T o sh k e n t irrig a tsiy a va q ishloq xo‘ja L ig in I


Milliy  ma’naviyatimizda  nikoh  va  oilaga  doir  axloqiy  qadriyat­



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet223/286
Sana06.09.2021
Hajmi8,66 Mb.
#166837
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   286
Bog'liq
11qnazarovvaboshqalarfalsafaasoslaripdf

Milliy  ma’naviyatimizda  nikoh  va  oilaga  doir  axloqiy  qadriyat­
lar.  0 ‘zbekistonda yoshlar  tarbiyasi,  ma’naviy-axloqiy kamolotida 
nikoh  va  oila  haqidagi  milliy  axloqiy  qadriyatlarning  o‘rni. 
Aza- 
liy  qadriyatlarimizda  tani .sihatlik  va  m a’naviy  butunlik  uyg‘un 
bo‘lib  kelgan.  Tani  sihatlik  insonning  tabiiy  va  jismoniy  salo- 
matligi  mezonlarini,  ma’naviy  butunlik  inson  qalbining  salo- 
matlik  mezonlarini  mujassam  etgan.  0 ‘zbek  oilalarida  insoniy 
munosabat,  izzat-ikrom,  hurmat,  e’zoz,  muomaladagi  ochiqlik, 
mehmonnavozlik  bag‘rikenglik,  tinch  va  osuda  hayot,  xursand- 
chilik  kabi  xususiyatlarni  amalda  ko‘rsata  olib  hayot  mezoniga 
aylantira  olishni  anglatgan.  Demak,  oilaning  bugungi  kundagi 
vazifalari  birinchidan,  farzandining  axloqiy-*estetik,  huquqiy, 
diniy  madaniyati  uchun  jamiyat  oldida  javobgarlik,  ota-ona- 
lik  burchiga  e’tibor  bilan  qarash,  fuqarolik  mas’uliyatini  his 
etish,  muhim  ijtimoiy  burchni  bajarish,  ikkinchidan,  farzand- 
larga  turmush  muammolarini  mustaqil  hal  etish  usullari,  o‘zini 
ta’minlash  va  yashashning  munosib  darajasiga  erishish  imkoni- 
yatlarini  o‘rgatish;  uchinchidan,  hayotning  mushkul  vaziyatidan 
chiqib  olish  uchun  resurslar,  harakatlar  ko‘rsatadigan  tizim lar 
bilan  uzviy  aloqada  bo‘lish,  Shuningdek  bu  tizimlarning  sama- 
rali va tashkiliy ishlariga ko‘maklashishdan  iborat.
Oiladagi  qadriyatlar,  undagi  psixologik,  ijtimoiy-ma’naviy 
muhitning  farzand  tarbiyasiga  ta ’siri  buyuk  mutafakkir  va  al- 
lomalarimizning  bizgacha  yetib  kelgan  ilmiy  meroslarida  alo­
hida  e’tirof  etilgan.  Bu  xususda  Zardushtiylik  dinining  muqad- 
das  kitobi  «Avesto»da  ham  ta’kidlab  o‘tilgan.  Unga  ko‘ra  oila 
soglom   avlodning  paydo  bo‘lishi,  benuqson  naslning  tug‘ilishi, 
soglom   turmush  tarzi,  zurriyodning  pokizaligi,  uning  aqliy,  ax­
loqiy,  ruhiy,  jismoniy,  ma’naviy  tarbiyasida  alohida  o‘rin  tutgan. 
Unda  ta’kidlanishicha  o‘smirlar  o‘n  besh  yoshga  tolgandan  ke- 
yingina  yetmish  ikki  xil  rangli  ipak  iplardan  to‘qilgan  belbog‘ 
bilan  bellarini  o‘rash  va  o‘zlarini  yaxshilik yo‘liga  baxshida  etish 
uchun  turmush  qurish  huquqiga  ega  bo‘lgan.  Lekin  yoshlar- 
ning  o‘zboshimchalik  bilan  oila  qurishlariga  yo‘l  qo‘yilmagan.
298


Oila  qurish jamoa,  ota-ona  izmida  bo‘lgan.  Shu  sababli,  jamoa 
va  ota-onalar  bo‘lajak  kelin-kuyovlarni  tanlashda  obdon  o‘ylab 
ish ko‘rganlar.  «Avesto»ning  «Vendidod» bobida bayon etilishicha 
nasi  soglomligining  irsiy  jihatlariga  alohida  e’tibor  berilib,  ya- 
qin qarindoshlar o‘rtasida farzandlarning o‘zaro  oila qurishi man 
etilgan.  Sog‘lom  avlodning  tug‘ilishi  uchun  ota-onalar  sharob 
ichmaslikka,  giyohvand  moddalar va  boshqa  hushdan  ketkazuv- 
chi  vositalarni  iste’mol  qilmaslikka  da’vat  etilgan.  Zardushtiylik 
ta’limotiga ko‘ra  katta  oilalar jamoa  oqsoqoli tomonidan himoya 
qilinib,  egizak  farzand  ko‘rgan  ayollarga  bir juft  sigir  yoki  sariq 
tuya hadya qilingan va  davlat  xazinasidan  nafaqa berilgan.
«Avesto»da  har  qanday  axloqsizlik  va  g‘ayritabiiy  xatti-ha- 
rakatlarga  yo‘l  qo‘yib  bo‘lmasligi  ta’kidlanadi.  Fohishabozlik, 
turmush  o‘rtog‘iga  xiyonat  qattiq  qoralanadi.  Bu  kabi  jinoyatlar 
sirasiga  nafaqat  oilani  buzadigan  va  oila  qoidalarini  zaiflashtira- 
digan,  balki  bola  tug‘ilishi,  yosh  avlod  tarbiyasi,  nasi  pokligiga 
salbiy  ta’sir  ko‘rsatadigan  oila  xiyonati  ham  ko‘rsatilgan.  Begona 
ayol  bilan  yashash,  nikohsiz  farzand  ko‘rish  qat’iy  ta’qib  ostiga 
olinganki, ushbu qarashlar bugungi kunda ham muhim tarbiyaviy 
ahamiyatga  ega.  Bu  kabi jinoyatlar  qamchi  yoki  tayoq  bilan  800 
zarba urish bilan jazolangan1.
«Avesto»ning  bugungi  ma’naviy-axloqiy  va  tarbiyaviy  ta- 
lablarga  hamohang  bo‘lgan  eng  muhim  tamoyillardan  biri  — 
bergan  so‘zining  uddasidan  chiqish,  ahdga  sodiqlik,  savdo-sotiq 
va  shartnomalarga  qat’iy  amal  qilish,  qarzni  o‘z  vaqtida  to‘lash, 
aldamchilik  va  xiyonatdan  xoli  bo‘lish  kabi  iymonlilik  sifat- 
laridan  iborat.  «Avesto»ning  ko‘plab  tadqiqotchilari,  bu  nodir 
kitobda  yuksak  ma’naviyatlilik  va  axloq  masalalari  yoritilganini 
ta’kidlaydilar.  Yuksak  m a’naviy  sifatlilik  Zardushtiylikda  jaho- 
latning,  yomonlikning  oldini  olishdir.  «Avesto»ning  ma’naviy 
qoidalariga  nafaqat  sog‘lik  va  jismoniy  kuch,  balki  ma’naviy 
poklikka ham alohida o‘rin ajratiladi.  M a’naviyatlilik me’yori si­
fatida  o‘z vaqtida  to‘g‘ri  oxqatlanish  buyuriladi.  «Avesto»da bola 
tarbiyasi  va  ta ’limiga  katta  ahamiyat  berilib  «Tarbiya  hayotdagi
1  Homidov  H.  Avesto  fayzlari.  -   Т.:  2001.  -   31-b.
299


eng muhim tayanch  sanalishi lozim,  har bir yoshni  shunday tar- 
biyalash  kerakki,  avval  o‘qishni,  keyin  yozishni  o‘rganib  olgach, 
eng yuqori  darajaga  ko'tarilsin»1.
Yurtimizda  yetishib  chiqqan  Sharq  uyg‘onish  davri  mutafak- 
kirlari  qatorida Abu  Rayhon  Beruniy,  Ibn  Sino,  Imom  Buxoriy, 
Imom  Termiziy,  Burhoniddin  Marg‘inoniy  o‘z  asarlarida  inson, 
uning  ma’naviy kamolotida  oila va  undagi  tarbiya,  ilm,  m a’naviy 
muhitning  muhim  ahamiyatga  egaligini  bir  necha  bor  ta ’kidlab 
o‘tadilar.
Abu  Rayhon  Beruniy  shaxs  tarbiyasida  mehnatga  alohida 
e’tibor  beradi.  Uning  fikricha  hayot  va  baxtni  mexnatsiz  tasav- 
vur  etib  bo‘lmaydi,  mehnat  bilan  tarbiyalash  —  inson  hayoti­
ning  asosidir.  Alloma  ma’naviy  tarbiyada  ilmning  rolini birinchi 
o‘ringa olib chiqadi. Amir Temur va temuriylar davriga oid tarixiy 
manbalar ham oila tarbiyasi jamiyatdagi tarbiya jarayonining  eng 
muhim  va  nozik  jihati  bo‘lganligini  ko‘rsatadi.  Sog‘lom  avlod 
mamlakat  kelajagini  ta’minlovchi  asosiy  omil  ekanligini  yaxshi 
anglagan Am ir Temur raiyatning tinch-osuda hayot kechirishini, 
xonadonlarning  daxlsizligini,  yangi  barpo  bolayotgan  oilaning 
har jihatdan benuqson va poklik asosiga qurilishini davlat ahami- 
yatiga molik masala  deb  qaragan.
Shaxsning  m a’nan  yetukligi  uning  oilada  topgan  tarbiyasiga 
bog‘liqligi  xususida  XX  asr  m a’rifatparvarlari  ham  o‘z  asarlari­
da  bir  necha  bor  ta’kidlab  o‘tganlar.  Jumladan,  Abdulla  Avloniy 
o‘zining  «Turkiy guliston yoxud  axloq»  asarida bola  tarbiyasi xu­
susida juda  qimmatli  ma’lumotlarni  keltirib  o‘tadi.  M uallif bola 
tarbiyasida  yashab  turgan  sharoit,  muhit,  kishilarning  roli  katta 
ekanligini  ko‘rsatadi  va  bu  sohada  oila,  maktab  sharoitini  ham 
nazardan  chetda  qoldirmaydi.  Tarbiya  bolaning  axloqiga,  xulq 
atvoriga kuchli ta ’sir etishini  e’tirof etadi va  ota-onalarni  o‘z bo- 
lalari  tarbiyasida  mas’ul  ekanligini  e’tirof etadi.  Uning  fikricha, 
sog‘lom fikr, yaxshi axloq, ilm-ma’rifatga ega bo‘lish uchun badan 
tarbiyasi  muhim  ahamiyatga  ega.  Xususan,  sog‘lom  badanga  ega
1  Ochilov  S.,  Hoshimov  H.  0 ‘zbek pedagogikasi  ontologiyasi.  2-jild.  -   Т.: 
1999.  -   126-b.
300


bo‘lish  uchun  muallif kishining jismoniy  tomoniga  zarar  keltira- 
digan  narsalardan saqlanishni tavsiya  qiladi.
Abdulla  Avloniy  badan  tarbiyasi  masalasida  bolani  sog‘lom 
qilib o‘stirishda ota-onalarga murojaat qilsa,  bolani fikriy tomon- 
dan tarbiyalashda o‘qituvchilarning faoliyatiga  alohida e’tibor qa- 
ratadi.  Bolalarni jasoratli,  qo‘rqmas,  dovyurak  qilib  tarbiyalash­
da  «Turkiy  guliston  yoxud  axloq»  asarida  muallif g‘oyat  muhim 
fikrlarni  beradi.  Bu  asarning  «Shijoat»  bobida  bolani  jasoratli 
qilib  tarbiyalashni  ilgari  suradi  va  qo‘rqoqlikni  qoralaydi.  Jadid- 
chilik namoyandalarining fikricha yangi davr yangi tuzum  uchun 
kurashda,  eng  avvalo,  oilani isloh qilishdan boshlamoq zarur deb 
hisobladilar.  Ularning  fikricha,  oila  asosini  to‘g‘ri  qurmay  turib 
va  yosh  avlodni  tolaqonli  to‘g‘ri  yo‘lda  tarbiyalamasdan  turib, 
jamiyatni  isloh  qilish,  uning  rivojini  taraqqiyot  sari  yo‘naltirish 
mumkin emas1.
Bugungi 
kunda 
0 ‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
Sh.Mirziyoyev  boshchiligida  demokratik  huquqiy  davlat  qu- 
rish,  davlat va jamiyatimizning barcha jabhalarini modernizatsi- 
ya  qilish  hamda  yangilashga  qaratilgan  keng  ko‘lamli  islohot- 
lar,  ulkan  bunyodkorlik  ishlari  amalga  oshirilmoqda.  Xalqimiz 
uchun munosib turmush shart-sharoitlarini yaratish,  bunyodkor­
lik  salohiyatini  oshirish,  ming  yillik  an’analarimizni  tiklash  va 
yanada  rivojlantirish,  milliy  o‘zlikni  anglash  hamda  faxr-iftixor 
tuyg‘usini  mustahkamlashga  qaratilgani  mamlakatimizda  inson 
manfaatlarini  ta ’minlash  yo‘lida  o‘tkazilayotgan  islohotlarning 
o‘ziga xos jihatlaridir.  Jumladan,  «Harakatlar strategiyasi»da oila 
salomatligini  mustahkamlash,  onalik  va  bolalikni  muhofaza  qi­
lish,  onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishla- 
rini  kengaytirish,  ularga  ixtisoslashtirilgan  va  yuqori  texnologi- 
yalarga  asoslangan  tibbiy  yordam  ko‘rsatish,  chaqaloqlar  va 
bolalar  o‘lim ini  kamaytirish,  jismoniy  baquvvat  va  m a’naviy 
jihatdan  sog‘lom  avlodni  kamol  toptirish  masalalariga  alohida
1 Alqarov I.Sh.  va boshqalar.  Shaxs va oila tarbiyasining pedagogikasi.  -   Т.: 
2009.  -   16 b.
301


ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri si­
fatida  qaralgan.

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   219   220   221   222   223   224   225   226   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish