T. Xudayshukurov



Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/89
Sana30.12.2021
Hajmi1 Mb.
#191794
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   89
Bog'liq
1-r-y-Biznes-etiket-darslik-T.-Xudayshukurov-Toshkent-2009

Tayanch iboralar: 
ijobiy taassurot, imij, imijmeyker. 
 
 
Nazorat savollari: 
1.  Nima  sababdan  biznesmenlar  o’zlari  to’g’risida  ijobiy  taassurot 
qoldirish va mavqyeini oshirish uchun harakat qilishlari kerak? 
2.  Imij  iborasi  qaysi  tildan  olingan  va  uning  tom  va  keng  ma’nosi 
qanday? 
3.  Imijni  shakllantirishda  reklama  vositasining  va  tanish–  bilishlarning  
qanday ahamiyati bor? 
4.  Imijmeyker qanday ishlar bilan shug’ullanadi? 
 
3.2. Ijobiy taassurot qoldirish yo’llari 
 
 
Biznes  bilan  shug’ullanadigan  va  shug’ullanmoqchi  bo’lgan  kishilar 
uchun hamkorlari, suhbatdoshlari va halq fikrida ijobiy tasavvur qoldirish 
juda ham katta ahamiyatga ega. Biznesmen to’g’risidagi birinchi tasavvur 
qanday  bo’lsa,  uni  ishi  shunday  ketadi:  ijobiy  bo’lsa  -  samarali,  salbiy 
bo’lsa  -  samarasiz,  chunki  har  qanday  biznesmenning  imiji  o’zining 
hamkorlari  va  suhbatdoshlari  fikrida  qoldirgan  taassurot  bilan  bevosita 
bog’liq  bo’ladi.  Biznesmenlar  to’g’risida  birinchi  tasavvurning 
shakllanishi uchun atigi 10 – 15 sek kifoya qiladi. Agar ana shu vaqt ichida 
biznesmen  o’zi  to’g’risida  ijobiy  tasavvur  qoldirgan  bo’lsa,  uning  imiji 
shakllanib va boyib boradi va sohibi uchun xizmat qiladi. Ana shu 15 sek 
davomida shakllangan salbiy tasavvurni ijobiyga aylantirish uchun bir umr 
ham yetmasligi mumkin. Shu boisdan ham ijobiy tasavvur qoldirish uchun 
amalda qator qoidalarga itoat qilish lozim. Ular quyidagilardan iborat: 

  hamkorlar  yoki  boshqa  suhbatdoshlar  bilan  birinchi  marta 
uchrashganda  aytiladigan  so’zlarning  eng  kamida  10  –  15  tasi  juda 
ham  salmoqli  bo’lishi,  ishonchli  va  ravon  talaffuz  qilinishi  lozim. 
Uchrashuvning  boshlanishidayoq  minnatdorchilik  bildirish  ham 
suhbatdosh  fikrida  yaxshi  tasavvur  qoldiradi,  uning  ko’nglini 
“yumshatadi”  va  suhbatni  xushmuomalalik  bilan  olib  borishga 
chorlaydi.  Minnatdorchilik  ham  yaxshi  so’zlar  bilan  adabiy  tilda 
izhor  etilishi  lozim.  Minnatdorchilik  turli  shakllarda  bildirilishi 
mumkin,  masalan,  “Men  bilan  uchrashish  uchun  qimmatli 
vaqtingizni  ajratganingiz  uchun  sizga  katta  minnatdorchilik 
bildiraman”,  yoki  “Siz  bilan  uchrashganimdan  juda  ham 


 
 
16 
xursandman”,  yoki  hamkor  tanish  bo’lsa,  “Yana  ko’rishganimdan 
juda ham xursandman” va hokazo; 

  suhbat o’tkazilayotgan joyda  suhbatdosh hamkordan tashqari boshqa 
kishilar  ham  bo’lishi  mumkin.  Bunday  vaziyatda  siz  nafaqat 
suhbatdoshingizda,  boshqa  kishilar  fikrida  ham  o’zingiz  to’g’risida 
ijobiy  tasavvur  qoldirishga  harakat  qilishingiz  kerak.  Suhbatdoshda 
va  boshqalar  fikrida  yaxshi  tasavvur  qoldirishning  eng  samarali 
usullaridan  yana  biri  ochiq  chehra  bilan  muloqotga  tushishdir. 
Shuning  uchun  ham  salomlashish,  hol–ahvol  so’rashda  va 
minnatdorchilik  bildirishda  suhbatdoshning  ko’ziga  qarab,  kulib 
gapirish lozim. Tabassum bilan salmoqli va ma’noli so’zlarni tanlab, 
kulib gapirish biznesmenning dadil va serg’ayratligidan darak beradi. 
Agar boshqalar sizning so’zlaringizni eshitmasa ham chehrangizdagi 
porlab turgan tabassumga albatta e’tibor berishadi; 

  dadil  harakat  qiladigan  va  serg’ayrat  kishilar  odamlarning 
aksariyatiga  juda  ham  yoqadi.  Shu  boisdan  ham  ijobiy  tasavvur 
qoldirishda  shinam  qadam  tashlab  yurishning  ham  ahamiyati  katta. 
Binoga  yoki  ofisga  kirasizmi,  yoki  birovni  qarshi  olasizmi, 
qadamlarni  chiroyli  bosish,  jonli  va  serg’ayrat  harakat  qilish  lozim. 
Ish  davomida  juda  charchagan  bo’lsangiz  ham  uni  boshqalarga 
bildirmang,  ishning  oxirida  ham  serg’ayrat  va  jonli  harakat  qilishga 
harakat  qiling.  Hamkasblar,  hamkorlar  va  boshqalar  ham  bu 
harakatingizni albatta ijobiy baholaydi; 

  biznesmen to’g’risida ijobiy tasavvurning shakllanishida uning tashqi 
qiyofasi eng katta ahamiyatga ega. Biznesmen to’g’risidagi umumiy 
tasavvurning  deyarli  80  –  90  %  uning  tashqi  qiyofasining  hissasiga 
to’g’ri keladi, chunki soqol–mo’ylovlarining olinishiga, sochlarining 
taralishiga,  kiyimiga,  uning  tozaligiga  va  kiyilishiga  katta  ahamiyat 
beriladi.  Etiket  qoidalariga  ko’ra  biznesmen  soqol–mo’ylovlari 
qirtishlab,  sochlari  esa  qisqa  olingan,  taralishi  yuz  tuzilishiga  mos 
kelgan,  taqinchoqlari  (soat,  bilaguzuklarlari  va  uzuklari)  o’ziga 
yarashgan  bo’lishi  shart.  Ayol  biznesmenlarning  taqinchoqlari  rangi 
va  kattaligi  bo’yicha  boshqalarning  diqqatini  tortmaydigan  va 
husniga husn qo’shadigan bo’lishi lozim. 
 
Ijobiy tasavvur qoldirishda oyoq kiyimlarining ham ahamiyati katta. 
Tuflilar  yarqiragan  holatgacha  tozalangan  bo’lib,  xuddi  yangiga  o’xshab 
turgan  bo’lishi  kerak.  Erkaklar  paypog’i  boldirni  yopib  turadigan,  ayollar 
kalgotkalari esa yirtilmagan bo’lishi shart. 
 


 
 
17 
 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish