli. Mevasi sentyabr-oktyabr oylarida pishadi. Mevasi qanotchasimon, diametri 10— 15 mm ga yetadi. U kuchsiz shamol ta’sirida ham uzoq-uzoqlarga tarqala oladi. Cho‘g‘onning urug‘i mevasidan ajralmagan xolda yaxshi unadi. Uni kuzda (noyabrda) va bahorda (fevral-martda) ham ekish mumkin. Cho‘g‘on respublikamizning qum, bo‘z tuproq, shag’al aralash toshli va gipsli joylarida (Buxoro, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida va Qoraqalpog‘istonda) ko‘p o‘sadi. Uni chorva mollari yil bo‘yi yaxshi yeydi. Ayniqsa kuz va qishda qo‘y, echki, tuyalar sevib yeydi. Qadimdan xalq tabobatida cho‘g‘onning novdasi, bargi va gullaridan tayyorlangan qaynatma ko‘pgina kasalliklarni, chunonchi soch to‘kilishi, asab kasalliklarini davolashda keng ishlatib kelingan. A.P.Orexovning yozishicha, uning yashil novdalarida salsolin alkaloidi borligi aniqlangan. Bu alkaloiddan tayyorlangan preparatlar bilan qon bosimining oshishi, bosh og‘riq, ko‘krak siqishi kabi kasalliklarni davolash mumkin. U kishining asabini mustahkamlab, mehnat qobiliyatini oshiradi. Cho‘g‘on qaynatmasidan, hatto chorva mollarini davolashda ham foydalaniladi. I.V.Larinning yozishicha, beudjilar kishilarda uchraydigan kuydirgi va boshqa yaralarni cho‘g‘ondan tayyorlangan dorilar bilan davolar ekan. O’lkamizda cho‘g‘onning katta tabiiy maydonlari bor, undan turli maqsadlarda keng foydalanish mumkin.
Anabazis (Anabasis aphylla L.) sho‘radoshlar oilasidan, bo‘yi 30—75 sm ga yetadigan chala butadir. Poyasining eng pastidan bir yillik novdalar hosil bo‘ladi. Poyasi yashil, syersuv, silindrsimon. Novdalari bargsiz, barglari yo‘qolib po‘stloqlarga— tangachalarga aylangan. Uning chetlari pardasimon hoshiyali va to‘mtoqroqdir. Anabazis mart oyida ko‘karadi. Uning ildizi yo‘g‘on, o‘qildizli. U iyun-iyul oylarida gullaydi. Gullari ko‘rimsiz, uzunligi 1,5—2,5 mm ga yetadi, to‘pgullari boshoq shaklida, novdasining uch qismida joylashgan. Mevasi avgust-sentyabr oylarida pishadi. Mevasi 3 ta yaxshi o‘sgan va 2 ta uncha yaxshi o‘smagan sargish yoki pushti rangli qanotchalardan iborat. Mevasi syersuv bo‘lib, qanotchalarga nisbatan qisqaroqdir. Anabazis respublikamizning ko‘pgina viloyatlaridagi taqir, sho‘rxok, sho‘rtob va qumloq tuproqlarda o‘sadi. Amudaryo vodiysida, Xo‘jayli, Qo‘ng‘irot (Qoraqalpog‘iston) tumanlarida va Xorazm viloyatining sizot suvlari yyer yuziga yaqin joylashgan sho‘rxok tuproqlarda ko‘p o‘sadi va katta maydonlarni egallaydi. Anabazis tarkibida,— deydi Granitov,— nikotinga o‘xshash anabazin, afiyalidin, shupinin va afillin degan zaharli moddalar bor. Qozog‘istondagi maxsus zavodda anabazin sulfat ishlab chiqarilib, u qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalariga qarshi kurashishda ishlatiladi. Shu maqsad uchun yana anabazisni suvda qaynatib, hosil bo‘lgan suyuqlikni ham ishlatish mumkin. Hozirgi vaqtda ana'bazisning o‘zidan sulfidin preparatini o‘rnini bosa oladigan qimmatli dorilar tayyorlash mumkinligi aniqlangan.
Keyreuk (Salsola rigida Pall.) sho‘radoshlar oilasidan, 20— 100 sm bo‘yli chala butadir. Uning bo‘yi yilning nam yoki qurg‘oqchiligiga bog‘liq. Syernam yillari 1 m dan ham oshadi. Mart oyining oxiri, aprel oyining boshlarida ko‘karadi. U juda syershox, yog‘ochlangan, tuplari va poyalaridan yosh shoxchalar hosil qilib, tarvaqaylab o‘sadi. Yillik novdalari qisqa tukchalar bilan qoplangan. Barglari novdalarda ketma-ket joylashadi. qalami yarim silindrsimon, qalin tuklar bilan qoplangan. O’qildizli bo‘lib, tuproqqa ancha chuqur kiradi. U may — iyun oylarida gullay boshlaydi, iyulda esa qiyg‘os gulga kiradi. Gullari mayda, oqimtir, ko‘rimsiz rangli. U bir tomondan gullab, ikkinchi tomondan meva hosil qilavyeradi. Shu sababli bir tup o’simlikda ham gulli, ham mevasini ko‘rish mumkin. Mevasi oktyabr— noyabr oylarida to‘liq pishadi. U urug‘idan mart— aprel oylarida yaxshi unib chiqadi. Ushbu tur tashqi sharoitga tez moslashuvchi, ayniqsa, issiqqa chidamli o‘simlik. Uni chorva mollari yil bo‘yi yaxshi yeydi. Bargi, gulyonbargi va gulqo‘rg‘on bo‘laklarida ko‘p miqdorda hayvon organizmi uchun zarur bo‘lgan tuzlar bor. Bu tuzlar mollarning ishtahasini ochadi. Mevasining qanotchalarida gemitsellyuloza bor. Shuni ta’kidlash mumkinki, quyreuqni iste’mol qilgan mollar hech qachon sariq kasalligiga chalinmaydi. U respublikamizning qumoq, bo‘z va gipsli tuproqlarida, ya’ni Qizilqumning Bo‘kantog’‘, Tomditog’‘, Qarsakpoyda, Farg‘ona vodiysidagi Qurama tog’‘ tizmasining janubiy yon bag‘irlarida ko‘p o‘sadi.

Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish