Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi


-MAVZU: O‘SIMLIKLARNING HARAKATLARI



Download 1,16 Mb.
bet102/127
Sana26.06.2022
Hajmi1,16 Mb.
#706298
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   127
Bog'liq
Tabiiy fanlar fakulteti botanika kafedrasi (2)

15 -MAVZU: O‘SIMLIKLARNING HARAKATLARI
Reja:

  1. O‘simliklarning tinim holati.

  2. O‘simliklarning harakatlari.

  3. O‘simliklarni tinim va harakat holatlarini o‘simlik hayotidagi ahamiyati.

  4. Harakatlanish usullarining evolyutsiyasi



Tayanch iboralar: majburiy tinimlik, fiziologik tinimlik, efirizatsiya, gibrelin, tiomachevina, starifikatsiya, abssizin kislota, tropizm, geotropizm, fototropizm, musbat va manfiy foftotropizm, nastik harakatlar, seysmonastik harakatlar, nutatsiya harakatlari.


O‘SIMLIKLARNING TINIM HOLATLARI. YUksak o‘simliklarning o‘sish jarayoni ma’lum davriylik xususiyatiga ega. Eng faol o‘sish, sekin o‘sish va tinim davrlari ritmik ravishda navbatlashib turadi. Bunday ritmik davriylik yil fasllarining almashinib turishi bilan bog‘liq. Faqat doim nam va havo harorati kam o‘zgaradigan tropik yerlarda o‘simliklar butun yil davomida to‘tovsiz o‘sa oladi. Fasllar asosida iqlim sharoiti o‘zgaradigan barcha yerlarda o‘simliklar kuzdan boshlab, asosan qishda o‘sishdan to‘taydi, barglarni to‘kadi, xatto yosh novdalaridan ham ajraladi, ya’ni tinim xolatiga o‘tadi. Tinim holatida barcha hayotiy jarayonlar to‘la to‘xtamaydi, balki faol modda almashinish jarayoni juda sekinlashadi. Tinim holatiga o‘tgan daraxtlar, butalar, ko‘p yillik o‘tlar, tuganaklar, ildizpoyalar, urug‘lar va umuman tirik hujayrlarga ega bo‘lgan o‘simlik organlari va bugun o‘simlikda nafas olish to‘xtamaydi. Faqat nafas olnsh jadalligi juda past bo‘ladi. O‘simliklardagi ikki xil tinimlik yaxshi o‘rganilgan: majburiy tinimlik; fiziologik tinimlik. Majburiy tinimlikning asosiy sababchisi tashqi sharoit omillaridir. YA’ni o‘sish uchun zarur sharoitning yo‘qligi sababli o‘simlik tinimlik holatiga o‘tishga majbur bo‘ladi. Majburiy tinimlik davriyligi ayniqsa, daraxtlar, mevali daraxtlarda va ko‘p yillik o‘simliklarda har yili takrorlanib turadi. Bu o‘simliklarda tashqi o‘zgarishlardan tashqari, ichki zaxira moddalarning kimyoviy o‘zgarishlari ham yuz beradi. Kuzda va qish boshlarida daraxtlarning novdalari va kurtaklarida to‘plangan kraxmal zaxiralari asta-sekin shakarlarga aylanadi. To‘qimalarda suvning miqdori ham kamayadi. Buning natijasida ularning sovuqqa chidamliligi oshadi. Baxorga kelib, buning aksicha o‘zgarishlar bo‘ladi va faol o‘sish boshlanadi. Ko‘pchilik o‘simliklar tinimlik holatini maxsus organlari — ildiz tuganaklar, piyozboshlar, ildiz poyalar holatida o‘tkazadilar. YOzning jazirama issiqlikarin ham shu holatda o‘tkazishlari mumkin. Urug‘lar ham suvning miqdori kam bo‘lganda o‘zgarishning tinchlik holatini saqlaydi. Agar ular etarli suv bilan ta’minlansa, faol o‘sish boshlanadi.
Fiziologik tinimlik o‘simlikning ichki sabablari asosida sodir bo‘ladi. Masalan, ichki murtak va tashqi qobiqning xususiyatlari tufayli unmasligi mumkin. Bunga murtakning fiziologik va morfologik to‘la etilmagani yoki boshqalar sabab bo‘lishi mumkin. Ma’lum darajada figogormonlarning balansi (IAK, sitokininlar, gibberellinlar va ABK) orqali tinimlik boshqariladi. Tinimlik holatida ABKning miqdori ko‘p, aksincha tinimlikdan chiqqanda esa gibberellin va sitokininarning miqdori ko‘payadi. YOzgi kurtaklar ham ichki omillar ta’siri natijasida tinimlik holatida bo‘ladi.
Yangi qazib olingan kartoshka issiq joyda va nam tuproqda ham unib chiqmaydi. Bir necha oydan keyin esa uning unib chiqishi quruq havo va sovuq joyda ham to‘xtatib bo‘lmaydi. Ko‘p o‘simliklarning yangi yig‘ishtirib olingan urug‘lari ma’lum vaqt o‘tmaguncha unmaydi. Buni ularning yig‘ishtirib olingandan keyingi tinimlik davri yoki pishib etilish muddati bilan izoxlash mumkin. Bu davr o‘simliklar turlariga bog‘liq. Masalan, bug‘doy donlarida 2 xaftadan 2 oygacha, chigitda bir oy, giloslarda 150-160 kun va hokazo bo‘ladi. Tinimlik xolatining xususiyatlarini o‘rganish natijasida ularni boshqarishusullarini ish.lab chiqish va bundan samarali foydalanish mumkin. Urug‘larni ekish oldidan undirish usuli bilan tinimlik davrini qisqartirsa bo‘ladi. Efirizatsiya va issiqvannalar usuli ham yaxshi natija beradi. Masalan, siren butalari yopiq idishda bir-ikki kecha-kunduz davomida efir bug‘larida saqlansa, tinimlikdan chiqib, tez o‘sa boshlaydi va gullaydi. O‘dsimlikning yer usti qismi 30-35 mm. gacha isitilgan suvga tushirilib, 9-12 soat tutiladi. Shundan sung o‘simlik o‘sish uchun qulay sharoitga ko‘chiriladi. Endigina yig‘ishtirib olingan kartoshka tuganaklarini qayta ekish uchun ularni 30 minut mobaynida 0,00025-0,0005 foizli gibberellin va 2 tiomochevina eritmalarida ivitish etarli. Mevali daraxtlarning urug‘larini tezroq tinimlikdan chiqarish uchun starifikatsiya usulidan foydalaniladi. Bunda olma, nok, shaftoli, o‘rik kabi bog‘dorchilik daraxtlarining urug‘lari nam qumga qo‘milib sovuqroq joyda (+ 5) ga yaqin) saqlanadi. Natijada urug‘larning tinimlik davri bahorga chiqish bilan tamom bo‘ladi va ular birtekis unib chiqadi. Urug‘lar tarkibidagi tabiiy ingibitor abssizin kisloganing (ABK) miqdorini o‘zgartirish usuli bilan ham tinimlikni boshqarish mumkin: Masalan, tissa daraxtining tinimlikdagi urug‘i ABK ni yuvib chiqaradigan oziqa eritmasida ivitilsa, urug‘lar una boshlaydi. Aksincha, yuvilgan urug‘lar ABK eritmasida ivitilsa, ular yana tinimlikka o‘tadi va unmaydi. Ayrim vaqtlarda hosil sifatini yaxshi saqlash uchun tinimlikni uzaytirish ham zarur bo‘lib qoladi. Qishda saqlanadigan kartoshka erta bahordan una boshlaydi va zaxira oziqa moddalarni ko‘p sarflaydi. Buning oldini olish uchun 0,5 foiz gidrel eritmasini purkash tavsiya etiladi. Bunday kartoshkalar 5 oygacha yaxshi saqlanadi. SHunday qilib, maxsus usullardan foydalanib, urug‘lar va o‘simlik organlarining tinimlik davrini boshqarish mumkin. Bu jarayonlarning fiziologik asoslarini o‘rganish qishlok xo‘jaligida katta axamiyatga ega.

Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish