J umritsimon chakanda(oq changal)- Hippophae rhamnoides L.
Ko‘p yillik, balandligi 2-5 m bo‘lgan kichik daraxt yoki buta o‘simlik. Poyasi va novdalari o‘tkir tikanlar bilan qoplangan. Barglari uzunchoq nashtarsimon, 2-9 sm uzunlikda va eni 3-15 mm, kulrang-yashil, ostki tomoni kumushsimon oq. Gullari barglari bilan bir vaqtda rivojlanadi. Urug‘chi gullari yumaloq-tuxumsimon 3 mm uzunlikda. Changchi gullari undan kichik. Ikki uyli o‘simlik. Mevasi danakli, etilganda och sariq ba’zan och pushti ranglarda. May oyida gullab, avgust-sentyabr oylarida mevasi etiladi. Tog’‘ to‘qayzorlarida, bo’loqlar atrofida, daryolar o‘zanida o‘sadi. Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida tarqalgan.
Tibbiyotda mevasi va moyi ishlatiladi. Chakanda moyi radioaktiv nurlar ta’siridan zararlangan tyeri, shilliq, kavatlar (qizilo‘ngach, me’da va bachadon shilliq qavatlari), yaralar, me’da va un ikki barmoq ichak yarasi, ba’zi ginekologik kasalliklar hamda vitaminlar yetishmasligidan kelib chiqqan avitaminoz kasalliklarni davolash uchun qo‘llaniladi.
O ddiy-chilonjiyda- Zizyphus jujuba Mill.
Chilonjiyda, unabi, xitoy xurmosi (Ziziphus Mill.) - jumrutdoshlar oilasi, zizifus turkumiga mansub daraxt yoki buta; ekiladigan meva daraxti. Osiyo, Afrika, Shim. Amyerika, Avstraliyaning tropik va subtropik mintaqalarida oʻsadigan 50 dan ortiq turi maʼlum. Jumladan, Oʻrta Osiyoning tog’ʻli hududlarida mayda mevali yovvoyi turi oʻsadi. Xitoyda (unabi; Z.jujuba Mill.) madaniylashtirilgan. Yaponiya, Xitoy, Pokiston, Afgʻoniston, Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmanistonda ekiladi. Daraxti bal. 8 - 12 m ga boradi, tanasining yoʻgʻonligi 40 - 60 sm (baʼzan 4 m li buta holida oʻsadi). 100 y.dan ortiq yashaydi.
Bargi tuxumsimon, yaltiroq, chetlari mayda arra tishli. May oxiri - iyul boshlarida gullaydi, gullashi 30 - 35 kun davom etadi. Guli xushboʻy, ikki jinsli, mayda, sargʻimtir koʻkish. Oʻzidan va chetdan changlanadi. Mevasi 26 - 32 g , uz. 3 -3,5 sm, noksimon, tuxumsimon, qizgʻishjigarrang , yaltiroq, poʻsti qattiq. Sentyabr oxirida pishadi. Eti och yashil, oq, shirin. Tarkibida 19 - 20% qand, 0,3 - 0,5% kislota, 2,8 -,9% oqsil, 1,73% kul moddasi, 500 -23 mg% C va P, A vitaminlari; ildiz, barg va poʻstlogʻida 4 -5% oshlovchi modda bor; shifobaxsh.
Iyulda gullab sentyabr oyida mevasi pishib etiladi. Tog’‘larning quruq yonbag‘rilarida, o‘rta qismida o‘sadi. Surxandaryo viloyatining (To‘palondaryoni atrofida) tarqalgan. Madaniy navlari O‘zbekistonning barcha viloyatlarida tarqalgan.
Xalq tabobatida bargi va mevasi ishlatiladi. Mevasidan tayyorlangan damlama xalq orasida ko‘krak og‘rig‘ida, yo‘talda ko‘krakni yumshatuvchi, yo‘tal qoldiruvchi dori sifatida, kamqonlik, astma, chechak, ichketar, isitmada, o‘pka, jigar, buyrak va qovuq kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |