1877 yilda K.Mebius “biotsenoz” terminini taklif etdi. U ushbu termin ostida tur, zot va navlarning ko‘payishi tufayli ular egallab to’rgan hududni “jamoa” deb tushuntirishga har akat qildi. Keyinchalik bu haqiqiy ekologik tushuncha sifatida fanda qoldi. Skou o‘z ishlarida (1821) issiqlik, namlik va yorug‘lik kabi faktorlarni o‘rganib, o‘simliklarni yashash joyiga qarab cho‘l, botqoqlik, toshloq o‘simliklariga bo’lib o’rganishni taklif etdi.
O‘tgan asrning oxiriga kelib, ekologiya soxasida ikkita yo‘nalish yuzaga keldi. 1895 yilda daniyalik olim E.Varming “Plantesamfund” (O‘simliklar jamoasi) nomli kitobi nashr etildi. Uning bu asari rus tiliga ikki marta 1901 va 1902 yillarda tarjima qilindi. “O‘simliklarning tashqi muxitga bog‘liq holda tarqalishi” deb nomlangan nashri G.I.Tanfilevning Rossiya o‘simliklari haqidagi maqolasi bilan bosilib chiqdi. E.Varming geografiya yo‘nalishini davom ettirib, ekologiya masalariga aniqliklar kiritdi hamda “ekologik geografiya” ni “flora geografiyasi” dan ajratdi.
1910 yilda Bryusselda III xalqaro botanika kongressida ekologiya botanikaning mustaqil sohasi deb rasmiy ravishda e’lon qilingan bo‘lsada, E.Varming o‘simliklar ekologiyasi fanining otasi sifatida tarixda qoldi. U ayniqsa o‘simliklarning hayoti birgalikda (guruh-guruh) o‘tadi va ularning o‘zi muxitga ta’sir ko‘rsatadi, deb takidlaydi. E.Varmingning kitobi ekologiyaning rivojlanishi uchun kuchli turtki bo‘ldi. Shundan so‘ng ekologiyada alohida “morfologik-biologik” yo‘nalish tarkib topdi va u keyinchalik hayot formalari haqidagi ta’limotga asos bo‘ldi. Nemis botanigi O.Drudening (1913) “Ekologiya rasteniy” (O‘simliklar ekologiyasi) nomli kitobi bu yo‘nalishning davomi bo‘ldi.
Ana shu yillarda ekologiya soxasida yana bir yo‘nalish, fiziologik protsesslardan kelib chiqqan xolda morfologik anatomik belgilarni tushuntirishga urinib ko‘rildi. Masalan: 1898 yilda A.Shimperning “Geografiya rasteniy na fiziologicheskoy osnove” (O‘simliklar geografiyasi va fiziologiyasi asoslari) kitobi nashr etildi. Bu asosli axborot ekologiyani ekspremental fanlarga, asosan o‘simliklar fiziologiyasiga yaqinlashtirdi.
XX asrda ekologik tadqiqot metodlarining yanada takomillashishi yangi ekologik faktorlarga, ya’ni yorug‘lik davrining uzunligi, yorug‘lik spektrining tarkibi, tuproq eritmasining reaksiyasi, mikroelementlarning ta’siri, eruvchan alyuminiy, azot va boshqalarga murojaat etishga imkon berdi. Insonning muxitga ta’sirining kuchayishi havoning sanoat chiqindilari, radiatsiya nurlari bilan ifloslanishini o‘rganish zaruratini keltirib chiqardi. Bu hozirda ham muhim masala bo’lib qolmoqda.
O‘sha davrda (AQSH da ekologiya sohasida alohida yo‘nalish paydo bo‘ldi, u ham bo‘lsa «indikator turlar haqidagi ta’limot», ya’ni tuproqning (karbonatli, qumli, gipsli, sho‘rlangan va boshqa tuproqlarning) har xil xossalarini «ko‘rsatkich-o‘simliklar» haqidagi ta’limot keng tarqaldi. Keyinchalik (1929) tuproq tarkibida ma’lum midorda bo‘ladigan kimyoviy elementlar indikatori to‘g‘risida gap bordi. Klementsning «Rasteniya-indikatorы» (Indikator o‘simliklar, 1920), shuningdek, Uiver va Klementsning «Ekologiya rasteniy» (O‘simliklar ekologiyasi) deb nomlangan asarlari tufayli o‘simliklarning o‘sish sharoitini indikatsiyalashda (aniqlashda) tabiiy o‘simliklardan foydalanishga asoslanildi. Shuni qayd qilib o‘tish kerakki, amerikalik olimlar ekologiyani juda keng ma’noda talqin etganlar va unga fitotsenologiyani ham kiritganlar. Bu ko‘p jihatdan hozirgi chet el ekologiyasi uchun ham xosdir.
Rossiyada ekologiya o‘ziga xos yo’nalishda rivojlanib bordi. 1868 yilda N.F.Levakovskiy ildizning shakliga tashqi muxitning ta’siri haqida dissertatsiya yozdi, shundan so‘ng o‘simliklarning shakli, tuzilishi va rivojlanishiga muxit turli elementlarining ta’siri haqida bir qancha ishlarni nashr qildirdi. U birinchi rus ekologi hamda eksperimental tadqiqotchisi ham edi. K.A.Timiryazyevning fiziologiyaga doyir, asosan, fotosintez ustidagi ishlari faqat fiziologiyada emas, balki ekologiyada ham muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
O‘tgan asrning oxiri va asrimizning boshlarida Rossiyadagi tuproqshunoslikka va botanikaga doir tadqiqotlar faqat fitotsenologiyaning kelib chiqishiga emas, balki P.A.Kostichev, A. A.Izmailskiy, V.V.Dokuchaevlarning o‘simliklar bilan tuproqning o‘zaro aloqasi xaqidagi ekologik g‘oyalarining shakllanishiga ham yordam berdi. Ayniqsa V.V.Dokuchaev va xodimlarining ishlari tufayli tarixiy, hozirgi iqlim va tuproq sharoitiga bog‘liq holda o‘simliklarning tarqalishi va gruppalarga bo‘linishi qonuniyatlariga aniqlik kiritildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |