Tabiatni seving va asrang



Download 139 Kb.
bet1/5
Sana17.07.2022
Hajmi139 Kb.
#813710
  1   2   3   4   5
Bog'liq
charos kursishi (1)


O‘QISH DARSLARIDA “TABIATNI SEVING VA ASRANG” MAVZUSINI O‘RGANISH (3-SINF)

Mundarija

Kirish
I. Asosiy qism
1. O‘qish darslarida “tabiatni seving va asrang” mazvusuni o‘rganish.
2. Ushbu mavzuni maktab yoshidagi o‘quvchilar dunyoqarashiga ta’siri.
3. O‘qish darslarida “tabiatni seving va asrang” mavzuini o‘rgatish metodikasi.
II. Xulosa
III. Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Kuzatishlarga qaraganda har bir soatda sayyoramizdagi hayvonot va o‘simlik turi bittaga kamayib borayotgan ekan. Shu sababli jahon hamjamiyati bu kabi muammolarning oldini olish uchun har yili 22 mayni Xalqaro bioxilma-xillik kuni sifatida nishonlanmoqda.
Darhaqiqat, bugun ona sayyoramizda tabiatni asl holida saqlash global muammoga aylanib bormoqda. Bu masalani hal etishga qaratilgan milliy qonunchiligimizda ham o‘z ifodasini topgan.
Mustaqillik yillarida tabiatning betakrorligini saqlab qolish, o‘rmonlar maydonini kengaytirish hamda noyob o‘simlik va hayvonot turlarini saqlash, tabiatga yetkazilayotgan salbiy ta’sirni kamaytirishga katta e’tibor berilib kelinmoqda. Shu sababli, mamlakatimizda 1995 yil bioxilma-xillikni saqlash to‘g‘risidagi Xalqaro konvensiya ratifikatsiya qilingan. Shuningdek, biologik resurslarni muhofaza qilishning o‘ziga xos huquqiy asoslari yaratildi. Bundan tashqari, bioxilma-xillikni saqlash milliy strategiyasi va harakat rejasi ishlab chiqilib, doimiy amalga oshirib kelinmoqda. Shu kabi sa’y-harakatlar natijasida, kamyob mavjudotlar va o‘simliklar turlarini saqlab qolinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga qarashli “Jayron” ekomarkazida jayron, qulon, Prjevalskiy otlarini tabiiy ko‘paytirishga erishildi. Shuningdek, mazkur markazda 28 o‘simlik oilasiga mansub ikki yuzdan ziyod turi ko‘payib yashab kelmoqda.
Markazda hayvonot dunyosi bilan bog‘liq ilmiy izlanishlar izchil olib borilmoqda. Va hayvon va o‘simliklarning biologik, fiziologik va ekologik xususiyatlari o‘rganilib, qo‘llanma va dasturlar yaratilmoqda. Quvonarli tomoni shundaki, tabiiy sharoitda ko‘paytirilayotgan Gazella jayronini o‘rganishga oid ilmiy tadqiqot dunyo amaliyotida yagona hisoblanadi. Shu sababli ham, bu borada Fransiyaning tabiatni o‘rganish milliy markazi, Rossiyaning tabiatni o‘rganish ilmiy-tadqiqot institute va Xalqaro yovvoyi tabiatni asrash fondi va xorijdagi boshqa yetakchi ilm-fan markazlari olimlarimiz bilan hamkorlikda ishlab olib borilmoqda.
Mamlakatimizning boshqa bir qator hududlarida ham shu yo‘nalishdagi ilmiy-amaliy loyihalar hayotga tatbiq etib kelinayapti. Hisor davlat qo‘riqxonasida yo‘qolib borayotgan o‘simlik va sut emizuvchilarni o‘rganish va saqlab qolishga yo‘naltirilgan dastur amalga oshirilmoqda. Peshku tumanida “Qizil kitob”ga kiritilgan yo‘rg‘a tuvaloqni ko‘paytirishga ixtisoslashgan ikkita parvarishxona faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Ma’lumki, daraxt ekish va bog‘ yaratish xalqimizning o‘lmas qadriyati sifatida shakllangan. E’tibor bering, mamlakatimiz bo‘yicha yoshi yuzdan oshgan qancha daraxt bor?! Bu ko‘pchilik uchun qiziqarli. Hozirgacha shunday ulug‘vor yoshdagi to‘qqiz yuz tup daraxt mahalliy hokimliklar tomonidan ro‘yxatga olindi hamda ularga “tabiat yodgorligi” maqomi berildi.
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida noyob baliq turlarini muhofaza qilish maqsadida muntazam monitoring olib borilmoqda. U yerdagi baliqlar turini saqlab qolish bilan bog‘liq muammolar bartaraf etilmoqda.
Global ekologik jamg‘arma granti asosida amalga oshirilgan “Farbiy Tyan-Shan tog‘lari bioxilma-xilligini saqlash bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlararo loyihasi” bu borada amalga oshirilgan ulkan ishlardan biri bo‘ldi, desak, sira adashmasam bo‘lamiz. Loyiha doirasida to‘rt yil davomida ish olib borildi va atrof-muhitga ko‘rsatilayotgan salbiy ta’sir ancha kamaytirildi. O‘zbekiston Fanlar akademiyasining ilmiy muassasalari, Qishloq va suv Xo‘jaligi vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va bir qator xalqaro tashkilotlar hamkorligida amalga oshirilgan mazkur loyiha nafaqat biologik xilma-xillikni asrash, balki O‘simliklarning genetik xususiyatlarini saqlashga ixtisoslashgani bilan ham juda ahamiyatli ega bo‘di.
Keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilgan turli loyihalar natijasida inson ko‘magiga muhtoj bo‘lib turgan hayvon va o‘simlik turlari aniqlanib, ro‘yxatga olindi. Endi ana shu ro‘yxat asosida O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi” ning yangi nashri yaratiladi. Mamlakatimiz hayvonot olamining yangi kadastrini yaratish ishlari davom ettirilmoqda. Farg‘ona, Navoiy viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida bu boradagi ishlar o‘xiriga yetkazildi.
Xalqimiz qadimdan tabiatga alohida mehr ko‘rsatib keladi. Keyingi yillarda bu boradagi ishlarga davlat bo‘ylab e’tibor qaratilayotgani esa masalani tez hamda a’lo darajada hal etishda asosiy omil bo‘lib kelayotgani hech kimga yashirin emas. Tabiat - inson haytining azaliy asosidir. Shuningdek, tabiatni asrash, uning yanada chiroy ochayotgan bag‘rida yayrab yashash zavqiga nima yetsin?!
Inson doimo tabiat bilan hamnafas yashab kelgan. Tabiatdan bahra olib ulg‘alayotgan avlod borliqni anglashga urinadi. O‘ylab ko‘rsak, biz uchun kerak bo‘lgan buyumlar, jihozlar, kiyimlar ham aslida ona tabiatimizning bebaho nematidir. Ona yurtimizning yanada go‘zal ochishi uchun obodonlashtirish ishlariga katta e’tibor qaratilmoqda. Asosiy maqsad - serhosil, boy tuprog‘imizni yanada gullatib, undan samarali foydalanish. Shuning uchun, shaharlarning ko‘chalarida ko‘zni quvontiruvchi xilma - xil gullar ekilmoqda.
Ammo taraqqiyot asrida ba`zi o‘simlik hamda hayvonlarning turlari pasayibdi borayotganligi ham rost. Biz tabiatni o‘simlik hamda hayvonot olamisiz tasavvur eta olmaymiz. “Jonivorlar bizning yaqin qarindoshlarimiz”, degan edi rus shoiri Sergey Yesenin. Shuning uchun, tabiatni asrash faqatgina insonning hozir va kelajakda tutgan tutumiga bog‘liq.
Bolalar bog‘chalari, maktablar, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlarida ham tabiatni asrash xar bir fuqaroning burchi ekanligi o‘rgatilib borilishi lozim. Yaqinda “Nihol” nashriyoti yozuvchi To‘lqin Nurmuhammadning bolalar uchun atalgan “Diaglessa” hikoyasini chop etilgan. Hikoyada o‘rmon bag‘rida ochilgan chiroyli gulning butun kun davomida shahzodani kutishi, uni sog‘inishi hamda qarilar bilan suhbat qilib, tabiatdagi barcha o‘simlik hamda hayvonlarni mahliyo qilishi ta’riflangan. Ammo, uzoq vaqtlar kuttirgan shahzoda olislardan yelday uchib kelib, Diaglessa chiroyiga mahliyo bo‘lib, uni yulib oladi hamda boshidagi gulchambarlar orasiga taqib qo‘yadi. Tabiatni mahliyo qilgan Diaglessa g‘amga botib, so‘liydi va vafot etadi...
Bolalarda tabiatga bo‘lgan dastlabki tasavvur va mehrni ana shunday hikoyalar orqali ham uyg‘otish mumkin. Chunki hikoya­da oddiygina bir nafis gulning iztiroblari mana shunday oshkor bo‘lgan. Aslini olganda bolalar uchun nashr qilinayotgan kitoblarda, yaratilayotgan multfilmlarda ham tabiat mevasi bo‘lgan o‘simlik, hayvonot olamini himoya, ularning atrof-muhitda sodir bo‘layotgan turli hil jarayonlarda bajarishi kerak bo‘lgan vazifalarini anglatish lozim.
Biz voyaga yetib kelayotgan kichkina uka hamda singillarimizni Vatanni sevish uchun uning ajoyib tabiatini himoya qilish ruhida tarbiyalashimiz kerak.
Mahallamizda bir qadimgi daraxt bor, shoxlari go‘yo osmonni tutib turganga qiyoslanadi. Agar unga qarasam, rahmatli bobomni xotirlayman. Men kichkinagina qizaloq edim. Bobojonim meni qo‘llarida k’tarib yurar, turli hil ertaklar aytar, bog‘larida pishib yotgan mazali mevalarning eng yaxshisini menga berardilar. “Ol bolam yegin, koni foyda, vitaminga boy”, deb qo‘yardilar. Ayniqsa, raxmatli bobom qarsillagan husayni uzumni juda yaxshi ko‘rar edilar.
Bobom qishloqdoshlari nazdida suv siymosi edi. Fargonadagi har bir jilg‘a va ariq yoqalarida, kanallar-u hovuzlar yoqasida bobomning xotiralari bor. Hattoki mening nomimni bobom zilol suvga tenglashtirib qo‘yganlar.
Mehribon bobomning bir ajoyib xislatlari bor edi. O‘sayotgsn daraxtni hech ham kestirmasdilar va kestirmasdilar ham. Daraxtlar to‘g‘risidsa har-xil qiziq rivoyat va hikoyalar aytib, ularni asrab-avaylash va himoya qilishni uqtirardilar. Yoshliginda gullarni, maysalarni yaxshi ko‘rganim boismi, ulg‘ayganim sari ona tabiatga, atrofimdagi ko‘rkam va yam-yashil olamga bo‘lgan mehr-muhabbatim va sevgim ortib borar, ularga haddan ziyod ko‘proq etibor berar edim. Ayniqsa, dov-daraxtlarni, gullarni parvarishlashni yoqtirardim. Chunki, ularning hamisha nafaqat hayvonlarga balki insonlarga ham foydasi bor. Osmonga bo‘y cho‘zgan, musaffo ko‘kning pokiza havosidan nafas olayotgan va o‘sayotgan daraxtlar biz uchun xatarli bo‘lgan turli-tuman zahar-zaqqum gazlarni yutib, havoni poklab, pokiza havodan nafas olishimizda ulkan hissa qo‘shadi.
Mahallamizdagi juda qadimgi va azim daraxt ham shunday. Ayni “ilik uzildi” kunlari marvaridday oppoq va musaffo tutlar pishib yetiladi. Mahallaning yoshu qarisi, bola-yu baqrasi undan hamisha bahramand bo‘lishadi. Qushlarni aytmaysizmi, “guv” etib uchib eyishga kelishadi, odamlarning “hay-hay”idan va dod-voyidan “guv” etib yana uchib ketishadi.
Odamlarga minnatsiz yaxshilik raxmatli bobom kabi qadimgi tut daraxti ham shovullab olamga yaxshiliklarni va boqiylikni hadya qilar ekan... Bobom ta` aytganlaridek “jannat ne`mati” - tutning sharbati doimo bizning tomirlarimizga va chidamlilik bo‘lib quyiladi.
Tiriklik manbai: hayotni suvsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Yaqindagi ma’lumotlarga qarasak, yer yuzining to‘rtdan uch qismini, inson tanasining o‘rtacha 85 foizini suv iborat ekan. Shu raqamlarning o‘ziyoq tabiat hamda insondagi suvga bo‘lgan ehtiyoj darajasiga dalolatdir. Shu kunlarda dunyo miqyosi bo‘yicha har yili 5 millionga yaqin aholi musaffo va toza suv ichmaslik natijasida kasallikka duchor bo‘lmoqda. Umuman, suv bilan bog‘liq va vajlar sababli kasallanayotgan insonlar soni 1,4 milliardni namoyon etadi.
Bugungi davrda mamlakatimizda ichimlik suvga bo‘lgan talab qanday, undan samarali va unumli foydalanish madaniyati qanday darajada? Suvni tejash, himoya qilish, uni musaffoligicha va sofligicha asrash uchun nimalar qilinayapti?.
“Qishloq taraqqiyoti hamda farovonligi yili” Davlat dasturiga asoslanib mehnat qilayotgan farg‘ona viloyati suv-oqova ishlab chiqarish birlashmasi jamoasi bu yo‘lda xayrli hamda unumli ishlarga boshchilik qilishmoqda.
- Ba’zi rivojlangan o‘lkalarda ichimlik suv maxsus idishlarda sotiladi, - deydi birlashma bosh hisobchisi Baxshullo Temirov. - Odamlar suvni litrlab sotib olib ichadilar. Bizda-chi? Biz sarflanayotgan suvimizning hisobini hech o‘ylab ko‘rganmizmi Masalan, birgina tish yuvish jarayonida qancha suv jo‘mrakdan behuda oqishini-chi? Axir birgina farg‘ona shahri uchun yil boshidan buyon 22 million metr kub toza ichimlik suv sarf­langan. Bu suvning qanchasi kerekli va samarali ehtiyojlar uchun ishlatilgan, qanchasi befoyda isrof bo‘lganini o‘ylab koraylikchi?..

Download 139 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish