Ma’ruza-5
Nafas organlarining yosh xususiyatlari va gigienasi. Energiya almashinuvi
Reja
1.Nafas azolari va ularning yoshga oid xususiyatlari
2.O’pkaning tiriklik sig’imi
1.Nafas azolari va ularning yoshga oid xususiyatlari
Odam nafas olganda tashqi muhitdan havo o’pka hujayralariga undan qonga, o’tib qon orqali barcha hujayralarga yetkazib beriladi. Kislorod yordamida ovqat moddalari oksidlanadi. Natijada, yuqori molekulyar organik moddalardan ma’lum miqdorda energiya ajralib chiqadi. Agarda organizm hujayralariga kislorod yetishmasa hujayralar o’tadi. Modda almashinuvi natijasida hosil bo’lgan karbonat angidrid gazi va suv parlari o’pka orqali tashqariga chiqarib yuboriladi.
Nafas organlarining tuzilishi. Nafas organlariga: burun tomoq, hiqildoq, kekirdak, bronxlar, bronxiollar va o’pka kiradi.
Burun bo‘shlig‘i. Burun bo’lig’i suyak tog’aylaridan tuzilgan boiib, peshona suyagining ichki yuzasi silliq qavat bilan qoplangan. Uning pastki, yuqorigi va ikki yon devori bor. Burun bo4shlig’i to’siq yordamida ikkiga boiinadi. Burunning shiliq qavati qon tomirlar, ko’p qavatli tukli epiteliy bilan qoplangan. Bu qavatda shilimshiq ishlab chiqaruvchi bezlar bo‘ladi. Burunning shilliq qavati chang zarrachalarini tutib qoladi, havoni biroz ilitib, namlab, o'pkaga o4kazadi.
Hiqildoq. Hiqildoq halqumning oldi, bo4yining oldingi qismida, til osti suyagining ostida joylashgan, hiqildoq, asosan, qalqonsimon, uzunsimon, cho'michsimon, hiqildoq ustligi, shoxsimon va ponasimon tog‘aylardan tuzilgan. Hiqildoq ichki yuzasidagi shilliq parda tukli epiteliy bilan qoplangan bo‘lib, unda bezlar ко‘p. Hiqildoqda tovush apparati joylashgan.
Traxeya va bronxlar. Traxeya yarim halqa shaklida 16-20 ta elastic tog‘aylardan tuzilgan b o ‘lib, bu tog‘aylar halqasimon boylamlar yordamida bir-biriga birikkan. Katta odamda traxeyaning uzunligi 13 sm. Traxeyaning silliq pardasi hiqildoqnikiga o ‘xshydi, lekin burmalar bo‘lmaydi. Tarxeya o‘ng va chap bronxlarga bo‘linadi. Bronxlar yana bir necha marta tarmoqlanadi bronxlar daraxtini hosil qiladi. Bronxlar o‘pkaga kirib, uning ichida davom etadi va ikkilamchi, uchlamchi va bronxlar hosil qilib tarmoqlanadi. So‘ng bronxlar kengayib, alveola bilan tugaydi.
0‘pkalar. 0‘ng va chap o‘pka ko‘krak qafasining beshdan to‘rt qismini egallab turadi. Har bir o ‘pka alohida seroz parda ichida joylashgan bo‘lib, u plevra xaltasi pardasi deb ataladi. Har qaysi o‘pkani chuqur egatlar bo‘laklarga bo‘ladi. 0 ‘ng o‘pka uch bo‘lakka, chap o‘pka ikki bo‘lakka bo‘linadi. 0‘pkaga kirgan bronxlar tarmoqlanib, diametric 1 mm li bronxiolalar hosil qiladi. Bular tarmoqlanib oxirgi bronxiollarni hosil qiladi. Oxirgi bronxiollarning uchi pufakchalar-alveolalar bilan tugaydi. Alveoliar 400-500 millionta bo‘lib, ularning umumiy sathi 60- 120 m2 gacha у etadi. Alveollar juda ko‘p kapilyar qon tomirlari bilan o‘ralgan. Ular orqali qon va havo orasidagi gazlar almashinuvi sodir bo‘ladi. Har bir o ‘pkaning vazni 500-600 g keladi. 0 ‘pkalar ustki tomondan serroz parda plevra bilan o‘ralgan bo‘ladi. Bu parda ikki qavatdan iborat boiib, ichki visseral tashqisi pariyental qavat deyiladi. Ichki parda o‘pkaga yopishgan bo‘lib, tashqi parda ko‘krak qafasi devoriga yopishgan bo‘lib, pardalar orasida 1-2 ml suyuqlik bo’ladi.
2.O’pkaning tiriklik sig’imi
Nafas olish va nafas chiqarish harakatlari natijasida o'pkalarga, ya’ni ularning alveolalariga uzluksiz ravishda tashqi muhitdan havo kirib va chiqib turadi. Odam tinch holda nafas olganda, uning o'pkalariga o ‘rtacha 500 ml havo kiradi va nafas chiqarganida 500 ml havo chiqariladi. Bu nafas havosi deb ataladi. Odam chuqur nafas olganida yuqoridagi 500 ml havodan tashqari, o‘pkalarga yana 1500 ml havo kiradi. Chuqur nafas chiqarganda, xuddi shuncha (1500 ml) havo chiqariladi. Bu qo'shimcha havo deb ataladi. Agar odam chuqur nafas chiqarib, so'ngra chuqur nafas olsa, nafas havosi va qo‘shimcha havodan tashqari o'pkaga yana 1500 ml havo kiradi. Bu rezerv havo deb ataladi. Shunday qilib, nafas havosi (500 ml), qo'shimcha havo (1500 ml) va rezerv havo (1500 ml)lar yigindisi o'pkaning tiriklik sigimi deb ataladi. Bu erkaklarda o'rtacha 3500 ml, ayollarda 3000 ml boiadL Jismoniy mehnat, jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanuvchi, chiniqqan odamlarda o‘pkaning tiriklik sigimi ortib, 4500 ml ga yetadi. Aksincha, jismonan ojiz, jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanmaydigan odamlarda o‘pkaning tiriklik sigimi yuqorida ko‘rsatilgan normadan (3500 mm dan) kam bo’lishi mumkin. 0’pkalar tiriklik sig’imini kam yoki ko’p bo’lishiga qarab, odamning jismonan chiniqqanligi yoki chiniqmaganligiga baho berish mumkin
Sinov savollari.
1. Kislorodning to‘qimaga etkazilishi nechta bosqichda bo‘ladi? Karbonat angridni chiqarib tashlanishichi?
2. O‘pkaning tiriklik sig‘imi qanday xisoblanadi? qoldiq xavo o‘pkada necha mm2 ni tashkil qiladi? o‘pkaning umumiy sig‘imi necha ml ga teng va u qanday xisoblanadi?
3. Ochiq joydagi atmosfera xavosida, nafasdan chiqqan havoda va alveolyar havodagi gazlar (kislorod, karbonat angrid, azot) tarkibida qanday o‘zgarishlar kuzatiladi?
4. Qon karbonat angidridni qanday shaklda tashiydi? Tashilishning har bir shakliga tavsif bering?
Do'stlaringiz bilan baham: |