«tabiatshunoslik» O‘quv fani dasturi - sinf



Download 0,51 Mb.
bet26/33
Sana27.11.2022
Hajmi0,51 Mb.
#873408
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33
Bog'liq
3-s Tabiat dars ishlanma

Foydali

Zararli







0‘quvchilarga quyidagi qo‘shimcha savollar be-riladi:
1. Zararkunanda hasharotlar qanday zarar keltiradi?
2. Mart qo‘ng‘izi qanday ko‘payadi?
3. Qaysi hasharot qanday foyda keltiradi?
O‘quvchilarning javobi o'qituvchi tomonidan to‘ldiriladi.
5. Uyga vazifa berish. 0‘quvchilarga darslikdagi mavzuni o‘qib chiqish, mavzudan keyin berilgan savollarga javob topish, krossvordni yechish uyga vazifa sifatida beriladi.
O’.T.I.B.D.O’:
SANA:25.O2.2016-2O17
QUSHLAR. PARRANDALAR
Darsning ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarda qushlar haqidagi bilim va ko‘nikmalarni kengaytirish, uy parrandalari va ularni parvarish qilish haqida tasavvurlarni hosil qilish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: o‘quvchilarda qushlarga nisbatan bo‘lgan mehrlarini oshirish, uy parrandalarini boqish, parranda tuxumlari va go‘sht-larini yetishtirishdagi kishilar mehnatini e’zozlashga o‘rgatish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o‘quvchilarda qushlar va uy parrandalari haqidagi bilimlarini kengaytirish.
Darsning jihozlari: turli xil qushlar, tovuq jo‘jalari bilan, xo‘roz, o'rdak, g‘oz va kurka, tovuq fermasida tovuqlarni parvarish qilish, inkubatorda jo'jalarni ochirish tasvirlangan rasmlar, darslik.
Darsda qo‘llaniladigan metod: savol-javob, «Aqliy hujum» interfaol metodi.
DARSNING BORISHI
1. Tashkiliy qism. 0‘quvchilar davomatini aniqlash, ularning darsga tayyorligini tekshirish, dars jihozlarini osib qo‘yish.
2. Uy vazifasini so‘rash. Avvalgi darsda o‘tilgan «Hasharotlar» mavzuyi yakunida berilgan savollarga o‘quvchilar javob beradilar. 0‘quvchilarga quyidagi qo‘shimcha savollar beriladi:
1. Hasharotlar qayerda ko‘p uchraydi?
2. Qanday zararkunanda hasharotlarni bilasiz?
3. Zararkunanda hasharotlarga qarshi qanday ku-rashiladi?
4. Yana qanday foydali hasharotlarni bilasiz?
3. Yangi mavzuning bayoni. «Qushlar. Parrandalar» mavzuyi boshida ikkita savol berilgan:
1. Kuzda o‘lkamizdan qaysi qushlar uchib ketadi? Bahorda qaysi qushlar uchib keladi?
2. Qanday parrandalarni bilasiz?
O‘quvchilardan bir nechtasi bu savollarga javob beradilar, qolganlari to‘ldiradilar.
Yangi mavzu bo‘yicha o‘quvchilarga qushlar, uy parrandalaridan tovuq, o‘rdak, g‘oz va kurka, ularni parvarish qilish haqida batafsil so‘zlab beriladi. Darslikda berilgan matndan tashqari quyida keltirilgan matndagi ma’lumotlarni ham so‘zlab berish tavsiya etiladi.
Inkubatsiya. Hozirgi vaqtda tovuqlarga tuxum bostirib jo‘ja ochirish bilan bir qatorda xonaki parranda tuxumidan sun’iy usulda jo‘ja ochiriladi. Sun’iy usulda jo‘ja ochirish «inkubatsiya» deb ataladi.
O‘zbekistondagi parrandachilik inkubator stan-siyalarida turli xil inkubatorlardan foydalaniladi. Bu inkubatorlarda bir vaqtning o‘zida 42 ming donagacha tuxum qo‘yib, jo‘ja ochirish mumkin. Inkubatorda tovuq tuxumidan normal jo‘ja chiqishi uchun xuddi ona tovuq tuxumni qanday bosib isitsa, inkubator ham shunday isitadi. Tovuq jo‘jalarni necha kunda ochib chiqsa, inkubator ham tuxumdan taxminan shuncha kunda jo‘ja ochib chiqadi. Inkubator stansiyalarida bahorda juda ko‘p minglab jo‘jalar ochiriladi. Ochirilgan jo'jalar 3— 4 kun parvarish qilinib fermer xo‘jaliklari parrandachilik fermalariga jo'natiladi. Jo'jalardan ko‘plab tovuq va xo‘rozlar yetishadi. Shu yo‘1 bilan tuxum va parranda go'shtlari ko‘paytirilmoqda.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahkamlashda «Aqliy hujum» interfaol metodi qoTla-niladi. Bunda o‘quvchilar muhokamasiga quyidagi savollar havola qilinishi tavsiya etiladi:
1. Qushlar bo’lmaganda nima boTardi?
2. Qanday hasharotxo'r qushlarni bilasiz?
3. Tovuqlar nima bilan oziqlanadi?
4. Tovuq jo‘jalarini qanday ochib chiqadi va ularni qanday boqadi?
5. Inkubatorda jo‘jalar qanday ochiriladi?
6. 0‘rdak va g‘ozning qanday farqi bor?
7. Kurkaning ko‘rinishi qanaqa?
5. Uyga vazifa berish. 0‘quvchilarga darslikdagi mavzuni o‘qib chiqish, mavzudan keyin berilgan savollarga javob topish, krossvordni yechish uyga vazifa sifatida beriladi.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish