T o sh k e n t irrig a tsiy a va q ishloq xo‘ja L ig in I


Yoshlar  psixologiyasida  oilaga  munosabatning  ma’naviy,  axlo­



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/286
Sana06.09.2021
Hajmi8,66 Mb.
#166837
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   286
Bog'liq
11qnazarovvaboshqalarfalsafaasoslaripdf

Yoshlar  psixologiyasida  oilaga  munosabatning  ma’naviy,  axlo­
qiy  tamoyillarini  shakllantirish.  Ajralish  va  uning  axloqiy  kamo- 
lotga  salbiy  ta’siri. 
Yoshlar psixologiyasida  oilaga  munosabatning 
ma’naviy,  axloqiy tamoyillarini shakllantirish ayniqsa bugun  dol- 
zarb  ahamiyat  kasb  etib  bormoqda.  Oilada  kishi  xarakterining, 
uning  mehnatiga,  eng  muhim  m a’naviy,  g‘oyaviy  va  madaniy 
boyliklariga  munosabatining  asosi  shakllanadi.  Shuning  uchun 
ham jamiyat  oilaning  mustahkam,  m a’naviy  va  axloqiy jihatdan 
sog‘lom  bolishidan  g‘oyat  manfaatdordir.  2012-yilga  «Mustah­
kam  oila  yili»  deb  nom  berildi.  Mamlakatimizda  oila  institutini 
rivojlantirish  va  takomillashtirish  borasida  yangi  qarorlar,  das- 
turlar  qabul  qilindi.  Bugun  ham  ushbu  dasturlarda  belgilangan 
vazifalar bosqichma-bosqich amalga oshirib  borilmoqda.  Chunki 
oila  mamlakatimizdagi  eng  oliy  qadriyat  sanaladi.  Oilaning  eng 
muhim vazifasi  esa tarbiya hisoblanadi.
Oila  —  tarbiya  maskani,  aynan  shu  maskanda  dunyoga  kel- 
gan  farzand  ota-onadan  nafaqat  irsiy  xususiyatlarni  oladi,  bal­
ki  ulardagi  xatti-harakat,  axloq-odob  qoidalarini  ham  egallab 
boradi.  Ota-ona o‘rtasidagi o‘zaro hurmat,  mehr-oqibat,  halollik, 
poklik,  mehnatsevarlik,  insonparvarlik  kabi  qadriyatlar  ona  suti, 
oila  a’zolari  mehri  va  namunasi  bilan  bola  xulqi,  xatti-harakati 
mazmuniga  singib  boradi.
Ta’lim-tarbiyaning  hamda  ma’naviy  va  axloqiy  fazilatlar- 
ning  rivojlanishida  oila  uning  negizi,  ya’ni  tayanchi  hisobla­
nadi.  Oilada farzandlarning yetuk inson sifatida kamolga yetishi 
ko‘p jihatdan ota-onaga bogliq.  Farzand tarbiyasining bu  qadar 
muhimligi  shunda  namoyon  boladiki,  hozirgi  yoshlar  ertaga 
butun  yurtning  egalari,  merosxo‘rlari,  davomchilari  bolishadi 
va  shu  sababdan  ham  butun  yurtning  kelajagi  hozirgi  yosh- 
larga  bogliqdir.  Agar  oiladagi  m uhit  yaxshi  b o lsa  hamda  far- 
zandga  alohida  e’tibor  berilib  unda  salbiy  xislatlarning  paydo 
bolishining  oldi  olinsa,  yaxshi  xulq  bilan  shakllanib  boradi. 
0
‘zbek  oilasida  bola  ongida  sogiom   g‘oya  bilimlar  shakllani- 
shi jarayonida  oilaning  kattalari  — bobolar,  momolar,  yaqin  qa-
302


rindosh  urug‘lari  ham  bevosita  ishtirok  etadi.  Udumlarimizga 
binoan  bola  tarbiyasida  ota-onadan  ham  ko‘ra  buva  va  buvilar- 
ning ta ’siri  kuchliroq bo‘ladi.  U lar oiladagi  m a’naviy muhitning 
boshqaruvchilari  hisoblanadi.
Bolaning  aqliy,  axloqiy,  estetik,  iqtisodiy,  ekologik,  jismoniy, 
ma’naviy  tarbiyasida  oila  asosiy  omil  va  vosita  hisoblanadi.  Shu 
boisdan  ham  «Kadrlar  tayyorlash  bo‘yicha  milliy  dasturi»da  bu 
masalaga  alohida urg‘u berilgan.
Ya’ni:
—  «oila  oilaviy  an’analarni  hamda  ma’naviy-axloqiy  merosni 
saqlab  qoluvchi,  davom  ettiruvchi;
— jamiyatning  eng  kichik bir  qismi  bo‘lib,  bolaning  madaniy, 
estetik va  boshqa  ehtiyojlari  o‘sishini va  sog‘lom  turmush  tarzini 
ta’minlovchi;
—  bolaning  xulq-atvori  asoslarini  shakllantiruvchi  birinchi 
murabbiy;
— hayotning barcha jabhalarida yosh  avlodning  doimo  masla- 
hatchisi,  yo‘l-yo‘riq ko‘rsatguvchisidir»,  deyiladi.
Oilada  ba’zida  farzandlar  bilan  bog‘liq  muammolar  tufayli, 
qarindosh-urug‘larning  o‘rinli  va  o‘rinsiz  oilaga  aralashuvlari 
tufayli,  kasalliklar,  yetishmovchiliklar  tufayli  qiyin  vaziyat- 
lar  yuzaga  kelishi  mumkin.  M ana  shunday  damlarda  mavjud 
holatni  axloqiylik  bilan  baholab,  bir  yoqadan  bosh  chiqarib 
harakat  qilish  er-xotinning  irodasiga,  bilimiga,  hayotiy  tajri- 
basiga  bog‘liqdir.  M ana  shu  jihatlarning  yetishmasligi  sababli 
ham  ajralishlar  ko‘paymoqda.  Bundan  tashqari,  sotsiologlar 
ajralishlarning  bir  qancha  sabablarini  sanab  o‘tishgan:  «Badav- 
lat  kishilarning  bir  qismini  hisobga  olmaganda,  bugungi  kun- 
da  nikoh  odam larning  o‘z  mulki  va  mavqeini  keyingi  avlodga 
o‘tkazish  maqsadidagi  sa’y-harakatlari  majmuyi  bo‘lm ay  qoldi. 
Ayollar iqtisodiy  mustaqilligining  ta ’m inlanishi  bilan  nikoh  qa- 
chonlardir  bo‘lganidek,  iqtisodiy  sheriklik  zaruriyatining  nati- 
jasi  hisoblanmay  qoldi»1.
1  Giddens  E.  Sosiologiya.  — Т.:  «Sharq»,  2002.  — 442  b.
303


Oiladagi 
ruhiy-ma’naviy  muhitning  buzilishi, 
ota-onasi 
o‘rtasidagi  kelishmovchiliklar bolalarda  o‘zining juda  yomon  aso- 
ratlarini  qoldiradi.  Chunki  oilada  kamol  topayotgan  farzandlar 
ham  ularning  muomala-munosabatidan,  o‘zini  tutishidan  namu- 
na  oladi.  Muammolarni  obyektiv  baholab,  hal  etish  o‘rniga  ota 
so‘kinishni  odat  qilsa,  ichkilikka  ruju  qo‘ysa,  ona  sabr-toqatni 
unutib,  andishasiz  gap-so‘zlarga  erk  bersa,  farzandlar  tarbiyasiga 
befarq  bo‘lsa,  bunday  oilaning  poydevori  darz  ketishi  shubhasiz. 
Falsafa  fanlari doktori Viktor Alimasov bu haqda shunday yozadi: 
«Zavjasi  bebaxtu  o‘zi baxtiyor  erni  ham,  eri bebaxtu  o‘zi  baxtiyor 
xotinni  ham uchratmadim.  Baxt  ham,  bebaxt  ham  ahlda barobar 
taqsimlanadi»1.  Demak,  oilaviy  baxtda  ham  uyg‘unlik,  bir-birini 
tushuna olish muhimdir.
Bugun  mahallalardagi  komissiyalar  tomonidan  oilalarning  ij­
timoiy,  iqtisodiy va ma’naviy hayotiga oid masalalar yuzasidan bir 
qator  ijobiy  ishlar,  xususan  oilaviy  nizolarni  tinch  yo‘l  bilan  hal 
etish,  oilaviy ajrimlarning oldini olish,  aholining ijtimoiy himoya- 
ga  muhtoj  qatlamini  manzilli  qo‘llab-quvvatlash,  xususiy tadbir- 
korlik va oilaviy biznesni rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ish­
lar  amalga  oshirilmoqda.  Komissiyalar  tomonidan  olib  borilgan 
amaliy  ishlar  natijasida  oilaviy  ajrimlar  soni  50  foizga,  notinch 
oilalar  30  foizga  qisqarganini  ta ’kidlash  lozim.  Bir  kun  janjal 
chiqqan joydan  qirq kun baraka ketadi,  deydi xalqimiz.
Oilani  qadriyat  sifatida  tavsiflash  va  jamiyat  hayotidagi  nu- 
fuzini  ta’kidlash  bilan  birgalikda,  uning  mustahkamlovchi  ka- 
folatli  omillarining  rolini  o‘rganish,  ayniqsa,  yoshlarni  oilaviy 
hayotga  tayyorlash  katta  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  dolzarb  masala 
b o lib  qolmoqda.  Mamlakatimizda  2017-yil  davomida  306197  ta 
oila jamiyatimizga  qo‘shilgan  bo‘lsa,  shu  yilgacha  qayd  qilingan 
nikohlarni 31930 tasi bekor qilingan.  Taqqoslash uchun 2016-yil- 
da  275048  ta  nikoh  qayd  qilingan  va  29321  ta  nikoh  bekor  qi­
lingan.  Ajralishlar  soni  2016-yilga  nisbatan  2609  taga  yoki  8,1% 
ko‘paygan.  Ushbu  ajralishlar  FXDYO  organlari  orqali  621  taga 
(1,9  %)  va sud  qarori asosida  1988  taga  (6,2%)  ko‘paygan.
1 Alimasov V. Topgan va topingan bitiklarim. — Т.: Falsafa va huquq. 2007. — 71 b.
304


2017-yil  nikohi  bekor  qilingan  oilalarni  tahlil  qilinganda 
1—8
  yilgacha  o‘zaro  er-xotin  sifatida  yashab  keyin  ajrashganlar 
soni  18575  ta  yoki  58%,  shundan  2  yildan  3  yilgacha  birga  ya­
shab  5174  ta  (16,2%),  4  yildan  5  yilgacha  birga  yashab  5524  ta 
(17,3%)  si  ajrashgan.  50  yil birga yashab  «Oltin to ‘ylari»  bo‘lgan 
23  ta  oila  ajrashgan.  60,  63,  65  va  67  yil yashagan bittadan  oila 
ajrashgan1.
Oila  hayoti  shunday  murakkab  jarayonki,  har  bir  holat  yetti 
olchab, bir kesishni taqozo qiladi. Yengil-yelpilik,  o‘zi bolarchilik 
ketmaydi.  Oilaviy hayotda  qo‘yilgan bittagina  noto‘g‘ri  qadam bir 
umrga  tatishi  mumkin.  Tinchlik-osoyishtalik  bo‘lmagan  oilada 
barkamol farzand voyaga yetishi juda qiyin.  Bunday oilada farzand 
ko'ngli o‘ksik,  ruhi siniq bo‘lib  o‘sadi.  Qush inida ko‘rganini qila­
di deganlaridek,  ota-ona farzandiga o‘rnak b o la  olishi har qanday 
tarbiya  vositalaridan  ustun  va  ishonchlidir.  Bolalar  ota-onasiga 
taqlid qilishni yaxshi ko‘radi,  oiladagi bolaga aytib,  gapirib,  pand- 
nasihat berib tarbiya berilganidan k o la, amalda kolsatib,  namuna 
bolib tarbiyalash har doim ham samarali kechgan.

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish