O’.T.I.B.D.O’:-----------------X.A.Karimova
SANA:--------------------..2016-2O17
21- dars
MANZARALI O‘SIMLIKLAR
Darsning ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarga manzarali daraxt va butalar, gulzor o‘simliklari, maktab gulzori haqida madumotlar berish, manzarali o'simliklar bo‘yicha o‘quvchilarda bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: o‘quvchilarda manzarali o‘simliklarni ko‘paytirishga mehr uyg‘otish, gullarni parvarish qilishga o'rgatish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o‘quvchilarda manzarali o‘simliklarning ahamiyati haqidagi dunyoqa-rashlarini kengaytirish.
Darsning jihozlari: manzarali daraxt, buta va gulzor o‘simliklarining shoxlari, urug‘-mevalaridan namunalar, manzarali daraxt va butalar, gulzor o‘simliklari, maktab gulzori tasvirlangan rasmlar, darslik.
Darsda qo‘llaniladigan metod: suhbatlashish, amaliy ishlar o‘tkazish.
DARSNING BORISHI
1. Tashkiliy qism. 0‘quvchilar davomatini aniqlash, ularning darsga tayyorligini tekshirish, manzarali daraxt va butalarning shoxlaridan namunalarni o‘quvchilarga ko‘rinadigan joyga qo'yish, manzarali daraxt va butalar, gulzor o‘simliklari, maktab gulzori tasvirlangan rasmlarni osib qo‘yish.
2. Uy vazifasini so‘rash. Avvalgi darsda o'tilgan «Bog‘da yetishtiriladigan mevalar» mavzuyi yakunida berilgan savollar asosida o‘quvchilar bilan suhbat o‘tkaziladi. Suhbatlashish quyidagi qo‘shimcha savollar bilan davom ettirilishi mumkin:
1. Mevali daraxtlar qanday ko‘paytiriladi?
2. Mevali buta qanday ko‘paytiriladi?
3. Mevali o‘t o‘simligi qanday ko'paytiriladi?
4. Eng avval qaysi meva pishadi?
O‘quvchilar bilan suhbatlashish davomida meva-larning urug‘i va danaklari tahliliga doir uyga berilgan topshiriqlarning bajarilganligi tekshirib chiqiladi.
3. Yangi mavzuning bayoni. «Manzarali o‘simliklar» mavzuyi boshida berilgan quyidagi savollar bo'yicha o‘quvchilar bilan suhbatlashiladi:
1. Manzarali o'simliklar deb qanday o'simliklarga aytiladi? Ularga misollar keltiring.
2. Uyingizda va maktabingiz gulzorida qanday gullar o'sadi?
Yangi mavzu bo'yicha o‘quvchilarga manzarali daraxt va butalar, gulzor o‘simliklari, maktab gulzori haqida batafsil so‘zlab beriladi. Mavzuni bayon qilishda nomlari aytilgan har bir manzarali o‘simlikning ko‘rinishi qanday bodishi bo'yicha o‘quvchilar bilan suhbatlashib boriladi. Har bir o‘quvchi bayon qilinayotgan manzarali daraxt va butalar, gullarni ko‘z oldiga keltirishiga e’tibor beriladi.
Mavzu oxirida keltirilgan amaliy ishlar bajariladi. Amaliy ishlarni bajarish davomida manzarali daraxtlar, butalar va gulzor o‘simliklarning bargi xususida o‘quvchilar bilan suhbatlashib boriladi.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash. 0‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
1. Manzarali daraxtlar qayerda o‘sadi? Nima uchun ular «manzarali» deb ataladi?
2. Manzarali o‘simliklarning bizga qanday ahamiyati bor?
3. Nima uchun ularni ko‘paytirish kerak?
4. Gulzor o‘simliklaridan qaysilarini bilasiz?
5. Maktabimiz gulzorida qaysi gullar parvarish qilinadi?
O‘quvchilarning javobi o‘qituvchi tomonidan toddi-riladi.
5. Uyga vazifa berish. 0‘quvchilarga darslikdagi mavzuni o‘qib chiqish, mavzudan keyin berilgan savollarga javob topish, manzarali daraxt va butalarga hamda gulzor o‘simliklariga 5 tadan misol topish va ularni jadvalga yozish uyga vazifa sifatida beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |