S н
ISLANDIVA
Sanki- reterhurg
BUTLK ВКП ANITA
irkujsk
lOmsk.
Samara
A'™oav$TWa
Lissabon.
Fes о
Shimoliv, iropik
Dakar
SUDAN LXartum
c^Sokotra o.
(Bril.)
Fashi
(Bril.)
MonroYiya
a Ekvator
Xar
Jan. Jropik
Markesh
Seylon о
(Bril.)
MEV (Fr.)
I. Daniya
2. Niderlanc
3. Bclgiya
(NtGERIYA >
\ (Bril.) ,>
G'ARBIY AFRIKA y^\<Frt
и Add is-Abeba EFlOriYA/ /
Qohira ) J
Quvayt AAlBrit-l
Mavrikiy a. (Brit.)
^Reyunyon o. (Fr.)
HINDISION - ~ (Bril.) '
GRENLANDIVAI (Dan.)
Liiandab
(ANGOLA A (Pull.) I
“ ^n»shken^‘ "PBuKoro. ~~
BrazzaviM KONGO Vk (Bclfi.l
(Port) PBt,r"l,c)' '
\ Gna лУапоаг
РацпшЪ (Рио қ (Ғг.)
LIV1YA ( I .MISR
Slai
Bangkok
OSIYO YA AFRIKANING RIVOJLANGAN
itada raqamlar bilan ko'fsutilgan
4. Portugaliya 7. [spaniya Gvineyasi liya 5. Italiya 8. Svaziknd
6. Liberiya 0 1000 km
MUSTAMLAKA MULKLAR
Ta’sir doiralarining 1914-yildagi chegaralari
in II Buyuk Britaniya uu I—I ui Fransiya
Germaniya
Rossiya
Ya po iiiya
DAVLATLARTOMONIDAN BO‘LIB OLINISHI
davlatlaming mustamlakachilikdan iborat tashqi siyosatlariga nisbatan ishlatildi. Keyinchalik „imperializm“ atamasi „monopolistik kapita- lizm“ atamasining sinonimi o‘mida qo‘llaniladigan bo‘ldi. Shu tariqa, bu ikki atama ayni bir xil ma’noni anglata boshladi.
eMonopoliya (yunoncha, mono - tanho, poleo - sotaman) - iqtisodi- yotning bir sohasidagi tanho hukmronlik.
Moliya - maqsadli pul jamg‘annalarini vujudga keltirish, jamlash, taqsimlash va ishlatish bilan bog‘liq munosabatlar.
Oligarxiya (yunoncha - ozchilik hokimiyati) - iqtisodiy va si- yosiy hukmronlikning bir hovuch ulkan kapital egalari qo‘li- da to‘planishi.
Kartel (italyancha - qog‘oz, hujjat) - bir tarmoqdagi mustaqil kompaniyalar, firmalaming ishlab chiqatish va sotishning umumiy hajmlari, narxlari, sotish bozorlari, har bir ishtirokchining ulushi va boshqalar to‘g‘risidagi bitim asosida tashkil etilgan tuzilma.
Konsentratsiya - ishlab chiqarishning bir yerga (bir qo‘lga) to‘p- lanishi.
Konsern (ishtirok, manfaat) - manfaatlar umumiyligi asosida uyush- gan korxonalaming yirik birfSshmasi.
Sindikat (yunonCfta - birgalikda ishlash) - bir turdagi mahsulotlar ishlab chiqaradigan korxonalar birlashmasi.
Trest - ishlab cniqarish va savdoni o‘zlaricha emas, markaziy bosh- qaruv qarori asosida olib boradigan korxonalar birlashmasi ^nnasrriTotmoha - brrlashtrnsh) - brr davlat hududrn, butunlay yok, qrsman egallab ohsh.
Impenalizm - kapitalizm jamiyatining eng yuqon va oxirgi davri.
Monopolistik kapitalizm nima?
Monopolistik kapitalizmning asosiy belgilari nimalardan iborat?
Moliya oligarxiyasiga misollar keltiring.
Chetga kapital chiqarish qanday yuz berdi?
Dunyoni bo‘lib olish zarurati nima?
@1. Xaritadan foydalanib, Buyuk Britaniya mustamlakalariga izoh bering.
2. Hozirgi davrdagi millatlararo korporatsiyalar bilan XX asr bo- shidagi monopoliyalami solishtiring.
2-§. Industrial sivilizatsiya
T . x ...... . Siz 8-sinf „Jahon tarixi darshgidan XIX
Industrial sivilizatsiya . . °
haqida asming 50-60-yillanda G arbiy Yevropa
va AQSHda sanoat to‘ntarishi nihoyasiga yetganligini bilib olgan edingiz. Shu tariqa, industrial sivilizatsiya uzil-kesil qaror topdi. Bu sivilizatsiya - asosiy qadriyati texnika ta- raqqiyoti bo‘lgan sivilizatsiya edi. Siz bu haqda 10-sinfda yanada ko‘proq ma’lumot olasiz.
„Industrial sivilizatsiya“ atamasi o‘rnida „industrial jamiyat“ ata- masi ham ishlatiladi va ular bir xil ma’noni anglatadi.
Industrial sivilizatsiyaning belgilaridan biri -^shaharlarning juda tez o‘sishi bo‘ldi. Bu, birinchidan, qishloq xo‘jaligida texnikani qo‘l- lash natijasida bir qism qishloq aholisining ortiqcha kuch bo‘lib, ish- siz qolishi, ulaming ish izlab shaharlaraa kelishi hisobiga yuz berdi.
Ikkinchidan, kichik shaharlarda mayda sa^ogarlar va hunarmand- chilik ishlab chiqarishining pasayib ketishi, shuningdek, transportdagi o‘zgarishlar, temiryo‘llar qurilishi, sanoat markazlarining yirik sha- harlarga ko‘chishi hisobiga yuz berdi. Odamlar ish axtarib va kun ko‘rish uchun turar joylanm o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. Yuz yillar davomida o‘z yerlarida yashab kelgan aholi harakatga keldi. Endi ular o‘z yerlarini tashlab shaharlarga keta boshladi. Qishloqdan ke- tish immigratsiyani ten yujudga keltirdi. Endi odamlar boshqa mam- lakatlarga ham keta boshladilar. Lekin ко chishnmg katta qismim о z mamlakatlari ichidagi migratsiya tashkil etdi.
Shaharlarning rivojlanishi
Industrial rivojlanish jarayonida shaharlar alo- hida ahamiyat kasb eta boshladi. Sanoat ishlab chiqarishi deyarli butunlay shaharlarda joylash- gan edi. Jamiyatning asosiy g‘oyalari, muhim siyosiy voqealar ham shaharlarda yuz berardi. Shaharlar juda katta tezlik bilan o‘sdi. XIX asming o‘rtalariga kelib, industrial davlatlarda aholining qariyb yarmi shaharlarda to‘plandi. Manufaktura ishlab chiqarishi davrida shaharlar uncha katta emasdi.
Shaharlarning shitob bilan rivojlanishi industrlashning asosini yaratgan sanoat to‘ntarishi, fabrika-zavod ishlab chiqarishi oqibati edi. Buyuk Britaniyada bu jarayon ertaroq boshlandi. Boshqa joy- larda kechroq, masalan, Germaniyada XIX asming 70-yillarida avj oldi. AQSHda jadal urbanizatsiya jarayoni ham taxminan shu davrga to‘g‘ri keldi. Umuman, XIX asming oxiri - XX asr boshida industrial mamlakatlarda shahar aholisi juda tez o‘sdi.
Eski shaharlarning o‘sishi, yangilarining rivojlanishi sanoatning joylashishi bilan bog‘liq edi. Ko‘pchilik aholi shaharlarga ish topish umidida kelardi. Ayniqsa, poytaxt, katta shaharlar tez o‘sdi. Masalan, Parij aholisi 1850-yili bir million bo‘lgan bo‘lsa, 1880-yilda esa ikki million kishidan iborat bo‘ldi.
XIX asming o‘rtalaridan boshlab, shaharlar qurilishida ham o‘z- garish yuz berdi. Masalan, Parij 1853-yildan boshlab 20 yil davo- mida qurilish maydoniga aylandi. U zamonaviy qilib qaytadan quril- di: keng ko‘chalar, katta maydonlar, xiyobcjrilfcr va bog‘lar yaratildi. XIX asr oxiriga kelib, ichimlik va oqova suv tarmoqlariga, tramvay va metroga ega bo‘ldi. Boshqa mamlakatlarda ham shaharlar aholisi tez o‘sdi. 11
Eski va an i asrda ariSfcqkratlaming asosiy boyligini av- aristokratlya1 valgiday yer mulklari tashkil qilardi. Aristokrat- laming hayotr^hali ham shaharlardan ko‘ra ko‘p- roq qishloq bilan bog‘liq edi. Keng va qulay binolardagi o‘nlab yotoqxonalar, kutubxonalar, shaxsiy badiiy kolleksiyalar, qabul maro- simlari, ovlar - bula^iing barchasi hali ham aristokratlar hayotining ajralmas qismi edi. Nikohlar qoidaga ko'ra ,,o‘z doirasida“ tuzilgan- hg, sababh, ansTokrat o.lalar о zaro qanndoshhk nshtalan bl an bog langan edi. Buyuk Bntanjyadagl bunday odalarda о g .1 bo a- lanu yoshhgidanoq siyosiy faohyatga tayyorlashar edi. Avvahga ular imtiyozli xususiy maktablarda, keyin esa Oksford yoki Kembnj univers itetlari da o‘qirdilar. Shundan keyingi faoliyat maydoni parlament bolardi.
XIX asr o‘rtalarida Buyuk Britaniya parlamenti jamoalar palatasi- ning 652 a’zosidan 489 tasi yer mulkdorlari edi. 1906-1916-yillarda Buyuk Britaniya vazirlarining uchdan ikki qismi eng sara bilim yurt- lari bitiruvchilari edi. Biroq industrial sivilizatsiya rivojlanishi bilan aristokratiya o‘zining hukmronlik holatini borgan sari yo‘qota bordi. Yeming bir qismi shaharlar qurilishiga berildi, o‘rmon mulklari ham qisqardi.
Yangi davr obro‘talab kishilar oldiga yangi talablar qo‘ya boshla- di. Ilgari yer mulkdorlari bo‘lgan aristokratlar endi banklarda, sanoat kompaniyalarida, mustamlakalar ma’muriyatlarida rahbarlik lavozim- larini egallay boshladi. Ko‘pgina mulkidan ayrilgan eski aristokratlar yangi boylar bilan qarindosh tutinishi aristokratiyaning burjuaziya bilan qo‘shilib ketishiga olib keldi.
XIX asrda davlatning iqtisodiy va siyosiy hayotida burjuaziya to- bora kattaroq rol o‘ynay boshladi. Yirik sanoat korxonalari va bank- lar tepasida millionlab boylik to‘plagan burjuaziya vakillari turardi. Burjuaziyaning eng yorqin vakillari katta siyosiy mavqega ham erisha boshladi.
nt XIX asrda jamiyat hayotining muhim voqealaridan
r a qa am „0<rta qatiam“njng shakH^pishi bo‘ldi. „Erkin kasb“ egalari bo‘lgan muhandislar, ixtirochilar, shifokorlar, o‘qituvchilar, ofitserlar, huquqshunoslar va shu kabilar jamiyatning o‘rta qatlamini tashkil etgan. Bu qatlamga taalluqlilikning asosiy belgilaridan biri moddiy ahvolning har holda to‘kisligL bo‘lg^n.
XIX asrning ikkinchi yarmida o‘rta qatlam vakillari orasida, ayniqsa, huquqshunoslar toifasi ajr^ib turardi. Huquqiy davlatning shakllanishi, fuqarolik jamiyatining barpo bo‘lishi, iqtisodiy hayot- ning rivojlanishi tufayli huquqshunoslarga bo‘lgan ehtiyoj ortib bordi. Ular konstitutsiyalar, qonunlar yozish, kodekslar tuzish, vasiyatlarni rasmiylashtirish banklarga, tadbirkorlarga maslahatlar berish va sud jarayonlanda ishtiroj^etish kabi ishlami bajargan. Ko pgina siyosiy arboblar ham ma’lumotiga ko‘ra huquqshunos edi. O‘rta qatlam jami- yatga barqarorlik baxsh etdi. Chunki odatda, o'rta qatlam ijtimoiy buhronlami ma qullamaydi, inqiloblardan islohotlami afzal ко radi.
Ishchilar sinfi
XIX asrda malakali ishchilar sinfi shakllandi. Sanoat to‘ntarishi yuz bergan uchta yirik mamlakat -
Buyuk Britaniya, Fransiya va AQSHda 70-yillarga kelib sanoat ish- chilari 12-13 mln. kishini, qishloq xo‘jaligidagi ishchilar bilan birgalikda esa 20 mln. kishini tashkil qilardi. Ishchilaming ahvoli bir xil emasdi. Ulaming yarmidan ko‘prog‘i qashshoqlik bo‘sag‘asida ya- shasa, malakali mutaxassis ishchilar esa ko‘proq haq olib, „ishchi aristokratiyasini" tashkil qilardi. XX asr boshlarida „ishchi aristokrati- yasi“ Buyuk Britaniyada umumiy ishchilar sonining uchdan birini tashkil qilib, juda yaxshi yashardi.
XX asr boshida AQSH sanoat ishchilari soni jihatdan birinchi o‘rinni egalladi. Bu yerda 10,4 mln. nafar sanoat ishchisi mavjud edi. Germaniyada esa sanoat ishchilarining soni 1907-yil 8,6 mln. kishiga yetdi. Yevropa va Shimoliy Amerikadagi ishchilar soni 40 mln. kishini tashkil qildi. Qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish sohasi, transport va boshqa sohalardagi ishchilar birgalikda 80 mln. kishiga yaqinlashdi.
Yollanma ishchi kuchining malakasida ham jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Sanoatning yangi sohalari malakali mehnatni talab etardi. Malakali ishchilarning salmog‘i Buyuk Britaniya mashinasozligida, kemasozlikda asosiy qismni tashkil qilardi. AQSHda umumiy sanoat ishchilarining 2/3 qismi, Germaniyada yarmidan ko‘prog‘i malakali ishchilar edi.
XIX asming 70-yillarigacha ish kunining uzunligi industrial dav- latlarda 10-16 soatni tashkil etgan.
Ayollar va bolalar mehnatiga ish haqi *kam to‘lanardi. „Fabrika ayollari“, asosan, 13-14 yoshli qiqlardaniborat bo‘lgan.
10-12 yoshli bolalar tamaki fabnRalaridan tortib, toshko‘mir shax- talarida ham mehnat qilishardi. ylar mehnati uchun ayollardan ham kam haq olardi.
Bu davrda xotin-qizlaj teng huquqlilik uchun tinimsiz kurash olib bordi. XX asr boshlariga kelib, xotin-qizlar ozodligi va mustaqilligi g'oyalari, ularning teng huquqlil.k uchun kurashlari yang, sivilizat- s.ya jam.yat.mng-belgrtodan b.n bo hb qoId.
Bu davrda 1889-yilda tashkil topgan II Intematsional qiyin sha- roitda ish olibbordh Ishchilar sinfi o'z partiyalarini bir.safga bir- lashtira olmadi. Natijada inq.lobiy va murosach.lik oq.mi paydo bo Idi va о zaro kurashdi. О zaro kehshmovchihk natijasida II In- ternatsional halokatga uchradi va yangi tipda Intematsional tuzish uchun harakat kuchaydi.
Immigrant (lotincha - ko‘chib keluvchi) - bir davlatdan boshqa bir davlatga doimiy yoki uzoq vaqt yashash uchun ko‘chib kelgan shaxs.
Industriya (lotincha - faoliyat) - sanoat, xususan, yirik sanoatni anglatuvchi at am a.
Migratsiya (lotincha - ko‘chaman) - u yoki bu davlat aholisi- ning bir hududdan boshqa hududga yoki bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga ko‘chishi.
Urbanizatsiya (fransuzcha va lotincha - shaharga mansub) - jami- yat hayotida shaharlar rolining va shahar aholisi salmog‘ining ortib borishi.
II Internatsional - 1889-yilda tashkil etilgan Xalqaro sotsialistik ishchi partiyalari uyushmasi.
Industrial sivilizatsiya qay tariqa qaror topdi?
Industrial sivilizatsiya natijasida shaharlar hayotida qanday o‘z- garishlar yuz berdi?
Siz XIX asr oxiri - XX asr boshlaridagi urbanizatsiya va mig- ratsiya hodisalarini qanday izohlaysiz?
Aholining o‘rta qatlamini kimlar tashkil etadi? O‘rta qatlamning ko‘payishi jamiyat hayotida qanday ahamiyatga ega?
XIX asr oxiri - XX asr boshlaridagi Vatanimiz tarixini G‘arbiy Yevropa va AQSH tarixi bilan taqqoslang.
Bugungi kunda xalqaro huquqda bolalar mehnatiga necha yosh- dan ruxsat berilishini aniqlang^^
O‘zbekistonda kichi lakat iqtisodiy
Bu davrda davlatlar bering.
a xususiy tadbirkorlaming mam- tgan o‘miga oid faktlarni to‘plang. qqiyotiga sabab bo‘lgan omillarga tavsif
Do'stlaringiz bilan baham: |