Topshiriq?-ushbu dorivor o’simliklarning lotincha, ruscha hamda maxalliy nomlarini yodlash.
5-amaliy mashg’ulot.
Vitaminli o’simliklar biologiyasi va ekologiyasini o’rganish (Chakanda, Chilonjida, Yasnotka, Gazanda o’t, Yovvoyi piyoz, Ituzum)
Mashg‘ulotning maqsadi: O‘zbekiston florasidagi dorivor o’simliklarning eng ko’p foydalaniladigan vitaminli turlari biologiyasi va ekologiyasi haqida ma’lumotlar byerish.
Mashg‘ulotning qisqacha mazmuni: O‘zbekiston florasida uchraydigan dorivor o‘simlik turlari Chakanda, Chilonjida, Yasnotka, Gazanda o’t, Yovvoyi piyoz, Ituzumlarning biologiyasi hamda vitaminlar haqida ma’lumotlar byeriladi.
Barcha tirik organizmlar, ayiqsa kishilar hayotida vitaminlar muhim rol o’ynaydi. Avvalo, vitaminlar organizmda moddalar almashinuvini boshqarib turishda, shuningdek, istemol qilingan ovqatlarni oson va tez hazm bo’lishida hamda organizmga yaxshi singishida muhim rol o’ynaydi. Binobarin, organizmni turli yuqumli kasalliklardan saqlashda, yara va jarohatlarni tez bitishida, organizm tez toliqishi oldini olishda, jismoniy jihatdan chiniqishda va shunga o`xshash qator hollarda yaxshi yordam byeradi. Inson organizmida vitaminlar yetishmasligi natijasida, turli kasalliklar, ya’ni singa, pellagra, byeri- byeri, qon ivimaslik, shapko’r, raxit va boshqa xastaliklar sodir bo’ladiki, ularni bir nom bilan avitaminoz kasalligi deyiladi.
Vitamin A (provitamin karotin) yosh organizm o`sishini ta’minlash bilan bir qatorda, uni turli kasalliklardan ham ximoya qiladi. Ko`rish qobiliyatini yaxshilaydi. Tyerining tashqi ta’sirotga chidamliligini oshiradi. Hayvonlardan yaxshi zot olishda ahamiyatlidir.
Vitaminlardan B, B1, B2,PP va boshqalar nyerv sistemalari ishini bir maromga solishda, yurak, jigar faoliyatini yaxshilashda, ko`rish, hamda oshqozon-ichak ishini tartibga solishda katta ahamiyatga ega.
Vitamin C organizmda yetishmasa, karbonsuvlarning parchalanishi va xazm bo`lishi yomonlashadi, singa kasali ro’y byeradi.
Vitamin D (provitaminlar-stearinlar) kalsiy va fosforli tuzlar almashinuvida katta aham iyatga ega. U bolalarni raxit kasalligidan saqlaydi.
Vitamin E organizmda yog’ almashinuvida, muskullar va endokrin bezlari faoliyatini normallashgirishda, qonni ko`paytirishda roli kattadir. Bu vitamin yetishmasligi natija sida insonda naslsizlik yoki bola tashlash hollari sodir bo`ladi.
Vitamin K qonni quyuqlashishi ham da ivishiga yordam byeradi.
Vitamin PP mayda qon tomirlari devorlarini mustahkamlaydi. Qalqonsimon bezlar faoliyatini yaxshilaydi. Vitaminlar o`simliklarda moddalar almashinuvi vaqtida hosil bo’lgan ortiqcha mahsulotlar bo’lmasdan, balki fiziologik aktiv moddalardir. Ular o`simliklarning o`sish va rivojlanish jarayonlarida katta aham iyatga ega. Agar o`simliklarning ham vitaminlarga extiyoji sezilib qolgudek bo’lsa, ularni vitaminlar bilan oziqlantiriladi va natijada, ular sog`lomlashib, yaxshi o`sadi, rivojlanadi, hosildorligi oshadi, mevalari tez pishadi va sifatli bo’ladi. O`simliklarga vitaminlar ortiqcha byerilsa, ularning rivojlanishi tezlashadi yoki susayadi.
Ko’pchilik vitaminlar lotin harflari bilan belgilanadi. Ular o’simliklarning poya, barg, gul, meva, ildiz, ildizpoya, piyozi hamda tugunaklarida ma’lum miqdorda to`planadi. Vitaminlarning miqdori, tashqi sharoit faktorlariga, o’simliklarning yoshiga, rivojlanish davrlariga, o’sish hamda tarqalish sharoitiga ko’p tomonlama bogliqdir. Vitaminlarga yetarli sharoit bo’lmasa, ya’ni C vitamini havoda kislorod miqdori kam bo’lsa, temir, mis idishlarda saqlansa yoki shu elementlarga yaqin qo`yilsa; K vitamini ko’p va kuchli yoruglikda tez buziladi hamda parchalanadi. E vitamin va karotin kislorod hamda yoruglik ta’sirida buzilishi yoki parchalanishi mumkin, shuningdek, ko’pchilik vitaminlar issiq va qaynagan suvda buziladi. Shu sababli vitaminli o’simliklardan foydalanganda, ularni yuqorida bayon etilgan xususiyatlarini e’tiborga olish lozim. Vitaminli o’simliklardan yangiligida, ya’ni namligida yoki soya joyda quritib foydalanish kyerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |