«tabiatshunoslik» O‘quv fani dasturi - sinf



Download 0,51 Mb.
bet31/33
Sana27.11.2022
Hajmi0,51 Mb.
#873408
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
3-s Tabiat dars ishlanma

Ichki a’zolar

Tashqi a’zolar

1.

1.

2.

2.

3.

3.

4.

4.

5.

5.

2. Terining vazifasi nimadan iborat?
3. Skeletimiz qanday vazifani bajaradi?
4. Muskullarimiz nima uchun kerak?
5. Uyga vazifa berish. 0‘quvchilarga darslikdagi mavzuni o‘qib chiqish, mavzudan keyin berilgan savollarga javob topish, krossvordni yechish uyga vazifa sifatida beriladi.


O’.T.I.B.D.O’:-----------------M.Axmedova
SANA:1.O4.2016-2O17
YURAK VA QON TOMIRLARI.
O‘PKA VA NAFAS OLISH
Darsning ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarga yurak, o‘pka va ularning vazifalari, tanada qonning harakati, nafas olish haqida o‘quvchilarda bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: o‘quvchilarga yurak va o'pkani chiniqtirish uchun jismoniy tarbiya va mehnat bilan shug‘ullanish, havoni muhofaza qilish zarurligini uqtirish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: yurak, o‘pka, tanada qonning harakati, nafas olish haqidagi dunyoqarashlarini shakllantirish va kengaytirish.
Darsning jihozlari: santimetrli tasma, sekundomer (soat), odamning yuragi, qon tomirlari, nafas olish a’zolari tasvirlangan rasmlar, darslik.
Darsda qo‘llaniladigan metod: suhbatlashish, amaliy ishlarni o‘tkazish.
DARSNING BORISHI
1. Tashkiliy qism. O‘quvchilar davomatini aniqlash, ularning darsga tayyorligini tekshirish, odamning yuragi, qon tomirlari, nafas olish a’zolari tasvirlangan rasmlarni osish.
2. Uy vazifasini so‘rash. Avvalgi darsda o‘tilgan «Odam tanasining tuzilishi» mavzuyi yakunida berilgan savol asosida o‘quvchilar bilan suhbatlashiladi. Quyidagi savollar bo‘yicha suhbatlashish davom ettirilishi mumkin:
1. Nima uchun odam tabiatning oliy mavjudoti hisoblanadi?
2. Odam tanasining ichida qanday a’zolar bor?
3. Teri yaxshi nafas olishi uchun nima qilish kerak?
4. Bolalarning skeleti to‘g‘ri rivojlanishi uchun nima qilish kerak?
5. Muskullar pishiq bo‘lishi uchun nima qilish kerak?
3. Yangi mavzuning bayoni. «Yurak va qon tomirlari» mavzuyi boshida berilgan quyidagi savollar bo‘yicha suhbatlashiladi:
1. Yuragingiz tanangizning qayerida joylashgan?
2. Qon tomirlari haqida nimalarni bilasiz?
«Yurak va qon tomirlari» mavzuyi bo‘yicha o‘quvchilarga qon tomirlari, unda qonning harakati, yurak va uning vazifasi haqida so‘zlab beriladi. Bunda o‘qituvchi quyidagi matndan ham foydalanishi mumkin.
Qon aylanish sistemasi. Kimki nojo‘ya harakat qilib, biror joyini kesib olsa, shu zahotiyoq jaro-hatlangan joydan qon chiqadi. Tananing jarohatlangan joyidan chiqayotgan qon havoda tez ivib quyuqlashadi. Natijada jarohat yopilib, qon oqishi to'xtab qoladi. Mabodo qon qotmaganda edi, bunday kichik jarohatda ham qon ketishi to‘xtamasdan odamni yomon oqibatga olib kelar edi.
Qon o‘z-o‘zidan qon tomirlari bo‘ylab harakatlana olmaydi. Uni yurak harakatga keltiradi. Qon yurakdan arteriyalar bo‘ylab oqadi.
Arteriyalar tanamizdagi organlarga borib ingichka qon tomirlarga — kapillarlarga bo'linib ketadi. Kapillarlar odam sochidan 15 marta ingichkaroqboTadi. Ular tanamizdagi barcha a’zolarda mavjud. Shuning uchun ham bexosdan kesib yoki igna sanchib olingan joydan qon chiqadi.
Qon arteriya tomirlari va kapillarlar orqali turli a’zolarni oziq moddalar va kislorod bilan ta’minlab turadi. Turli a’zolardan ajralib chiqqan moddalar va karbonat angidrid boshqa kapillarlar va venalar orqali yurakka qaytib boradi. Demak, qon arteriyalar orqali yurakdan, venalar orqali esa yurakka tomon oqadi.
Yurak. Tanamizda qonning beto‘xtov aylanib turishini yuragimiz ta’minlab turadi. Yurak odamning ko‘krak qafasi bo‘shlig‘ida joylashgan.
Yurak muskullari doimiy ravishda goh qisqarib, goh bo’shashib turadi. Buni, odatda, yurak yuryapti deymiz. Odam qancha umr ko‘rsa, yurak ham shuncha yil beto‘xtov ishlaydi. Yurak ishlashdan to‘xtadi, degan so‘z, odamning boshqa barcha a’zolari ham ishlashdan to‘xtadi, degan so‘zdir.
Chunki yurak ishlamasa, boshqa a’zolar oziq modda va kislorod bilan ta’minlanmay qoladi.
Odam yugurganda yurak tez uradi. Bunga sabab, harakatlanayotgan muskullarga oziq moddalar va kislorod ko‘proq kerak bo‘ladi. Mashq qildirilmagan yurak tez charchaydi. Bunday chiniqmagan yurakli odamlar kasallikka ko‘proq chalinadilar. Shuning uchun ham yurakni chiniqtirib borish kerak. Buning uchun badan-tarbiya qilish, sport bilan shug‘ullanish, jismoniy mehnatlarni ko’proq qilish, toza havoda ko‘proq nafas olish zarur.
«O‘pka va nafas olish» mavzuyini bayon qilishdan oldin o‘quvchilar bilan quyidagi savollar bo‘yicha suhbatlashiladi:
1. Havo qanday moddalardan tashkil topgan?
2. 0‘pka odam tanasining qayerida joylashgan?
Mavzu bo‘yicha qanday nafas olishimiz, o‘pka va uning vazifasi, havoni toza saqlash bo’yicha o‘quv-chilarga maTumotlar bayon qilinadi. Bunda darslikda keltirilgan matndan tashqari quyidagi matndan ham foydalaniladi:
Nafas olish a’zolari. Odamning nafas olish a’zolari quyidagilardan iborat: burun bo‘shlig‘i, burun-halqum, kekirdak, traxeya, bronxlar va o‘pka.
Nafas olganda havo avvaliga burun bo‘shlig‘iga kiradi.
Burun bo‘shlig‘i ikkiga ajralgan. Burun bo‘shli-g’ining ichki yuzasi tukchalar bilan qoplangan. Bu tukchalar nafas olganda havo bilan kiradigan chang-larni tutib qolishga xizmat qiladi.
Burun bo‘shlig‘ining ichki yuzasi shilliq parda bilan ham qoplangan. Unda ko’plab qon tomirlari mavjud.
Shuning uchun shilliq parda issiqroq bo‘ladi. Havo burun bo‘shlig‘idan o‘tayotib isiydi.
Havo burun bo‘shlig‘idan burun-halqumga, undan keyin esa kekirdakka, so‘ngra traxeyaga o‘tadi. Traxeya uzunligi taxminan 15 sm keladigan nay ko‘rinishida bodadi.
Traxeya ikkita — o‘ng va chap bronxga bodinadi. Har qaysi bronx o‘pkaga kirib boradi. Daraxt tanasi mayda shoxlarga tarmoqlangani kabi bronxlar ham o‘pkada ingichka naychalarga tarmoqlangan.
Odamda ikkita — o‘ng va chap o‘pka bodadi. 0‘pkadagi eng mayda bronxlar juda mayda pufakchalar bilan tugaydi.
Nafas olinganda havo ana shu pufakchalarga kiradi. Bronxlar juda ingichka bodib, ularning soni 300 millionga yaqin bodadi. Bronxlar va o‘pka pufakchalari birgalikda o‘pkani hosil qiladi.
Katta yoshdagi odamning o‘pkasiga har minutda 5— 6 litr kislorod kirib turadi. 0‘pka pufakchalari va kapil-larning yupqa devori orqali havodagi kislorod qonga o‘tadi. Bu qon yurakka, keyin esa butun tana bo‘ylab oqadi.
Butun tana bo‘ylab aylanib kelgan qondan o‘pka pufakchalariga karbonat angidrid kiradi. Nafas chiqarilganda bu karbonat angidrid havo bilan birgalikda burun orqali tashqariga chiqadi. Demak, o‘pkada gaz almashinuvi sodir bodadi, ya’ni qon kislorod bilan boyiydi va karbonat angidrid gazidan ozod bodadi.
Sogdom nafas olish. Yaxshi nafas olish uchun havoda kislorod madum miqdorda bodishi zarur. Agar havoda kislorod yetishmasa, odam tez-tez nafas ola boshlaydi, tomir urishi tezlashadi. Odam bo‘shashib, horgdnlik sezadi.
Atrofimizdagi havoning tarkibida azot, kislorod, karbonat angidrid va boshqa gazlar mavjudligini bilasiz. Nafas olinayotgan havoni 100% (foiz) desak, shundan 78% azot, 21% kislorod, 0,3% karbonat angidrid, qolgan 0,7% esa boshqa gazlardan iborat. Odam burnidan chiqayotgan havoda azot 79%, kislorod 16%, karbonat angidrid esa 4,5% bo‘lib qoladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, nafas olishda va chiqarishda kislorod miqdori ancha kamayar ekan, karbonat angidrid gazi esa ko‘payar ekan.
Odamlar ko‘pchilik bo‘lib xonada o‘tirganida havo tarkibida kislorod kamayib, karbonat angidrid ortib boradi. Natijada bunday joyda uzoq o‘tirish nafas olishni qiyinlashtiradi.
Shuning uchun ham tanaffus vaqtida sinfdan maktab hovlisiga chiqish va xonani shamollatish kerak. Agar havoda karbonat angidrid ko‘payib ketsa, odamning nafas olishi qiyinlashadi, uning ko‘z oldi qorong‘ilashib, boshi aylana boshlaydi.
Havoda chang va kasallik tug‘diruvchi mikroblar ham bo‘ladi.
Ular toza havo tarkibida kam bo'ladi. Har qanday bino ichidagi xonalarda hamma vaqt chang mavjud. Bu changlarning bir qismi odamlarning kiyim-boshidan, oyoq kiyimlaridan ajralib chiqsa, bir qismi derazalar orqali xonaga kiradi.
Changlar xonaning devorlariga, polga, xonadagi turli buyumlarning ustiga o‘tirib qoladi. Shuning uchun ularni tez-tez latta bilan artib turish lozim.
Yashil o‘simliklar atrofimizdagi havoni tozalaydi. Chunki o‘simliklar havodagi karbonat angidridni yutadi, havoga esa kislorodni chiqaradi.
O‘simliklar qayerda ko‘p bo‘lsa, shu joyda havo doim toza bo‘ladi.
Yashil o‘simliklar havoni chang va mikroblardan tozalashga yordam beradi.
Mavzu oxirida keltirilgan amaliy ishlar bajariladi. 0‘quvchilardan quyidagi topishmoqlar javoblarini topish so‘raladi:
1. Kichik bir maydonchada Pirpirar ikki chiroq.
Ularning qoq o‘rtasidan Kesib o‘tgan katta tog’.
(Ko‘zlar va burun)
2. Ko‘zga ko‘rinmas, qo‘lga tutilmas,
Burunga kirmay qolmas.
(Havo)
3. Buni bajarishga hech erinmaysan.
(Nafas olish)
4. Yangi mavzularni mustahkamlash. 0‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
1. Yurak qanday vazifani bajaradi?
2. Yurakni chiniqtirish uchun nima qilish kerak?
3. 0‘pka qanday vazifani bajaradi?
4. Nafas olayotgan havo nima uchun toza bo‘lishi zarur?
O‘quvchilarning javobi o‘qituvchi tomonidan to‘ldiriladi.
5. Uyga vazifa berish. 0‘quvchilarga darslikdagi mavzuni o‘qib chiqish, mavzudan keyin berilgan savollarga javob topish uyga vazifa sifatida beriladi. O’.T.I.B.D.O’:-----------------M.Axmedova

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish