Tezis 7 sinflar uchun
Dars
|
Mavzu va uyga vazifalar
|
Muddati
|
1-2 dars
|
Jismoniy tarbiya fanidan o’quvchilarga online tarzida ertalabki badan tarbiya mashqlari va yengil atletika darslari haqida qisqacha ma’lumot berib borildi hamda sog’lom turmush tarziga rioya qilish kerakligi, shaxsiy va jamoa gigienasi haqida ma’lumot berildi.
Nazariy: Yugurish turlari bo'yidia qisqacha nazariy ma'lumot berib borildi.
Yugurish, qisqa masofaga, o’rta masofaga, uzoq masofaga, o’ta uzoq masofaga yugurish, marafon yugurish, mokisimon yugurish, kross yugurish, to’siqlar osha yugurish hamda estafetali yugurish turlariga bo’linadi. Startda turishni ikki hil usuli bor.
Darsning asosiy qismi : Yengil atletika. Yugurib kelib balandlikga sakrashda depsinish texnikasi nazariy tushuntirib berildi. O’quvchilarni bir martadan bir momandan sakratib, kimga qulay, kimga qulay emasligini bilib olaman chunkiy, hamma ham bir tomondan kelib sakray olmaydi sakrasa ham natija yahshi bermaydi, noqulay bo’lib hatto eqilib ham tushishi mumkin yoki umuman sakray olmaydi, shuning uchun o’ng yoki chap oyoqda sakrashi kerakligini bilib olish kerak. Planka yonidan 8-10 metrdan sekinroq yugurib kelib, plankaga 2-3 metr qolganda tezlikni oshirib, qaysi tomondan kelgan bo’lsa o’sha oyog’ini tizzalarini bukmasdan, keyingi oyoq esa baland depsintirishi kerak, shunda plankaga tegish kamayadi. Depsinishda gavda sal egiladi, qo’llar pastdan yuqoriga gavda bilan ko’tariladi shunda balandroq sakrashga erishiladi. Metrda plankani 5 sm dan ko’tarib boraman. Har bir o’quvchiga har bir balandlikga 3 martadan imkoniyat beraman.
Uyga topshiriq: Maxsus sakrash mashqlarini uyda qanday bajarish kerakligi tushuntirildi.
|
|
3-dars
|
Jismoniy tarbiya fanidan o’quvchilarga online tarzida ertalabki badan tarbiya mashqlari va yengil atletika darslarini qisqacha ma’lumoti berib borildi.
Nazariy: Yengil atletika turlari bo’yicha qisqacha nazariy ma'lumot berib borildi.
Yengil atletika 5 ga bo’linadi. Yengil atletika o’z ichiga yurish, yugurish, sakrash, uloqtirish va ko’p kurash turlarini oladi.
1.Yurish, oddiy va sportcha yurish.
2.Yugurish, qisqa masofaga, o’rta masofaga, uzoq masofaga, o’ta uzoq masofaga yugurish, mokisimon yugurish, marafon yugurish, kross yugurish, to’siqlar osha yugurishlar kiradi. Startda turishni ikki hil usuli bor.
3.Sakrash, sakrashni ikki hil usuli bor balandlikga va uzunlikga sakrash. Sakrashda har bir ishtirokchiga uch marta imkoniyat beriladi.
4.Uloqtirishga disk, nayza, yadro, granata, bosqon uloqtirishlar kiradi.
Maktabda asosan 150 gr tennis to’plari uloqtiriladi.
5.Ko’p kurash turlariga bo’linadi.
Darsning asosiy qismi : Testlar berib nazorat qilib borildi.
Uyga topshiriq: Joidan uzunlikga sakrash.
|
|
4-dars
|
Jismoniy tarbiya fanidan o’quvchilarga online tarzida ertalabki badan tarbiya mashqlari va yengil atletika darslarini qisqacha ma’lumoti berib borildi.
Nazariy: Sakrash turlari bo'yicha ma'lumot berildi.
Sakrash usullari. Sakrashga o'rganishdagi ketma-ketlikning asosiy vazifasi o'qish davomida egallagan sakrashga oid malaka va ko'nikmalarini takomillashtirish, ularda yuqori natijalarga erishish imkonini beradigan eng yaxshi texnik usullarni o'zlashtirishdan iboratdir. Asosan sakrashning ikki hil usuli bor balandlikka va uzunlikka sakrash.
1.Yugurib kelib balandlikka sakrash. A) Balandlikka sakrash. B) Langar cho’pda sakrash.
2.Yugurib kelib uzunlikka sakrash. A) Uzunlikka sakrash. B) Uch xatlab sakrash.
Darsning asosiy qismi : Yengil atletika. 1500 - 2000 metrga yugurish
texnikasi nazariy tushuntirib berildi. Yugurishga start olganda qulay holatni tanlab olish, birinchi 30-50 metrga yuqori tezlik bilan yugurish, so’ngra yugurishni sekinlashtirish va yugurish paytida kuchni butun masofa davomida to’g’ri taqsimlash kerak.
Yugurishda to’xtab qolmay, nafas olish, zo’riqmay, erkin yugurish kerak.
Tezlik sizga og’irlik qilarkan, siz tezlikni pasaytirishingiz zarur. Aksincha, agar tezlik sizga ma’qul bo’lsa, shoshiling ( oxirgi 100 metrda yugurish tezligini asta-sekin oshirib boring.)
Yugurib kelgach, tezda o’zingizga kelsangiz, demak, yugurish usullarini to’g’ri tanlagansiz.
Bu yaxshi natija ko’rsatishning asosiy sabablaridandir.
Uyga topshiriq: 8-10 minut yugurish.
|
|
5-6 dars
|
Jismoniy tarbiya fanidan o’quvchilarga online tarzida ertalabki badan tarbiya mashqlari va yengil atletika darslarini qisqacha ma’lumoti berib borildi.
Nazariy: Tennis to’pini uloqtirish texnikasi haqida ma’lumot berildi.
Belgilangan joydan yugurib kelib, chiziqni bosmasdan to’pni 45,0 burchak ostida uloqtiriladi. Uloqtirishda qo’l bo’g’imlari (kisi) yahshi ishlashi kerak shunda koptok yanada uzoqga ketadi. Hafsizlik qoidalariga rioya qilish kerak.
Darsning asosiy qismi : Tennis to’pini uloqtirish nazariy tushuntirib berildi.
Bu mashqni bajarganda 8-10 oddiy qadam (3-5 ta yugurish qadami) o’lchanadi. Kichik koptokni bosh orqasidan yelkadan oshirib uloqtirish uchun uloqtiriladigan tomonga qarab turiladi, chap oyoq oldinga (o’ng qo’l bilan uloqtirganda), oyoq kaftiga tayaniladi, koptok ushlagan o’ng qo’l eng maksimal nuqtagacha olib kelish, chap qo’l ixtiyoriy bo’ladi.
Shu holatda o’ng oyoq kaftiga og’irlikni tashlab turiladi (oyoq uchi o’ngga buriladi) va tizzadan bukiladi, o’ng qo’l pastga-orqaga- yon tomonga uzatiladi, gavda buriladi va o’ngga egiladi, chap qo’l balandga ko’tariladi (taranglashtirilmaydi).
Shunga mos ravishda o’ng oyoq uchi va tizzasi chapga buriladi. Ikkila oyoq rostlanadi va o’ng oyoq orqaga tiraladi. Shu bilan bir vaqtda o’ng qo’l tezda yelka ustidan oldinga-yuqoriga harakatlanadi. Koptok 450 burchak ostida uloqtiriladi. Uloqtirishdan so’ng gavda o’z og’irlik kuchi tasirida oldinga egiladi, o’ng oyoqqa tomon sapchish ro’y beradi.
Uloqtirganda belgilangan chiziqni bosmaslik zarur.
Har bir o’quvchiga uch martadan imkoniyat beriladi.
Uyga topshiriq: Tennis to’pini nishonga uloqtirish mashqlarini uyda qanday bajarish kerakligi tushuntirildi.
|
|
7-dars
|
Jismoniy tarbiya fanidan o’quvchilarga online tarzida ertalabki badan tarbiya mashqlari va yengil atletika darslarini qisqacha ma’lumoti berib borildi.
Nazariy: Uloqtirish va irgitish turlari haqida qisqacha ma’lumot berildi..
Yengil atletikada nayza, disk, bosqon, yadro, granata uloqtirishlar mavjud.
Maktabda asosan 150 gr tennis to’pini uloqtiriladi.
Darsning asosiy qismi : Estafetali yugurishda tayoqchani sherigiga uzatish texnikasi haqida nazariy tushuntirib berildi. Estafeta tayoqchasi uzunligi 28-30 sm, diametri 120 mm va og’irligi 50 gr tashkil qiladi. Estafetali yugurish masofalari 4x100, 4x200, 4x400, 4x800 metrlar kiradi. 4x100 metrga estafetali yugurishda har bir jamoada 4 kishidan ishtirokchi bo’ladi, ularni har biri yuz metr masofani bosib o’tadi. Masofani tez bosib o’tish muhum hisoblanadi. Birinchi ishtirokchi startdan chiqadi masofani tez bosib o’tadi. Ikkinchi ishtirokchi, birinchi ishtirokchi malum joyga kelganda yugurishni sekin boshlab, birinchi ishtirokchini tezligini kamaytirmasdan, shunga qarab tezlikni oshirib boradi. Tayoqchani uzatish va qabul qilish masofasi belgilab qo’yilgan bo’lib shu masofa ichida tayoqchani uzatish va qabul qilish kerak. Estafetali yugurishda tayoqchani sherigiga uzatish texnikasida birinchi ishtirokchi masofa bo’ylab tez yugurib malum joyga kelganda o’ng qo’lidagi tayoqchani oldinga uzatadi, ikkinchi ishtirokchi esa belgilangan joydan o’tib ketmasdan o’zidan oldin yugurgan jamoadoshini tezligini kamaytirmasdan chap qo’lini orqaga cho’zib tayoqchani qabul qiladi, jamoani keyingi ishtirokchilari uchunchi va to’rtinchilari ham shunaqa harakat qilishlari kerak. Agar yugurish jarayonida tayoqcha tushib ketsa tayoqchani tushurib yuborgan ishtirokchi o’zi uni olib yugurishi mumkin.
Uyga topshiriq: Tayoqchani uzatish mashqini uyda qanday bajarish kerakligi tushuntirildi.
|
|
8-dars
|
Jismoniy tarbiya fanidan o’quvchilarga online tarzida ertalabki badan tarbiya mashqlari va yengil atletika darslarini qisqacha ma’lumoti berib borildi.
Nazariy: Tezkorlik jismoniy sifatlarni o'stirish haqida ma’lumot berildi.
Darsning asosiy qismi : Yengil atletika. Past startdan chiqish texnikasi haqida qisqacha ma’lumot berildi.
30-60-100-200-400 metrlar qisqa masosofalarga kiradi bu masofalarga past startdan chiqiladi. Past start quyidagi ketma-ketlikda bajariladi.
«Startga turing!» buyrug`i bo’yicha chap (o’ng) oyoqni ko’proq bukib, start chizig`idan 20-30 sm orqaroqqa, o’ng (chap) oyoq uchi oldinda turgan chap (o’ng) oyoqdan 20-25 sm orqaroqqa qo’yiladi. qo’llar start chizig`iga yelka kengligidan biroz kengroq, bosh barmoq ichki tomonga, qolgan barmoqlar tashqariga qaratilgan bo’ladi.
«Diqqat» buyrug`i bo’yicha oyoqlar sal to’g`irlanib, keyingi oyoq tizzasi yerdan uziladi, gavdani salgina old-yuqorida ko’tarib, gavdaning og`irligi ikkala qo’l bilan oldingi oyoqqa tushiriladi.
«Yugurish» buyrug`i bo’yicha yugurish boshlanadi.
Startdan chiqqandan so’ng tezlikni oshirib borish,masofada katta tezlikda
( bor kuchini shu masofada sarf etish kerak) yugurib o’tishni tushuntiriladi.
O’quvchilarni maydonda sig`imiga qarab 1 yoki 2 qator sarflab startdan chiqish o’rgatiladi, so’ngra startdan chiqib 3-5 qadam yugurishda gavda xolatini to’g`rilash tezlikni oshirish bosh qismini salgina oldinda engashtirib yugurishni o’rgatiladi.
Masofada yugurishda yuguruvchi katta kuch sarf etadi, shuning uchun qo’lni xarakati tez bo’lishi kerakligi chunki xavo zichligini yorib o’tish osonroq bo’ladi deb tushuntiriladi.
Marra yo’lakchasiga kirib kelishini xar bir qadami, gavda xarakati qo’l xarakati, marra chiqishini kesib o’tishda ko’krakni oldinga chiqarish, tezlikni pasaytirmagan holda kesib o’tishni,chiziqdan o’tgandan so’ng 5-8 m masofani yugurib o’tish keyin sekinlash lozimligi o’rgatiladi.
Uyga topshiriq: 10 - 15 metrga tez yugurish.
|
|
9-dars
|
Jismoniy tarbiya fanidan o’quvchilarga online tarzida ertalabki badan tarbiya mashqlari va yengil atletika darslarini qisqacha ma’lumoti berib borildi.
Nazariy: Kun tartibi va o’quvchining xarakat rejimi.
6:30 Ertalabki badantarbiya
6:45 Ertalabki yuvinish
7:05 Nonushta
8:00-13:05 Maktab darslari
13: 20 Tushki
16:00-18:00 Uyga vazifa tayyorlash, ish joyini yig’ishtirish
18:30 Kechki dam olish vaqti
19:00 Kechki ovqat va erkin mashg’ulot
20:30 Kechki uyquga tayorgarlik
21:00 Uyqu
Darsning asosiy qismi : Testlar berib nazorat qilib borildi.
Uyga topshiriq: Joidan uzunlikga sakrash.
|
|
10-dars
|
Jismoniy tarbiya fanidan o’quvchilarga online tarzida ertalabki badan tarbiya mashqlari va voleybol darslarini qisqacha ma’lumoti berib borildi.
Nazariy: Voleybolda shikastlanishni oldini olish bo’yicha qisqacha nazariy ma'lumot berib borildi.
O’quvchilarga qo’l tirnoqlarini olib yurish, turli hil taqinchoq, soat, uzuklarni taqib kirmaslik, poyabzal iplarini echilmasligiga e’tibor berib turishlarini, o’yinda o’ziga belgilangan maydondagi to’pni olishini, mashg’ulot paytida o’yin qoidasiga rioya qilib o’ynashini tushuntirib o’taman.
Darsning asosiy qismi : Voleybol. To’pni ikki qo’llab pastdan qabul qilish va kerakli nuqtaga uzatish texnikasi haqida qisqacha ma’lumot berildi.
Pastdan ikki qo’llab qabul qilishda qo’llarni oldinga cho’ziladi.
Bitta qo’l musht ikkinchi qo’l mushtni ustidan ushlaydi,tirsaklar bir-biriga yaqin joylashgan holda tarang qilib cho’ziladi, to’pni qo’lning tirsakdan pastroq qismi bilan qabul qilinadi va kerakli nuqtaga uzatiladi.
Uyga topshiriq: To’pni aniq nishonga uloqtirish.
|
|
11-12 dars
|
Jismoniy tarbiya fanidan o’quvchilarga online tarzida ertalabki badan tarbiya mashqlari va futbol darslarini qisqacha ma’lumoti berib borildi.
Nazariy: Respublikamizda futbolni rivojlanishi haqida ma’lumot berildi.
Futbol o’yini Angliyada 1863 – yildan boshlab o’ynaldi. O’zbekistonda birinchi futbol komandasi 1912-yilda qo’qon shahrida tuzuldi va o’ynala boshlandi.
Futbol o’yini maydoni uzunligi 90 metrdan 120 metrgacha.
Lekin ko’pchilik holatlarda stadionlar 105x 70 o’lchamni tashkil etadi.
Futbol to’pini aylanasi 68-71 sm, og’irligi 362-453 gramni tashkil etadi.
Futbol darvozasini uzunligi 7 metr 32 sm, balandligi 2 metr 44 sm ni to’sin yo’g’onligi 10-12 sm ni tashkil etadi. O’zbekistonda zamonaviy futbol o’tgan asrning boshlarida paydo bo’lgan.
Uning rivojlanish joylari Qo’qon, Farg’ona, Toshket, Andijon va Samarqandda edi. Toshketlik futbol ishqibozlari orasida eng mashxur jamoa bu Tols Tashkentskoy obshetvo lyubiteley sporta TSIJ Toshkent sport ishqibozlari jamiyati edi.
Darsning asosiy qismi : Futbol. Darvozabon o'yini. O'yin texnika va taktika usullari nazariy tushuntirib berildi.
Uyga topshiriq: To'p bilan ishlash.
|
|
13-14 dars
|
Jismoniy tarbiya fanidan o’quvchilarga online tarzida ertalabki badan tarbiya mashqlari va futbol darslarini qisqacha ma’lumoti berib borildi.
Nazariy: Futbol o’yini haqida qisqacha ma’lumot berildi.
Futbol — xalq sevgan o'yin. Garchi uning vatani Angliya hisoblansada, o'yinning osonligi, qonun-qoidalari oddiy tuzilgani, muhimi har bir kishi bemalol shug'ullana olishi mumkinligi uchun ham futbol butun dunyoda mashhur bo'lib ketgan, har bir xalq uni o'ziniki deb hisoblaydi. Shu sababli futbol xalq o'yini, millionlar o'yini, deyiladi.
Futbolda eng asosiysi — raqib darvozasiga to'p kiritish va o'z darvozasini raqib hujumidan himoya qilish. Buning uchun futbolchi oyoqda to'pni maydon bo'ylab turli tezlik bilan olib yurishni va to'pni aniq tepishni bilishi kerak.
Bolalar! O'sha qadim zamonlardan rivojlanib kelayotgan bu o'yinning muhim tomoni — uning jamoa bo'lib o'ynalishidir.
Futbolda har bir o'yinchining yutug'i uning sherigiga ham bog'liq. Haqiqiy jamoa o'yini bo'lgan futbolda har bir o'yinchining shaxsiy fazilatlari namoyon bo'ladi. Har bir yaxshi o'yinchi jamoani kuchaytiradi.
Futbol — maxsus maydonda to'p bilan o'ynaladi. Har bir jamoada o'n bittadan o'yinchi bo'lib, ular alohida hujumchilar, yarim himoyachilar, himoyachilar va darvozabonga bo'linadi.
Hujumchilar raqib darvozasiga hujum uyushtiradilar. Ularning vazifasi to'pni ustalik bilan olib borish va darvozaga aniq tepish.
Darsning asosiy qismi : Futbol. To'p bilan darvozaga zarba berish texnikasi haqida qisqacha ma’lumot berildi. To'pni yon chiziqdan o'yinga kiritish. To'pni olib yurish va to'htatish texnikasini tushuntirib berildi.
a) To’pni oyoq yuzasining ichki tomoni bilan aylantirib tepish.
b) To’pni oyoq yuzasining tashqi tomoni bilan aylantirib tepish.
Mashg'ulotlarda o'tilgan darslarni mustahkamlashingiz uchun kichikroq o'lchamdagi maydonlarda kamroq sheriklar bilan o'quv o'yinlari ham o'tkazing.
Uyga topshiriq: Ertalab badan tarbiya mashqlarini uyda qanday bajarish kerakligi tushuntirildi.
|
|
15-16 dars
|
Jismoniy tarbiya fanidan o’quvchilarga online tarzida ertalabki badan tarbiya mashqlari va futbol darslarini qisqacha ma’lumoti berib borildi.
Nazariy: Chidamlilik jismoniy sifatlarni rivojlantirish haqida ma’lumot berildi.
Chidamlilik organizmning u yoki bu harakat faolyatidan toliqishga bardosh bera olish faolyatidir.
Umumiy va mahsus chidamlilik farqlanadi.
Umumiy chidamlilik uzoq vatq davomida (masalan, davomli yugurish, yugurish, suzush, kross yugurish) o’rtacha suratda tinimsiz harakat faolyatiga bardosh berish qobilyatidir.
Mahsus chidamlilik esa muayyan faolyatdagi chidamlilikdir.
Sportda, masalan, tezkorlik va chidamlilik birikib keladigan (qisqa masofaga yugurishda) tezkor chidamlilik, kuch va chidamlilik birikuvda keladigan (qo’l bilan tortilish, shtanga ko’tarish) kuch chidamliligi bo’lishi mumkin.
Uzoq vaqt davomida bajarishni talab qiluvchi jismoniy mashqlar (yurish, yugurish, kross yugurish, eshkak eshish, suzish) chidamlilikni o’stirish uchun hizmat qiladi.
Butun hayot davomida chidamlilikni tarbiyalab borish kerak.
Chidamlilikni rivojlantirish uchun ko’proq yugurish, jismoniy mehnat va sport bilan shug’ullanish katta ahamiyatga ega va asosiy hisoblanadi.
Darsning asosiy qismi : Futbol.To’psiz harakat qilish texnikasini tushuntirib berildi.
a) To’psiz to’siqlar orasidan yugurish.
b) To’psiz har xil tezlikda yugurish.
Uyga topshiriq: O'yin qoidalari o’rganish.
|
|
Tekshirdi:
Do'stlaringiz bilan baham: |