Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


O‘simliklar fiziologiyasi fanini boshqa fanlar bilan aloqasi



Download 1,16 Mb.
bet2/127
Sana26.06.2022
Hajmi1,16 Mb.
#706298
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127
Bog'liq
Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi (2)

2.O‘simliklar fiziologiyasi fanini boshqa fanlar bilan aloqasi.

O‘simliklar fiziologiyasi botanika fanlari qatoriga kirishi bilan birga, hayvonlar fiziologiyasi, biokimyo, biofizika, molekulyar biologiya, mikrobiologiya, kimyo, fizika kabi fanlar bilan ham chambarchas bog‘liqdir, ularning yutuqlaridan foydalanadi, o‘z navbatida ularga ta’sir etadi. Keyingi yillarda kimyo va fizika fanlarining zamonaviy usullari: xromotografiya nishonli atomlar, elektron mikroskopiya, elektroforez, differensial sentrifugalash, spektrofotometriya, rentgen tuzilma taxlili va boshqalardan foydalanish natijasida fiziologiya fanida juda katta yutuqlarga erishildi. Bu usullarni qo‘llash tufayli o‘simlik hujayrasining murakkab tuzilishi, hujayra organoidlarining tuzilmasi va fiziologik funksiyalari, hujayraning moddalarni o‘zlashtirish va ajratib chiqarish jarayonida membranalarning ahamiyati va boshqalar birmuncha puxta o‘rganildi. Ayniqsa, o‘simliklar tanasida quvvatini to‘plash va sarflash xaqidagi tushunchalar kengaydi. Chunki yorug‘likning elektromagnit energiyasini organik moddalar tarkibidagi erkin kimyoviy quvvatga aylantirish va to‘plash yashil o‘simliklarninig eng muhim tasnifiy xususiyatidir. Bu xususiyati bilan yashil o‘simliklar tabiatdagi barcha boshqa tirik organizmlardan farq qilishi va yer yuzida hayotning barqarorligini ta’minlaydi. S.P.Kostichev (1872-1931) yashil barg bir necha yilga ishlashni to‘xtatsa, Yer yuzidagi barcha jonzot, jumladan, insoniyat ham nobud bo‘ladi”, degan edi. Hozirgi vaqtda biologiyaning turli sohalari orasida o‘simliklar fiziologiyasi alohida o‘rin tutadi. Yangi-yangi navlar yaratishda, ularning hosildorligini oshirishda, hosil sifatini yaxshilash va saqlashda mazkur fanning ahamiyati yildan-yilga ortib bormoqda.




3.O‘simliklar fiziologiyasi fanining tarixi

XVII-XVIII asrlar o'simliklar fiziologiyasining shakllanish davri bo'lib hisoblanadi. O'simliklar fiziologiyasining asoschisi J. Senebe hisoblanadi. U 17721782 yillarda D.Pristli va Ya. Ingenxauz bilan bir vaqtda fotosintez jarayonini ochdi. Keyinchalik ya'ni 1780 yilda J. Senebe tomonidan besh tomlik «Physiologie vegetale» asarining e’lon qilinishi fiziologiyaning alohida fan sohasi ekanligining isboti bo`ldi. J. Senebe “O'simliklar fiziologiyasi” terminini taklif etish bilan chegaralanib qolmasdan, bu fanning asosiy vazifalarini, predmeti va usullarini aniqlab berdi. Ammo, o'simliklar fiziologiyasining ayrim masalalari avvalroq o'rganila boshlangan. Xususan italiyalik biolog va shifokor M Malpigining «O'simliklar anatomiyasi» (1675-1679) va ingliz botanigi va shifokori S. Geylsning «O'simliklar statistikasi» (1727) asarlarida o'simliklar organ va to'qimalarining tuzilishi bilan bir qatorda yuqoriga ko'tariluvchi oqim va o'simliklarning havodan oziqlanishi haqidagi nazariyalar ham berilgan edi.


Hozirgi vaqtda asosiy terminlardan bo'lgan hujayra so'zi (grekcha «cytos» yoki lotincha «cellila») birinchi bor 1665 yilda Robert Guk tomonidan pukakning mikroskopik tuzilishini o'rganish davomida fanga kiritilgan.
Ingliz botanigi S. Geyls o'simliklarda ikki xil oqimning mavjudligini, ya'ni suv va ozuqa moddalarining pastdan yuqoriga va yuqoridan pastga qarab oqishini tasdiqladi. O'simliklarda suvni harakatga keltiruvchi kuch ildiz bosimi va transpiratsiya ekanligini isbotladi.
F otosintez haqida dastlab to'g'ri ma'lumotlarni olimlar J. Senebe, J.Bussengo,
Yu.Saks, A.Famintsin, K.Timiryazev, M.Svet va boshqalar keltirganlar. Ular fotosintezni uglerodli oziqlanish deb qaragan va bu jarayonda yutilgan karbonat angidrid va ajralib chiqqan kislorod miqdoriy aniqlangan.
O'simliklarning nafas olishi A.Borodin, L.Paster, A.Bax, G.Bertran kabi olimlar tomonidan o'rganilgan bo'lsa, suv almashinuvi jarayoni G.Dyutroshe, G.De Friz va Yu. Sakslar tomonidan yaxshi o'rganilgandir. O'simliklarning mineral oziqlanishi jarayoni Yu. Libix, J.Bussengo, G.Gelrigel, A.Knop, S.Vinogradskiy, M.Beyernik, D.Pryanishnikov, moddalarning tashiluvi jarayoni V.Pfeffer, E.Votchal, o'sish va rivojlanish Yu.Saks, O.Branetskiy, A.Batalin, N.Levakovskiy, G.Fexting, G.Klebs, moddalarning harakati T.Nayt, Ch.Darvin, Yu.Vizner, V.Rotert, quzg'aluvchanlik B.Sanderson, N.Levakovskiy, o'simliklar chidamliligi fiziologiyasi D.Ivanovskiy, K.A.Timiryazev, G.Molish kabi olimlar tomonidan birinchi bo'lib, o'rganilib asoslangan.
Rossiyada o'simliklar fiziologiyasi XIX asrning ikkinchi yarmidan rivojlana boshladi. Unga A. S. Faminsin (1835-1918) va K. A. Timiryazev (1848-1920) asos soldilar. A.S. Faminsin (1867) Peterburg universitetida mustaqil o'simliklar fiziologiyasi kafedrasini tashkil etdi. Uning asosiy ilmiy izlanishlari fotosintez va o'simliklardagi modda almashinuv jarayonlarini o'rganishga qaratilgan edi. O'simliklar fiziologiyasi sohasida Moskva maktabining tashkilotchisi K.A.Timiryazev bo'ldi. U yangi fizik va kimyoviy usullarini qo'llash natijasida fotosintezning muhim qonuniyatlarini aniqlashga muvaffaq bo'ldi, xlorofillning fizikaviy va kimyoviy xossalarini o'rganishga katta xissa qo'shdi. U fotosintezning yorug'lik miqdoriga, spektral tarkibiga va quyosh yorug'ligining energiyasiga bog'liq ekanligini tajribalar orqali isbotlab berdi.
O'simliklar ekologik fiziologiyasiga asos solgan olimlardan biri N.A. Maksimovdir. O'simliklarning noqulay muhit omillari ta'siriga, sovuqqa, qurg'oqchilikka chidamlilik fiziologiyasi, o'sish va rivojlanish, sun'iy yorug'likda o'sish kabi jarayonlarning nazariy asoslarini ishlab chiqdi.
X X asrning birinchi yarmidan o'simliklar fiziologiyasi yanada tezroq rivojlandi. Murakkab fiziologik jarayonlarning biokimyoviy mexanizmlari o'rganila boshlandi. Jumladan fotosintez (M.S. Svet, R. Xill, M. Kalvin, R. Emerson, D.A. Arnon, M.D. Xetch va K.R. Slek va boshqalar) va o'simliklarning nafas olishi (V. A. Palladin, S.P. Kostichev, G.A. Krebs, G. Kalkar va V.A. Blitser, L. Kornberg, P. Matchel va boshqalar) kabi jarayonlar aniqroq yoritildi.
O 's im liklar fiziologiyasining rivojlanishida o'simliklarning o'sishi va rivojlanishi jarayonlarini idora qiluvchi moddalar-fitogormonlarning ochilishi va o'rganilishi juda katta yutuq bo'ldi. (N.G. Xolodniy va F. Vent, F. Kegel, M.X. Chaylaxyan, T. Yabuta, S. Skug, F. Eddikkot va boshqalar).
1934 yilda Moskvada fanlar Akademiyasiga qarashli O'simliklar fiziologiyasi instituti tashkil etildi. Institutga 1936 yilda K.A. Timiryazev nomi berildi va u jahonda o'simliklar fiziologiyasini o'rganish sohasidagi eng yirik ilmiy markazga aylandi. Taniqli olimlar A.L.Kursanov, M.X.Chaylaxyan, P.A.Genkel, Yu.V.Rakitin, R.G.Butenko, A.A.Nichiporov, A.A.Tumanov, A.T.Makronosov D.B.Vaxmistrov, V.V.Polevoy, O.N.Kulaeva, M.A. Sobolev, R.K.Salyaev va boshqalar ilmiy faoliyatlari shu institut bilan bog'liq. Hozirgi vaqtda MDH shaharlari Kiev, Minsk, Novosibirsk, Kishinev, Dushanbeda o'simliklar fiziologiyasi institutlari bor. Deyarli barcha universitetlarda o'simliklar fiziologiyasi kafedrasi bor.
O'zbekistonda o'simliklar fiziologiyasi fanining rivojlanishini biz 1918 tashkil topgan Turkiston universiteti (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti) bilan boglab qarashimiz mumkin. Chunki, 1920 yilda uning tarkibida, o'simliklar fiziologiyasi va biokimyosi kafedrasi tashkil etilishidan boshlab jadal rivojlana boshladi. Ammo o'simliklar fiziologiyasi fani o`tgan asrning ikkinch yarmidan, ya'ni ushbu sohada o'zbek olimlari paydo bo`la boshlaganidan keyin jadal rivojlana boshladi. 1930 yilda Samarqand Davlat universiteti tashkil etilgandan so'ng, hozirgi Botanika va o'simliklar fiziologiyasi kafedrasida o'simliklar fiziologiyasi fanining rivojlanishi yanada jadallashdi. Keyinchalik O`zR FA qoshida O`simliklar eksperimental biologiyasi (hozirgi Genetika va o`simliklar eksperimental biologiyasi) ilmiy-tadqiqot instituti tashkil etilganidan so`ng o'simliklar fiziologiyasi fani sohasida juda katta yutuqlarga erishildi.
O'zbekiston Respublikasida fitofiziologiyaning rivojlanishiga ulkan hissa qo'shgan olimlardan biz A.V. Blagoveshenskiy, N.D. Leonov, V.A. Novikov, V. Shardakov, N.A. Todorov, M.X. Ibragimov, A.A. Imomaliev, A.Q.Qosimov, R.A. Azimov, N.N. Nazirov, M.A. Belousov, X.X. Enileev va boshqalarni ko'rsatib o'tishimiz mumkin. Ular birinchi navbatda mamlakatimizning asosiy texnik ekini g'o'za hamda boshqa bir qancha o'simliklarning fiziologik-hayotiy jarayonlarini keng o'rganib, nazariy va amaliy xulosalar qildilar. Bugungi kunga kelib akademiklar: A.P. Ibragimov, A.A. Abdukarimov, O.J. Jalilov; q/x.f. akademiyasining muxbir a’zolari: H.K. Kimsanboev, S.R. Raxmonqulov, H.S. Samiev; professorlar: M.N. Valixonov, J.X. Xo'jaev, M.H. Avazxo'jaev, K.S. Safarov, Sh.Y. Yunusxanov, A.Z. Zikiryaev, A.A. Umarov, R.Q. Shodmonov, R.M. Usmonov, A.A. Axmadjonov, T.A.Boboev; dotsentlar: D.K. Asamov, R.A. Abdullaev, Q.Q. Quchqarov, G.J.Juraev, A.K. Tonkix va boshqa olimlar o'simliklar fiziologiyasi fani sohasida keng ko'lamda ilmiy izlanishlar olib bormoqdalar. Hozirgi vaqtda Respublikamizning bir qator universitetlarida o'simliklar fiziologiyasi yoki unga turdosh kafedralar mavjuddir.

Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish