“Tasdiqlayman”
Konimex tuman kasb – hunar maktabi direktori_______
A.Xudayberdiyev
“___” ___________ 2021 yil
Konimex tuman kasb –hunar maktabi o‘quvchi yoshlarini harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Konimex tuman Mudofaa ishlari bo‘limida tashkil etilgan “Yoshlarni harbiy vatanparvrlik ruhida tarbiyalash– armiyamiz qudratining garovi” mavzusidagi targ‘ibot tadibirlari to‘g‘risida
MA’LUMOT
Joriy yilning 4- oktyabr kuni Konimex tuman kasb – hunar maktabi CHQBT rahbari F.Jumaev o‘quvchi yoshlarni tuman Mudofaa ishlari bo‘limaga tanishuv va sayohat uchun olib bordi. Kasb – hunar maktabi o‘quvchi yoshlarini tuman Mudofaa ishlari bo‘limi boshlig‘i Kapitan Atabayev Sardor Rashidovich hamda Chaqiruvchilarni harbiy xizmatga tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Nasimov Ulugbek Naimovichlar kutib oldi va Mudofaa ishlari bo‘limining ish faoliyati haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tdi. Mudofaa ishlari bo‘limida qizgʼin va koʼtarinki ruhda oʼtkazilgan tadbirda ishtirok etgan yosh avlod koʼnglidan kelgusida Vatan himoyasi uchun harbiylar safida xizmat qilishdek sharafli kasbni orzu qilishga undaydigan qiziqarli chiqishlar, shuningdek, Mudofaa ishlari bo‘limidagi mavjud zahira qurol aslahalar haqida to‘liq tushuncha berildi. So‘ngra o‘quvchi yoshlarga mustaqil ravishda ushbu qurol aslahalarni qismlarga ajratish va yig‘ish borasida amaliy ko‘nikmalar berildi.
Tadbir yoshlarda katta taassurot qoldirdi va kelajakda harbiy boʼlish hissiyoti va ushbu kasbga boʼlgan qiziqishlari yanada ortdi. Suhbat davomida Kapitan Atabayev Sardor Rashidovich bugungi yoshlarimiz uchun armiyada xizmat qilish shon-sharaf ishiga aylanganligi, Vatan himoyasini qalb ishi deb qabul qilish, milliy armiyamiz safidan joy egallashga intilish orzusi tobora kuchayganligi haqida aytib o‘tdi.
Bugungi kunda harbiylarga koʼrsatilayotgan eʼtibor va gʼamxoʼrlik tufayli yoshlarning harbiy sohaga boʼlgan qiziqishi va intilishi ortib bormoqda. Mana shunday vatanparvarlik ruhini targʼib qiluvchi oʼtkazilayotgan amaliy tadbirlar, oʼz navbatida, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda oʼziga xos namuna boʼlmoqda.
Yosh avlodda qatʼiy hayotiy pozitsiya, Vatanga boʼlgan sadoqat tuygʼusini shakllantirish, oʼrta maktabdan oliy oʼquv yurtigacha boʼlgan davrdagi uzluksiz harbiy taʼlim va vatanparvarlik tarbiyasi boʼyicha yaxlit tizim yaratilmoqda.
Konimex tuman kasb –hunar maktabi
ChQBT rahbari: F.Jumayev
Do'stlaringiz bilan baham: |