Davlatning oila tinchligi va barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni.
Jamiyatning tinchligi, barqarorligi, taraqqiyoti yoki tanazzuli, tom
ma’noda aytganda ekzistensiyasi, ya’ni mavjudligini ta ’minlovchi
ijtimoiy me’yorlar yaralishiga k o la moddiy-iqtisodiy, siyosiy-ijti-
moiy omillar bilan belgilanishi mumkin, ammo uning avloddan-
avlodga uzluksiz o‘tib borishining birlamchi negizi avvalo tarbi-
yadir.
«Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy
sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon;
insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bolgan xususiyatlar-
ga ega bolishini ta’minlash yolida koliladigan chora-tadbirlar
yiglndisi. Odam va jamiyatning mavjudligini ta’minlaydigan
qadriyatlar tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga oladi»2.
Demak berilgan ta’rifdan ham bilsa boladiki, insoniyatning bu-
1 Adliya vazirligining t/mehuquqiy axboroti.
2 0 ‘zbekiston
milliy enseklopediyasi. 8-jild. — Т.: 0 ‘zbekiston milliy
enseklopediyasi davlat ilmiy nashriyoti. -2 7 2 b.
305
tun borlig‘i, ekzistensial mohiyati tarbiya tufayli ro‘yobga chiqadi
va voqelikka aylanadi.
Yosh avlodning, umuman jamiyat a’zolarining tarbiyasi bilan
yetarlicha shug‘ullanmagan mamlakat turg‘unlik va inqirozga
mahkum. Buni hech kim inkor qila olmaydi. 0 ‘zbekistonning
Birinchi Prezidenti Islom Karimov: «Ma’lumki, o‘zbek xalqi
azaldan o‘zining bolajonligi, oilaparvarligi bilan ajralib turadi.
Albatta, farzandga mehr qo‘yish, ularning qornini to‘q, ustini but
qilish o‘z yo‘li bilan, lekin bolalarimizni yoshlik chog‘idan bosh-
lab milliy tarbiya, axloq-odob, yuksak ma’naviyat asosida voyaga
yetkazish biz uchun doimo dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Bu
masalaga e’tibor bermaslik nafaqat ayrim ota-onalar, balki butun
jamiyat uchun juda qimmatga tushishini ham ko‘pgina hayotiy
misollarda ko‘rish mumkin»1, deganida haqli edi.
E’tibor bersak xalqimizning lug‘at boyligida inson tarbiyasi bi
lan bog‘liq bir qator so‘z va iboralarni uchratamiz: aqliy tarbiya,
ruhiy tarbiya, axloqiy tarbiya, ma’naviy tarbiya, g‘oyaviy tarbiya,
siyosiy tarbiya, ijtimoiy tarbiya, mehnat tarbiyasi, jismoniy tarbiya
va hokazo. Diqqat bilan nazar solinsa tarbiyaning aksariyat shakl-
lari tom ma’noda kishining m a’naviy tarbiyasiga qaratilganini
ko‘rish mumkin. Ma’naviy tarbiya negizini esa birinchi navbatda
aqliy, ruhiy va axloqiy fazilatlarni shakllantirish tashkil etadi.
Jamiyatimiz, xalqimiz ongi bunday salbiy tushunchalardan
xoli. Farzand tarbiyasi xalqimizning o‘z qo‘lida. Biroq jamiyat-
ning, hayotning bugungi jadal rivoji, munosabatlarning tezligi
ba’zan kishini chalg‘itib, muhimni-nomuhimdan ajratib olishida
qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. Bizni o‘rab turgan muhitda tarbi-
yaga ta’sir e’tuvchi omillar salmog‘i ortib bormoqda. Masalan,
televideniya va radio, kino va video mahsulotlari, turli reklama
afishalari, internet kabilar shular jumlasidandir.
Bugungi g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning, chetdan kirib
kelayotgan turli tahdidlarning nishoni ham birinchi navbatda
yoshlar, ya’ni ularning ongi va qalbini egallash. Agarki, ota-ona-
1 Karimov I.A. Yusak m a’naviyat - yengilmas kuch. — Т.: Ma'naviyat, 2008.
- B. 55-56.
306
lar saodatli um r kechirishni istasa, xalq kelajagi porloq bo‘lishini
o‘ylasa, mamlakat tinchlik va barqaror taraqqiyotni maqsad qil-
gan bo‘lsa tarbiya, tarbiya va yana tarbiya masalasi dolzarb boMib
qolaveradi. Zero, ulug‘ ajdodimiz A.Avloniy ta’kidlaganidek:
«Tarbiya biz uchun yo hayot — yo mamot, yo najot — yo halokat,
yo saodat — yo falokat masalasidir».
Do'stlaringiz bilan baham: |