Bog'liq Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi (2)
Fototropizm. Bu bir tomonlama yorug'lik ta’sirida o'simlikni manbaga burilish xususiyatidir. Bu hol xonada o'suvchi o'simliklarda yaqqol kuzatiladi. Fototropizm musbat va manfiy bo'lishi mumkin. Fototropizm o'simlikning faqatgina yer ustki organlariga xos bo'lib xlorofillga bog'liq emas. Aksincha xlorofillsiz o'simliklar yorug'likni yaxshi sezadilar.
Fototropik sezgirlikni o'simlikning apikal qismidagi meristematik hujayra to'qimalari bajaradi. Fototropizmlar musbat yoki manfiy bo'lishi mumkin. Musbat fototropizm deganda yorug'likning yunalishi emas balkim, organlarning yoritilgan va qorong'ulik tomonlari o'rtasidagi farq tushuniladi. Manfiy fototropizm o'simliklarning ildizlarida kuzatilishi mumkin.
Barglar yorug'likga nisbatan perpendikulyar joylashib diafototropizm hodisasini ham yuzaga chiqarishi mumkin. Fototroflk bukilishlar yorug'lik tushgan va tushmagan tomonlarning har xil darajada o'sishiga bog'liqdir. Ammo o'simlikning qorong'ulik tomoni nisbatan tezroq o'sadi.
Fototropizm hodisasi nisbatan bir pallali o'simliklarda to'laroq o'rganilgandir. O'simlikning o'sishi jarayonida bukilishi uning uchki qismidan boshlanib so'ngra butun koleopteley bo'ylab tarqaladi. Fototropik reakfsiyalarning belgilari tajriba boshlanganidan so'ng 20-25 daqiqadan keyin boshlanishi mumkin. Ammo uning yuzaga chiqishi 24 soatdan keyin bo'ladi.
Fototropizm chaqiruvchi nurlar spektrida bitta ultrabinafsha (370 nm) va uchta ko'k no'rlar (425, 445 va 474 nm)uchraydi. Ushbu no'rlarning barchasi riboflavin, sitoxrom b5 va β-karotinlarning nur yutish zonalarida joylashgandirlar. V.V.Polevoyning (1989) fikricha karotinoidlar o'simlik organining ikki tomoniga tushuvchi nurlarni konstatatsiyalovchi ekran vazifasini bajarishi mumkin. Riboflavin esa ko'k nurlarning kriptoxrom deb ataluvchi flavoproteinli retseptorlari tarkibiga kiradi. Makkajo'xori koleoptellari hujayralari plazmolemmasida flavoprotenga bog'liq oksidoreduktaza va sitoxrom b5 topilgan.
Shuni aytib o’tish kerakki, fototropizmning ro'y berishi auksin gormoni bilan tubdan bog'liqdir yam nisbatan ko'p yorug'lik olayotgan barglardan poyaga ko'p miqdorda auksin kela boshlaydi va poyaning shu yerga yaqin joyiashgan bug'im oraliqlari tezroq o'sa boshlaydi. Auksin gormonining diafototropik bo'linishi o'z navbatida barg bandlari holatiga ham ta’sir qiladi va buning natijasida barglarning o'ziga xos yorug'likga tomon bo'rilishi («barglar mozaikasi») ro'y beradi.