Inson va tabiat
Tabiat yer yuzidagi jamiki tirik mavjudot uchun muqaddas maskandir. Tabiat ularni to‘ydiradi, kiydiradi, issiq va sovuqdan asraydi. O‘z navbatida tirik mavjudot ham tabiatga mehr qo‘yadi. Bu mehr tabiatni asrash, uning boyliklarini ko‘paytirish tuyg‘usi bilan uyg‘unlasha olsagina haqiqiy hisoblanadi. Yaqin o‘tgan davrimizda biz “Tabiatni sevamiz” deb bong urdigu, biroq uni asrab-avaylash ishiga mas’ul ekan-ligimizni unutib qo‘ydik. Ana shu mas’uliyatsizligimiz “Ekologiya” deb nomlanuvchi yangi fanga asos yaratdi. “Ekologiya” so‘zi “eko” — uy, turar-joy, “logos” - fan so‘zlaridan olingan bo‘lib, u atfof-muhitning buzilishi va bunga sabab bo‘lgan omillar, muhit halokatining oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish borasidagi bilimlarni targ‘ib etish asoslarini o‘rganadi.
Yangi davrning barkamol kishisi o‘zida ekologik madaniyat unsurlarini ham namoyon eta olishi kelajak extiyojidir. Ekologik madaniyat — bu atrof-muhit haqidagi chuqur bilimga, tabiatni asrash tuyg‘usiga ega bo‘lish, o‘simliklar hamda hayvonlarga nisbatan g‘amxo‘rlikda bo‘lishga va tabiat zahiralaridan samarali foydalanish, ularni ko‘paytirish borasida qayg‘urishga qaratilgan amaliy faoliyatning yuksak namoyondisidir.
Ana shu xislatlarni o‘zida aks ettira olgan insonni ekologik madaniyat egasi, deb atashimiz mumkin.
Ortiqcha suv jo‘mraklardan oqishiga yo‘l qo‘ymaslik, suv havzalarini ifloslantirmaslik, axlatni duch kelgan joyga to‘kmaslik, turar-joylarni ozoda saqlash, ko‘chat va gullarni sindirmaslik hamda ularni ekish, hayvonlarga g‘amxo‘rlik qilish, qushlarni boqish, xonadon va xiyobonlarni gulzorga aylantirish harakatlarni amalga oshirish ekologik madaniyatlilikning eng oddiy ko‘rinishlari qatoriga qo‘shish mumkin.
Hozirgi davrda inson va tabiat, fan-texnika taraqqiyoti va atrof-muhit, jamiyat va ekologiya o‘rtasida nomutanosiblik vujudga kelayotgan davrda. Bularning barchasi ekologik madaniyatni yanada yuksaltirish masalasini o‘rganishga talab qo‘ymoqda.
Ma’lumki, tabiatda hamma narsa bir-biriga bo‘g‘liqdir. Fan-texnika yutuqlaridan unumli foydalanayotgan inson esa ana shu uyg‘unlikni buzmoqda, unga nisbatan shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lmoqda. Tabiiy boyliklardan: suvdan, yerdan o‘rinsiz foydalanish ekologiyani o‘zgarishiga olib kelmoqda. Qishloq xo‘jaligi ekinlarini noto‘g‘ri rejalashtirish, kimyoviy o‘g‘itlarni haddan ziyod ko‘p qo‘llash yer unumdorligi va inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatyapti. Korxonalardan oqib chiqayotgan zaharli oqavalar suv havzalarini ifloslantirishi birinchi navbatda hayvonot olami va o‘simliklar dunyosiga ofat keltirmoqda. Transport vositalaridan chiqayotgan tutun-gaz havoning tozaligini buzyapti. Bularning barchasi insondan ekologik madaniyatni talab etmoqda.
Buni yodda fitting: 1992-yil 9-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Sog‘lom avlod davlat dasturi va “Ekologik ta'lim-tarbiya konsepsiyasi” ishlab chiqildi, “Ekosan” jamg‘armasi tuzildi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tabiatni muhofaza etish va ekologiyaga oid zarur hujjatiar qabul qiiib, ekologiya ishlarining huquqiy asosini yaratdi.
Aslida, ekologik madaniyat tabiatni barcha go‘zalliklari bilan his qilishdan, sevishdan boshlanadi. Insonning tabiat kuchlari — sovuq va issiq, qurq'oqchilik, yong‘inlar, turli ofatlar ustidan g‘alabasi unga bo‘lgan munosabatini o‘zgartiradi. Bu ko‘r-ko‘ronalikdan asta-sekin ongli munosabatga aylana boradi. Tabiatga bo‘lgan mehr tuyg‘usi boyib, unga munosabat shaxs madaniyatining ajralmas bir bo‘lagini tashkil etadi.
Har bir inson tabiatdan bahra oladi. Ammo bu hali tabiatga muhabbat degani emas. Tabiatga muhabbat uni tushunishdan, uning go‘zalliklarini anglashdan, tabiat bilan munosabatga kirishishdan boshlanadi.
O‘z navbatida, tabiat insonda kuzatuvchanlik, sezgirlik, nazokatlilik kabi tuyg‘ularni tarbiyalaydi. Bu — insonda ikki ko‘rinishda: tabiatga va o‘ziga bo‘lgan munosabatlarda namoyon bo‘ladi.
Inson tabiatdan faqat zavqlanishni emas, balki uni yaxshi tushunishni ham o‘rganadi. Natijada, o‘zligini his qilib, tabiatdan unga inson bo‘lish imkonini bergan «narsa»ni, ya'ni insonga xos madaniyat hislarini topishga intiladi. Demak, insoniy tuyg‘ular tabiatga mehr bilan qarashdan oziq oladi.
Tabiat insonda vatan tuyg‘usini uyg‘otadi, uni mehnat va jasoratga undaydi, juda ko‘p tuyg‘ularni kamol toptiradi hamda ko‘p narsalarni talab etadi. Madaniyatli, ma’naviy kamol topgan inson uchun o‘z Vatani tabiatini muhofaza qilish hayoti va faoliyatining uzviy qismiga aylanib qoladi.
O‘rta asrlarda yashab ijod etgan allomalar tabiat va undagi muvozanat, hayvonot olami va o‘simliklar dunyosi, atrof-muhitni e'zozlash haqida qimmatli fikrlar aytganlar.
Muhammad Muso al-Xorazmiy risolalaridan birida odamlarni daryoga mehrli bo‘lishga da'vat qjladi, agar daryoning ko‘zlari yoshlansa, uning boshiga g‘am kulfati tushgan bo‘ladi, deydi. Ehtimol, buyuk bobomiz daryo suvini ortiqcha isrof qilmaslikni ham nazarda tutgandir?
Abu Rayhon Beraniy esa tabiatning davomiyligi haqida shunday fikr aytadi: “Ekin ekish va nasl qoldirish bilan dunyo to‘lib boraveradi”.
Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma” asarida ko‘rgan-kechirganlari, borgan joylarining tabiati, boyligi, hayvonoti, o‘simliklari va odamlari, xalqlarning urf-odatlarini tasvirlagan. Unda yer, suv, havo, turli tabiat hodisalariga tegishli ko‘plab fikrlar bor. Bobur o‘lkani bilgan kishilarni hurmat qilgan, qadrlagan va ular bilan hamisha maslahatlashgan. Ayniqsa, u gullar, manzarali hamda mevali daraxtlarni ko‘paytirishga e’tibor qaratilgan.
Madaniyatli kishi tabiat va jamiyat o‘rtasidagi muvozanatni saqlaydi, bu borada boshqalarni ham to‘g‘ri faoliyat ko‘rsatishga da’vat etadi, hech bo‘lmaganda ko‘chalarga axlat tashlanmasligiga, suv va havo ifloslanmasligiga harakat qiladi.
Ekologik madaniyat tarkibiga tabiatni muhofaza qilish madaniyati, tabiat boyliklaridan foydalanish madaniyati, ekologik tizimni qaytadan o‘zgartirish madaniyati ham kiradi. Bular bir kishining yoki hududning vazifasi bo‘la olmaydi. Umum insoniyat bunday vazifalarni yechishga birgalikda kirishsagina ekologik muammolar hal eta oladi.
Masalan, birgina Orol muammosi bunga yaqqol dalil sifatida keltirishiz mumkin.
Orol dengizining suvi kamayib ketishi haqida dastlabki xavotirlar bildirilganidan beri yarim asrdan ortiq vaqt o‘tdi. O‘zbekiston mustaqilligi e’lon qilinishidan oldingi yillarda dengizning sathi keskin kamayib ketayotganligi baralla gapirilib, bu masalaga butun dunyo mamlakatlari va suvchi mutaxassislarning e’tibori o‘ziga qaratdi.
Orolning qurib ketishi faqatgina uning atrofida joylashgan O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston emas, butun dunyo iqlimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun Orolni saqlab qolish dunyo ahamiyatidagi muammo hisoblanadi.
Biz kelajak avlodlarga yaratgan ma’naviy va moddiy boyliklarimizni, bizgacha mavjud bolgan tabiatni va unga munosabatimizni, ya’ni ekologik madaniyatimizni ham meros qoldiramiz. Ekologik madaniyat, bu — faqat tabiatga zarar keltirmaslik emas, balki uning tiklanishi, yanada go‘zallashuvi, gullab-yashnashiga hissa qo‘shish, atrof-muhitni tasir etuvchilarga qarshi beayov kurash olib borish desak ham bo‘ladi.
Ekologik madaniyat nima? Bu atrof-muhit haqida chuqur bilimga, tabiatni asrash tuyg‘usiga ega bo‘lish, o‘simliklar hamda hayvonlarga nisbatan g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga, tabiat zahiralaridan samarali foydalanish, ularni ko‘paytirish borasida qayg‘urishga qaratilgan amaliy faoliyatning yuksak ko‘rsatkichidir. Iste’moldan ortiqcha suv jo‘mraklardan oqishiga yo‘l qo‘ymaslik, suv havzalarini ifloslantirmaslik, axlatni duch kelgan joyga to‘kmaslik, turar-joylarni ozoda saqlash, hayvonlarga g‘amxo‘rlik qilish, qushlarni parvarishlash kabi harakatlarni amalga oshirish ekologik madaniyatning eng oddiy ko‘rinishlari sanaladi. Bu muammolar bir qaraganda juda jo‘n bo‘lib ko‘rinishi mumkin, aslida esa muammolarning boshlanishi ana shunday biz e’tibor qaratmaydigan "mayda” muammolardan kelib chiqadi.
Tabiat va inson o‘rtasidagi munosabat ma’lum bir qonunlar orqali boshqariladi. Ularga rioya qilmaslik ertami-kechmi, albatta ekologik halokatga olib kelishi aniq. Bu muammo o‘zining insoniyatga keltirayotgan va keltirishi mumkin bo‘lgan ayanchli oqibatlari jihatidan yadro urushi halokatidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
Inson tabiatning bir bo‘lagi bo‘lgan holda, u bilan munosabat orqali ekologik madaniyat shakllana borishi tufayli tabiatni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni tartibga solishda uni boshqarish uchun tabiat qonunlarini kashf qilib kelgan. Ammo inson o‘zining tabiatga ta’siri natijasida undagi muvozanatni buzdi hamda tabiat hodisalarining davriy ketma-ketligini izdan chiqardi. Xalqimizda “Buloq suvi qurimaguncha inson uning qadriga yetmaydi” degan ibratli maqol bor. Darhaqiqat, necha asrlar davomida inson o‘zining taraqqiyoti jarayoni bilan birga ekologiya inqirozi jarayonini tezlashtirdi.
Qadim davrlarda ham ajdodlarimiz inson salomatligi, kayfiyati va barcha hayotiy jarayonlarning ob-havo va boshqa tabiiy hodislarga bog‘liqligini yaxshi bilganlar. Inson salomatligiga tabiiy iqlim sofligining ta’siri haqida dastlabki yozma manbalar eramizdan avval paydo bo‘lgan. Masalan, Hindistonda bundan 4000 yil avval quyosh nuri, momaqaldiroq va yomg‘irlar tufayli o‘simliklar shifobaxsh xususiyatga ega bo‘lishi haqida yozib qoldirilgan. Qadimgi Yunon tib olimi Gippokrat o‘zining “Aforizmlar” asarida odam organizmi yil mavsumlariga qarab turlicha bo‘lishini yozib qoldirgan. Shu jumladan sharq allomalaridan Abu Ali Ibn Sino “Agar chang va g‘ubor bo‘lmaganida edi, inson ming yil yashagan bo‘lar edi” degan edi.
Zardushtiylarning “Avesto” kitobida, sharq mutafakkirlari Farobiy, Beruniy asarlarida va umuman sharq falsafasida to‘rt unsur-suv, havo, tuproq va olov muqaddas hisoblanganligi haqida aytib o‘tilgan.
Agar e’tibor bersangiz, aksariyat jonivorlar faqat bir kunlik yegulik topish bilan cheklanadi. Ertaga yoki bir haftadan keyin iste’mol qilish uchun zaxira to‘plash ular uchun mutlaqo yot. Har kuni ko‘rganimiz qushlarga nazar solsak, ularning birortasi, masalan, kechqurun yeyish uchun don g‘amlab qo‘yganini ko‘rmaganmiz. Odamlar-chi? Tabiatdan shuncha rizq –nasiba olayotgan, uning boyliklarini beminnat o‘zlashtirayotgan shu odamlarning hammasi ham Ona tabiatni sevadimi, unga ehtiyotkorona munosabatda bo‘ladimi?!
Afsuski, tug‘ib voyaga yetkazgan onasini hurmat qilmaydigan, uning yuziga oyoq bosishdan toymaydigan nobakor farzandlar bo‘lgani kabi, tabiatdan faqat olishga, uning boyliklarini behisob o‘zlashtirishgagina o‘rgangan kimsalar ham oramizda ko‘pchilikni tashkil etmoqda. Bu xil kishilar fikrida tabiatning boyliklari hech qachon tugamaydi. Uni parvarish qilish, asrab-avaylash, unga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish ham shart emas deb o‘ylaydi.
Bugun yer yuzida murakkab ekologik muammolar paydo bo‘lmoqdaki, ular nafaqat ayrim davlatlar balki, butun insoniyatning kelgusi hayotini, mavjudiyat tirikligini xavf ostida qoldirmoqda. Bu kabi muammolar sirasiga atmosfera ozon qatlamining yemirilishi, chuchuk suv zahiralarining kamayishi, “abadiy” muzliklarning eriyotgani, jahon okeanining va kosmik fazoning ifloslanishi, dunyo “Qizil kitobi”ga kiritilgan noyob o‘simlik hamda hayvonlarning keskin kamayib borayotgani va boshqa ko‘plab holatlarni misol keltirish mumkin.
Ekologik muammolar – tabiat ilmini bilmasdan, uning qonuniyatlariga zo‘ravonlik bilan aralashish oqibatida kelib chiqadi. Suvdek noyob tabiiy boylikdan tejamli foydalanish o‘rniga uni isrof etish, kuchli zilzilalar bo‘ladigan seysmik hududlarda ulkan to‘g‘onlar, elektrostansiyalar qurishga zo‘r berish, daryo va soylar o‘zanini boshqa tomonlarga burish singari puxta o‘ylamay amalga oshiriladigan ishlar, albatta, tabiat muvozanatini o‘zgartirib yubormoqda.
Bugun mamlakatimiz mintaqaviy va xalqaro ahamiyat kasb etgan va etayotgan har qanday ekologik muammoga o‘z munosabatini bildirmoqda. Avvalo, tabiatni muhofaza qilishning qonuniy asoslarini mustahkamlashga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Davlatimiz qonunchiligida mustahkamlangan muhim vazifalarni bajarishda nafaqat davlat tashkilotlari, balki ko‘plab jamoatchilik tashkilotlari ham faol jalb etilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Ekologik harakatiga Oliy Majlis qonunchilik palatasidan 15 ta deputatlik o‘rnining ajratilishi mazkur jamoatchilik harakati olib borayotgan faoliyatni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashning amaldagi ko‘rinishi bo‘ldi. Biroq ushbu harakatning faoliyatini xalqimizga yaqinlashtirish lozim.Toki ekoharakat faoliyati har bir fuqaro uchun mavhum bo‘lmasin. Bugun ushbu Harakat xalq bilan, insonlar bilan muloqotga kirishishi, vujudga kelishi kuzatilayotgan ekologik vaziyatlardan tez va aniq xabardor bo‘lishi lozim.
Yerimiz -ona tabiatimizning ajoyib tuhfasidir.Bizning yerimiz bizning boyligimizdir.Ona yerni sevish-tabiatni sevishda namayon bòladi Bilasizmi,nima uchun ona yer deymiz?
Menimcha ona yer deyishimizdan maqsad inson dunyoga kelishi bilan ilk bor uni kòradi,uning nafasidan nafas oladi va birinchi qadamni uning baģrida bosadi.Tabiat bizni sevadi,tòydiradi va ardoqlaydi...
Bolalarda tabiatga bolgan mehrlarini oshirish maqsadida turli xil metodlardan foydalaniladi. Masalan,mavzuga doir ertakalar aytish,bolalarni ekskursiyalarga olib chiqish va tabiat bilan tanishtirish.
Masalan,bolaligimda boshlanģich sinf raxbarimiz bizga aytib bergan ertak hamon yodimda
Kòp yillar avval Usmon va Umar ismli egizaklar bòlgan ekan.Ular juda inoq va ahil ekanlar. Ularning ota onasi ularni yoshlik choģlaridan mehnatga òrgatgan edilar. Usmon juda tirishqoq,mehnatsevar va baģrikeng bòlib ulģaydi. Ammo Umar juda dangasa edi. Usmon tabiatni,borliqni juda sevar,tabiatga zarar yetkazadigan ishlar qilmas edi. U nafaqat tabiat balki hayvonot olamini ham behad yoqtirardi. Agar kimda kim ularga zarar yetkazsa juda jahli chiqar va uni tòģri yolga solishga harakat qilardi.Baxtga qarshi Umar unday emas edi.Uni na tabiat na atrof-muhit va na hayvonot olami qìziqtirardi. U daraxtlarga ozor berar,kuz vaqtida xazonlarni tòplab yoqib yuborar va hayvonlarga ozor berardi.Ukasini bu ishidan Usmon juda ranjirdi
Kunlardan bir kun Usmon ukasini toza suvga axlat tashlayotganini kòrib qoldi. Undan qattiq ranjidi va unga bunday qilish gunoh ekanligini va bu odamlarga va tabiatga zarar yetkazishini aytdi.Lekin Umar uni gaplariga parvo qilmadi,ahamiyatga ham olmadi.Agar shunday qilsa suv ifloslanishini natijada bu suvdan havonlar ichib kasallanishini nafaqat hayvonlar balki insonlar ham kasal bòlishini uqtirayotgan akasiga parvo ham qilmadi.Shu orada Umarning sevimli kuchugi kasal bb qoldi bundan Umar juda tashvishga tushdi. Uni veterinarlarga tekshirtirish uchun olib bordi ammo foydasi bolmadi.U kuchukchasidan ayrildi.Bu holatni veterinar shunday izohladi: Kuchukchangiz suvdan zaharlangan dedi.
Buni eshitgan Umar qilgan ishidan juda afsuslandi va akasini aytgan gaplarini esladi. Haqiqatdan ham u haq edi. Shu kundan boshlab Usmon ham atrof-muhitga e'tiborli bòlishni boshladi.Shunday ekan, òquvchilar zararli odatlarni qilishimiz òzimizga ozor yetkazadi. Biz hammamiz bir tan bir jon bòlib tabiatimizni asrashimiz kerak.Undagi boyliklarni qadrlashimiz va himoya qilishimiz bizning qòlimizda.
Boshlanģich talim òqituvchisi shunday kerakki,har sohada ilģor bòlishi kerak.Hozirgi kunda mamlakatimizda tabiatni asrashga doir juda katta islohotlar olib borilmoqda.Jumladan,boshlanģich sinf òquvchilariga 1-sinfdan boshlab tabiatga bòlgan sevgisini takomillashtirish va kuchaytirish maqsadida kop darsliklar kiritildi
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tabiat insonlarning barcha moddiy va ma’naviy, ruhiy ehtiyojlarini to‘ldirishga asosiy manbadir. Shunday uchun, tabiat bizga emas, biz tabiatga muhtojmiz! Tabiatni asrash va undan oqilona foydalanish barchamizning muqaddas va konstitutsiyaviy burchimizdir. Zero, ona tabiat ajdodlardan qolgan meros emas, balki avlodlardan olingan va kelajak uchun qoldirishimiz zarur bo‘lgan boyliklardir!
Xulosa
Bu kurs ishi tayyorlash davomida tabiat inson hayotida na qadar muhim ekanligini va uni asrash esa bugungi o‘zgarib borayotgan davrda oldimizdagi juda katta muamlardan biri ekan. Shuning uchun har birimiz ona tabiatimizni sevishimiz va uni ko‘z qora chig‘imizdan asrashimiz kerak. Va tabiatni asrashni avvalo o‘zimizdan ya’ni kundalikdagi tartibimizdan boshlashimiz lozim.Misol uchun har bir inson har kuni suv istemol qilamiz hamda undan foydalanadi va turli xil tabiat nematlaridan duch keladi. Shunday ekan har birimiz shu ishlarda samarali bo‘lsa va bularni boshqalarga ham o‘rgatsak ona tabiatimizni asrashga o‘z hissamizni qo‘shgan bo‘lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |