«Rezervatsiya(lotincha - saqlayman) - biror davlatda tub joy aholisining omon qolgan qismini zo‘rlab joylashtirish uchun ajra- tilgan hudud. Segregatsiya(lotincha - bo‘lish) - ayrim davlatlarda aholini majbu- ran irqiy guruhlarga bo‘lish.
AQSHda ishchilar sinfi o‘z haq-huquqlari uchun kurashda oldi- lariga qanday maqsadni qo‘ygan edilar?
Tub aholi - hindularga nisbatan qanday siyosat yuritildi?
Prezidentlar T. Ruzvelt va V. Vilsonlar ichki siyosatlarini bir-biri bilan taqqoslang. |
Xaritadan Chikago shahri v; •rado shtatini topib, bo‘lgan 3. voqealami izohlang. Qora tanlilar ahvoli haqida insho yozing. Hozirgi kun bilan taqqoslang. i/X Nima uchun Fr 'ada uch mart a Respublika e’lon qilingan bir sharoitda AQSHda bunday hodisa ro‘y bermagan?
16- §. AQSHning tashqi siyosati AQSH harbiy qudratining namoyishi Mamlakatning bepoyon hududlari va Rossi- yadan sotib olingan Alyaskani o‘zlashtirish bilan band bo‘lgan AQSH mustamlakalar va o‘z ta’sir doiralarini qo‘lga kiritishga Yevropa mamlakatlaridan kech- roq kirishdi. Uning e’tibori dastlab Lotin Amerikasi, Karib havzasi va Tinch okeani bo‘yida joylashgan mamlakatlarga qaratildi. AQSH Lotin Amerikasida hukmron bo‘lib olish uchun kurashib, riyokorlik bilan „Hamma Amerika mamlakatlarining manfaatlari bit- ta“, degan g‘oyani targ‘ib qilib keldi. 1889-yilda AQSH Davlat de- partamenti tashabbusi bilan Vashingtonda birinchi Panamerika konfe- rensiyasi chaqirildi. Birinchi Panamerika konferensiyasining birdan bir aniq natijasi xalqaro „Amerika respublikalari syezdi“ assotsiatsiyasini tuzishdan iborat bo‘ldi. AQSHning G‘arbiy yarimshardagi mamlakatlar ustidan tanho hukmronlik qilishga qaratilgan Panamerikanizm siyosati shu tariqa vujudga keldi. „Monro doktrinasi“ga tayanib, ko‘p o‘tmay Samoa orollari qo‘lga kiritildi. 1898-yilda Tinch okeanining eng markazida, Osiyoga olib bora- digan strategik jihatdan muhim bo‘lgan dengiz yo‘llari kesishgan joy- dagi Gavayi orollari bosib olindi. XIX asming oxirida AQSH nihoyatda qudratli davlatga aylandi. Ispaniyaga qarashli Kuba oroli Amerika hukmron doiralarining hava- sini keltirardi. AQSH Ispaniyaga qarshi urushga tayyorlana boshladi. AQSH o‘z fuqarolarining manfaatini himoya qilish bahonasi ostida 1898-yil Kuba sohillariga o‘z harbiy kemasini yubordi. Bu harbiy kema Gavana reydida turgan joyda noma’lum sababga ko‘ra portlab ketdi. AQSH bu qo‘poruvchilikda Ispaniyani aybladi. Kongress esa Ispaniyaga qarshi urush harakatlarini boshlash haqida qaror qabul qildi. Bu - dunyoni qayta bo‘lib olish yo‘lidagi birinchi urush edi. 3 oy davom etgan urushda Ispaniya yengildi va sulh so‘rashga majbur bo‘ldi. 1898-yil 10- dgkabrda Parij shahrida AQSH-Ispaniya tinch- lik shartnomasi imzolandi. Unga ko‘ra, AQSH Puerto-Riko va Guam orollariga, Ispaniyag% 20 mln. dollar to‘lab Filippinga ham ega bo‘lib oldi. Kuba nomiga mustaqillik oldi. Amalda esa AQSHga qa- ram bo'lib qola^dr Ряпяшя bndi AQSH Karib denSlzl havzasida ham tajovuzkor . . . . .’iy.os»» olib bordi. 1903-yilda Kubaga majburan shartnoma qabul qildirdi. Unga ко ra,. AQSHning ruxsatrsrz b.ron- ta davlat bilan ittifoq tuzish yoki о zining ichki siyosatiga birorta o‘zgarish kiritish huquqidan mahrum etildi. AQSHning Meksikaga kiritgan kapitali 1911-yil oxirida 1,5 mlrd. dollarga yetdi. Asosiy ishlab chiqarishning deyarli ko‘p qismi AQSH monopolistlarining qo‘liga o‘tdi. AQSH Gvatemala, Kosta-Rika va Ni- karaguaga asoratli shartlar asosida qarzlar berdi. Bu qarzlami berish vaqtida qo‘yilgan shartlar AQSHning bu mamlakatlar ichki ishlariga aralashuviga imkon berardi. Gavayi va Filippin orollari bosib olinganligi hamda Tinch okeani bo‘yida joylashgan mamlakatlar bilan savdo-sotiqning kuchayganligi
qurish masalasiga alohida ahamiyat bera boshladi. Fransiyadan Panama kanalini qurayotgan va kasodga uchragan ak- siyadorlik jamiyatining hamma aksijralarini arzon-garovga sotib oldi. Kanai Kolumbiya hududft^ edi. Endilikda kanal qurish va undan foydalanish huquqiga Amerikaning to‘la ega bo‘lishiga Kolumbiya Senati qarshilik qildi. Shthidan so‘ng, 1903-yil AQSH Panamada Ko- lumbiyaga qarshi isyon tashkil etdi va u yerda qo'g'irchoq" hu- ku,nat tuzdi. РапапЯГ mustaqil respubhka deb e Ion qilindi. AQSH Panama Respubhkasming mustaqilligim tan oldi. Panama hukumati AQSH bilan kanal qazish, temiryo'llay ya Panama kanali bo'yida istehkomlar qurish uchun Amenkaga juda keng huquqlar bergan shartnomani imzoladi. Buning evaziga Panama 10 mln. dollar oldi va har yili renta olib turadigan bo‘ldi. AQSH Panama kanali qurilishiga e’tiborini kuchaytirdi. Qurilish 1914-yilda tugallandi. Kanal AQSHning Atlantika okeani sohillaridan Tinch okeani so- hillariga boradigan dengiz yo‘lini ancha qisqartirib, AQSH uchun strategik va iqtisodiy jihatdan juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi. и -i • 1910-yilda Buenos-Ayresda o‘tkazilgan IV Panamenka ittifoqi „ , r-j * -i n Panamenka konferensiyasida Amenka Res- publikalari ittifoqi tashkiloti „Panamerika ittifoqi“ deb nomlandi va AQSH manfaati uchun niqob bo‘ldi. Prezident Taft „dollar diplo- matiyasi“ siyosatini e’lon qildi. Bu siyosat, asosan, iqtisodi nochor bo‘lgan Lotin Amerikasi davlatlariga nisbatan qollandi. „Yordam berish“ niqobi ostida sotib olish, davlat to‘ntarishlari uyushtirish od- diy holga aylanib qoldi. Lotin Amerikasini bo‘ysundirish uchun boshqa davlatlarga qar- shi kurashda AQSH 1823-yilda qabul qilingan „Monro doktrinasi“ („Amerika amerikaliklar uchun“ shiori)ga tayanib ish olib bordi. Bu doktrinani Teodor Ruzvelt AQSHga moslab talqin etdi. Unga ko‘ra, Amerika mamlakatlaridan birontasida tartibsizliklar doimiy tus olgan taqdirda xalqaro politsiya rolini bajarish AQSHning burchi bo‘lishi kerak edi. Shu tariqa „yo‘g‘on kaltak“ atamasi vujudga keldi. ,,Yo‘- g‘on kaltak“ siyosati AQSHni ,,G‘arbiy yarimshaming politsiyasiga“ aylantirdi. „Ochiq eshiklar va teng imkoniyatlar“ doktrinasi AQSH XX asr bbshlarida Xitoyga ekspan- siya qilishni kuchaytirib yubordi. Biroq boshqa davlatla^Xitoyni o‘z ta’sir doira- lariga taqsimlab olganlari sababli, AQSH uchun o‘z tovarlarini shu „ta’sir doiralari“ga olib kirishga, so‘ngra o‘zining tanho hukmron- ligini o‘matishga imkon beradigan doktrina topish zarur bo‘lib qoldi. 1899-yilda AQSH davlat kotilrf Xey Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Yaponiya, Fmnsiya va Italiyaga ayni bir mazmunda nota yubordi. Unda tarixga „Ochiq eshiklar va teng imkoniyatlar“ nomi bilan kirgan doktrina*o‘z ifodasini topgan edi. Bu doktrinaga ко‘пц AQSH Xitoydagi mayjud „ta’sir doiralari“ni tan olardi. Aynr-paytda esa Amenka tovarlan uchun shu „ a str doiralan m ochib qo yishm, ya m savdo-sotiq erkinhgim talab qilardi. Shuningdek, hiror-hir davlat Xtoyds. savdo qilish uchun hech qan- day imtiyoz olmashgi zarur edi. AQSH Xitoymng boshqa davlatlarga bergan imtiyozlarmi Amerika kapitalmmg Xitoyga kinb kehshiga va Osiyoda o‘zining cheksiz hukmronligini o‘matish rejasining amalga oshirilishi yo‘lidagi g‘ov deb hisoblardi. Prezident V.Vilson tashqi siyosatda o‘zining yaqin o‘tmishdoshlari qatori AQSHning dunyoda eng qudratli ta’sirga ega bo‘lishi uchun kurashdi. Chunonchi, u bunday deb yozgan edi: „Yangi davr ara- fasida turibmiz. Bu davrda biz amerikaliklar dunyoni boshqarishimiz kerak“. Ha, tez orada shunday bo‘ldi ham. Birinchi jahon urushi AQSH maqsadlarining ro‘yobga chiqishiga imkon yaratdi.