Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi



Download 28,52 Mb.
bet117/261
Sana08.04.2022
Hajmi28,52 Mb.
#537811
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   261
Bog'liq
Dorivor o’simliklar biologiyasi va ekologiyasi МАЖМУА

Sirdaryo sutlamasi- Euphorbia jahar tica (prokh.) Ko‘p yillik, poyasini balandligi 30-100 sm, 2-5 tadan poyali, yo‘g‘onligi 5-6 mm, aniq uzunasiga ketgan egatchali, yuqori qismidan shoxlanuvchi tiniq. Urug‘siz poyalari kalta. Barglari navbatlashib joylashgan, uzunchoq nashtarsimon 4-13 sm uzunlikda va eni 3-7 mm poyasi qisqargan gulbandga o‘xshash, chetlari tekkis. Soyabon barglari 10 ta har xil uzunlikda, o‘troq 10-20-(50) mm uzunlikda va eni 2-6 mm, gul oldi barglari juft buyraksimon 6-20 mm uzunlikda va eni 8-22 mm soyaboni (5)-8-12 nurli. Ko‘sagi tuxumsimon uch chanoqli 3.5-4.5 mm uzunlikda. Urug‘i tuxumsimon 2.5 mm uzunlikda oqish kulrang tekkis. Aprel-sentyabr oylarida gullab urug‘laydi. Daryolar o‘zanida, ariqlar bo‘ylarida, tashlandiq ekinzorlarda, tog’‘larni kam o‘tloqlarida o‘sadi. Toshkent, Namangan, Andijon, Farg‘ona viloyatlarida tarqalgan.
O‘simlikni o‘sib to’rganda uzilgan vaqtda ajiralgan sut shirasi bilan sugal va oyoqdagi qadoqlarni, shuningdek tyeridagi yaralar, qo‘tir, qichimalar ham davolanadi. Qurug‘i tuyulgan ildizidan rak kasalliklarini davolashda qo‘llaniladi.
Nazorat savollari?
1. Tog’‘larining ekologik holati va tabiati izohlab byering?
2. Pastki tog’‘ dorivor o‘simliklarining bioekologiyasi va o’ziga hosligi nimalardan iborat?
3. Yuqori tog’‘ dorivor o‘simliklarining asosiy turlarini aytib byering?

14-mavzu: Yaylov zonasi dorivor o‘simliklari bioekologiyasi
Reja
1. Respublikamizdagi yaylov poyasining maydonlari, iqlimi va tuproq sharoitlari, o‘simliklar qoplami, o‘simliklarni ekologik sharoitlariga ko‘ra bo‘linishi.
2. Pastki (subalp) va yuqori (alp) yaylovlari dorivor o‘simliklar biologiyasi va ekologiyasi.
Respublikamizdagi yaylov poyasining maydonlari, iklimi va tuprok sharoitlari, o‘simliklar qoplami, o‘simliklarni ekologik sharoitlariga ko‘ra bo‘linishi
Respublikamiz hududidagi dengiz sathidan 2700— 2800 va undan baland bo‘lgan barcha yyerlar yaylov mintaqasiga kiradi. Yaylov mintaqasi alp va subalp o‘tloqlaridan iborat. Uning har aktyerli belgisi shuki, bu mintaqada buta va daraxtlarning o‘sishi uchun sharoitning yo‘qligidir. Bu mintaqani yaylov deb atalishiga sabab, u yyerlardagi o‘tloqlardan faqat yozda mol boqib foydalanilishidir. Agar qorako‘l qo‘ylari uchun asosiy yaylov cho‘l mintaqasi bo‘lsa, dumbali myerinos va hisor qo‘ylari uchun esa ana shu o‘tloq yaylov mintaqasi xisoblanadi. Bu yyerlardan yilqichilik (otlarni boqish) uchun keng foydalaniladi.
Yaylov poyasiga Tyanshan tog’‘ining garbiy qismi, Chotqol, Piskom, Hisor tog’‘larining janubi-g‘arbiy tomonidagi yuqori tog’‘ mintaqasidagi maydonlar kiradi. Bo’lardan tashqari, respublikamiz tyerritoriyasida joylashgan Turkiston, Zarafshon tog’‘lari ham yaylov mintaqasining pastki chegarasi hisoblanadi. Bu mintaqaning pastki tomoni yuqori tog’‘ mintaqasi bilan, eng yuqori nuqtasi esa doimiy muzliklar, qorliklar bilan qoplangan qoyalarga borib taqaladi.
Yaylov mintaqasining tuprog‘i och va to‘q-qo‘ng‘ir rangli bo‘lib, qattiq tog’’ jinslaridan hosil bo‘lgan. O‘simliklar, ayniqsa mayin o‘tlar ancha qalin qoplam hosil qiladi. Katta har sang toshlar, qoyaliklar, quruq toshdan iborat maydonlar ham ko‘p uchraydi.
Yaylov mintaqasining iqlimi subnival bo‘lib, boshqa mintaqalardan tubdan farq qiladi. Yillik o‘rtacha yog‘in miqdori 600— 1000 mm ni tashkil qiladi. Yog‘in unchalik ko‘p yog‘maydi. Lekin issiq kunlar kam bo‘lib, faqat iyun-iyul oylaridagina havo isiydi. Qolgan kunlari ba’zan yomg‘ir, ba’zan tumanli bo‘lib turadi. Shuning uchun ham bu yyerda dehqonchilik qilib bo‘lmaydi yillik harorat miqdorining yetarli emasligi bu yyerlarda madaniy ekinlar ekib hosil olish imkonini byermaydi, chunki o‘simliklar o‘suv davrini bu qisqa vaqt ichida tugata olmaydi.
Havoning absolyut namligi doimo yuqori. Yoz oylarida bu namlik 50% ni tashkil etadi. Avgust — sentyabr oylarida nam juda kam tushadi. Kuzning oxiri, qish va bahorda yog‘in ko‘p bo‘ladi. Qishda qor ko‘p yog‘adi. Havo sovib, yanvar oylarida — 30° dan pasayadi. Yillik o‘rtacha harorat 6—8° ni tashkil qiladi. Yaylov mintaqasining yillik o‘rtacha harorati yuqori tog’‘ mintaqasidan 3—4° past, yog‘in-sochinning ancha ko‘p bo‘lishi bilan har aktyerlanadi.
Subnival iqlimli yaylov mintaqasi respublikamizda uncha katta maydonni egallamaydi. Bu mintaqa butun tyerritoriyamizning 1,55% ni tashkil etadi. Bu mintaqa maydoni kichik bo‘lsa ham, turli yem-xashak o‘simliklariga juda boydir. Undan unumli foydalanib, yozda bu o‘tlarni o‘rib pastki mintaqalarga tushirilsa, ancha yem-xashak jamg‘arib olishga imkon byeradi. Ba’zi qurg‘oqchil yillari u yyerning o‘simliklaridan samarali foydalanib, mo‘l oziq g‘amlab olish mumkin. Shuni ham aytish kyerakki, xozirgacha yaylov mintaqasidan qishloq xo‘jaligida kam foydalaniladi. Bu mintaqada kamida 20—30 ta chorvachilik xo‘jaliklari tashkil etish mumkin.
Yaylov mintaqasi aslida va asosan subalp hamda alp o‘tloqlaridan iborat bo‘lishi va doimo yam-yashil bo‘lgan maydonlardan tashkil topishi kyerak. Bunday o‘tloq yaylovlar O’zbekiston tog’‘larining yuqori qismida deyarli uchramaydi. Shu sababli botaniklar (ayniqsa Q.Z.Zokirov) O‘zbekiston tog’‘laridagi bu o‘tloqlarni haqiqiy subalp va alp o‘tloqlari emas, balki yaylov o‘tloqlari deb atash kyerakligini taklif etishadi. Yaylovlar poyasi o‘simliklar qoplami, ekologik sharoiti, iqlimi, tuprog‘i va boshqa belgilariga ko‘ra ikkiga: pastki (subalp (lotincha sub —ostida, alp — baland). Baland bo‘yli o‘simliklar o‘sadigan maydon (o‘tloqzor) lar deb ataladi) va yukori (alp) yaylovlariga bo‘linadi.



Download 28,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish