«tabiatshunoslik» O‘quv fani dasturi - sinf


Ko’rildi: O’.I.B.D.O’:-----------------



Download 0,51 Mb.
bet25/33
Sana27.11.2022
Hajmi0,51 Mb.
#873408
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33
Bog'liq
3-s Tabiat dars ishlanma

Ko’rildi: O’.I.B.D.O’:-----------------


HAYVONOT OLAMI 24- dars
HASHAROTLAR
Darsning ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarga zarar-kunanda va foydali hasharotlar, mart qo‘ng‘izi haqida ma’lumotlar berish, ularda hasharotlar haqidagi bilim va ko‘nikmalarini kengaytirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: 0‘quvchilarga foydali hasharotlarga nisbatan mehr-shafqatli munosabatda bo‘lishni va zararli hasharotlarga qarshi kurashishni o‘rgatish.
Darsning ta’limiy maqsadi: o‘quvchilarni foydali va zararli hasharotlarni farqlashga o‘rgatish.
Darsning jihozlari: zararkunanda va foydali hasharotlar tasvirlangan rasmlar, darslik.
Darsda qo‘llaniladigan metod: savol-javob.
DARSNING BORISHI
1. Tashkiliy qism. O‘quvchilar davomatini aniqlash, ularning darsga tayyorligini tekshirish, zararkunanda va foydali hasharotlar tasvirlangan plakatlarni osib qo‘yish.
2. Uy vazifasini so‘rash. Avvalgi darsda o‘tilgan «Tut daraxti. Ipak qurti» mavzusi yakunida berilgan savollarga o‘quvchilar javob beradilar.
O‘quvchilarga quyidagi qo‘shimcha savollar ham berilishi mumkin:
1. Tut daraxti qanday ko‘paytiriladi?
2. Tut daraxtining mevasi qanaqa boTadi?
3. Ipak qurti qanday ko‘paytiriladi?
4. Pilla qanday terib olinadi?
Avvalgi darsda berilgan krossvordning yechimi so‘raladi.
3. Yangi mavzuning bayoni. «Hasharotlar» mavzuyi boshida keltirilgan quyidagi savollar bo‘yicha savol-javob o‘tkaziladi:
1. Qanday hasharotlarni bilasiz?
2. Zararkunanda hasharotlar deb qanday hasha-rotlarga aytiladi? Ularga misollar keltiring.
3. Qanday hasharotlar foydali hisoblanadi? Ularga misollar keltiring.
Yangi mavzu bo‘yicha qaysi zararkunanda hasharot ekin va daraxtlarga qanday zarar keltirishi batafsil bayon qilinadi. Zararkunanda hasharotlarga qarshi qanday kurashish tushuntirib beriladi.
Darslikda keltirilgan ma’lumotlardan tashqari shira va ko‘sak qurti haqida quyidagi ma’lumotlarni ham o‘quv-chilarga bayon qilib berish tavsiya etiladi.
Shira. Bahorda o‘simliklarda mayda hasharotlar — shiralarni ko‘rish mumkin. Shira o'simlikning bargi rangida bodgani uchun ko‘zga darrov tashlanmaydi. Shira juda mayda bodsa ham ko‘p zarar keltiradi. Shira juda tez ko‘payadi. Ular tez ko'paysa ham, ba’zi bir qo‘ng‘izlar ularni qirib turadi. Shiralarni xonqizi qo‘ng‘izi qiradi.
Shiralar tushgan ekin va daraxtlarga dori sepiladi.
Foydali hasharotlardan qaysilari odamlar uchun qanday foyda keltirishi haqida batafsil ma’lumotlar beriladi.
Ko‘sak qurti. Paxta dalalarida g‘o‘zalar ustida kapalaklar uchib yuradi. Bu ko‘sak qurtining kapalagi. Ko‘sak qurtining kapalagi juda ko‘p tuxum qo‘yadi, tuxumdan qurt chiqadi. Ko‘sak qurti ekinlarga, ayniqsa, g‘o‘zaning shonasi, guli va kotsagiga ko‘p zarar yetkazadi. Ko‘sak qurtiga qarshi kurash olib boriladi. Bu qurtlarni yo‘qotish uchun g‘o‘zalarga dorilar sepiladi. Zararli hasharotlarga qarshi kurashishda o‘quvchilar ham yordam beradilar. Ular ko‘sak qurti bor joylarni aniqlab, kattalarga ko‘rsatadilar.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash. Zararkunanda va foydali hasharotlarni ikki guruhga bo‘lib, quyidagi jadvalga yozish topshiriladi:


Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish