T o sh k e n t irrig a tsiy a va q ishloq xo‘ja L ig in I


-mavzu.  Olamning  universal  aloqalari va  rivojlanish



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/286
Sana11.01.2022
Hajmi8,66 Mb.
#347678
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   286
Bog'liq
Falsafa asoslari

5-mavzu.  Olamning  universal  aloqalari va  rivojlanish.
Falsafaning  qonun va  kategoriyalari
Olamdagi  aloqalar,  o‘zgarish  va  rivojlanish.  Bog‘lanishlarning
 
turlari. 
Olamdagi  narsa  va  hodisalarning  harakati,  o‘zgarishi, 
bir  holatdan  ikkinchi  holatga  o lib   turishi,  rivojlanishi,  ular 
oltasidagi  aloqadorlik  va  o‘zaro  ta’sir  kabi  masalalar  qadimdan 
mutafakkirlar,  olimlar,  faylasuflar o‘rtasida turli bahs,  munozara, 
tortishuvlarga sabab boclgan.  Chunki ular to‘g‘risida  aniq bilimga 
ega bolm asdan turib,  olam va uning taraqqiyoti,  rivojlanish man- 
bayi,  harakatlantiruvchi  kuchlari  to‘g‘risida  hamda,  eng  asosiysi, 
kelajak haqida ilmiy tasavvurga  ega boiish   qiyin.
Atrofimizdagi jamiki  narsa-hodisalar,  ya’ni  eng  mayda  zarra- 
chalardan  tortib  to  Yer,  quyosh,  Koinotgacha barchasi,  shu jum - 
ladan,  kishilik jamiyati  ham,  doimo  harakat,  o‘zgarish  va  rivoj- 
lanishdadir.  Ular  o‘rtasida  abadiy  o‘zaro  bogliqlik,  o‘zaro  ta’sir 
va  aloqadorlik  mavjud.  Olamda  o‘z-o‘zidan,  tasodifiy  ravishda 
hech  qanday harakat ham,  o‘zgarish ham  yuz bermaydi.
Biz narsa va hodisalarning harakati,  o‘zgarishi va rivojlanishiga 
ular  o‘rtasidagi  boglanish  va  aloqadorlik,  ta’sir  va  aks  ta’sir  asos 
boladi,  deymiz.  Albatta,  olamdagi  har  qanday  boglanish  ham 
rivojlanishga  sabab  bolavermaydi.  Chunki  bu  boglanishlarning 
kolam i,  mohiyati,  ta’sir  kuchi  va  doirasi  turlicha.  Boglanishlar­
ning  ana  shu  xususiyatlariga  qarab,  zaruriy va  tasodifiy,  ichki  va
110


tashqi,  bevosita va  bilvosita,  muhim va  muhim bolm agan va  ho- 
kazo boglanishlarga ajratish mumkin.
Shuningdek,  olamda  boshqa  voqea  yoki  hodisalardan  alohi­
da,  ular bilan bogliq,  o‘zaro  aloqadorlikda va ta’sirda bolm agan 
birorta  ham  voqea  yoki  hodisa  mavjud  emas.  Demak,  o‘zaro 
boglanish  va  ta’sir  natijasida  narsa-hodisalarda  o‘zgarish  so- 
dir  boladi.  Lekin,  barcha  o‘zgarishni  har  doim  ham  birdaniga, 
yaqqol  sezish mumkin emas.  Chunki olamning namoyon bolishi 
turli darajada bolganligi sababli,  o‘zgarishlar ham turlichadir.
Masalan, yangi tugllgan chaqaloqning bir hafta,  bir oy, yarim 
yil mobaynidagi o‘zgarishini,  ya’ni ulg‘ayishini yoki bolm asa,  ta­
biatdagi qish faslidan bahor fasliga olishdagi o‘zgarishlarni  oddiy 
ko‘z  bilan  yaqqol  sezish  mumkin.  Lekin  biron  jonsiz  predmet, 
masalan,  Yer  qa’ridagi  ichki  jarayonlarni  ma’lum  davrdan  ke­
yin  sezish  mumkin.  Ana  shu  sababdan  ham   odamlar  zilzilalar, 
vulqonlar  otilishi  kabi  ofatlar  qarshisida  lol,  gohida  esa g‘aflatda 
qolib  kelmoqdalar.  Ya’ni  tashqi  faktorlar  (inson  faoliyati,  yo- 
ruglik,  issiqlik,  namlik,  atmosfera  bosimi)  natijasida  ro‘y  ber- 
gan  o‘zgarishlarni  ko‘z  k oladi,  quloq  eshitadi.  Xullas,  ular  oson 
anglab  olinadi,  ochiq-oydin  namoyon  boladi.  Ulardagi  o‘zaro 
bogliqlikni ham oson kolish, ilg‘ash mumkin. Ana shunday oson 
k o lish   va  ilg'ash  mumkin  bolgan,  ochiq-oydin  ro‘y  beradigan 
voqea,  hodisa,  natijaga  nisbatan  «zohiriylik»  tushunchasi,  mohi­
yatini  ilg‘ash  qiyin bolgan va  murakkab  ichki  sabablar natijasida 
kechadigan jarayonlar va  o‘zgarishlarga  nisbatan  «botiniylik»  tu ­
shunchasi qollaniladi.  O ita  asrlarda,  ayniqsa tasavvuf falsafasida 
bu ikki tushunchaga alohida e’tibor berilgan.
«Harakat»  tushunchasi  «Borliq  falsafasi»  mavzuida yoritilgan- 
ligi  sababli,  bu  yerda  uning  quyidagi  qisqa  ta ’rifi  bilan  chekla- 
namiz:  harakat  deb  olamdagi  har  qanday  o‘zgarishga  aytiladi. 
Rivojlanish  tushunchasi  esa  quyidan  yuqoriga,  oddiydan  mu- 
rakkabga  tomon  ilgarilab  boruvchi  harakatni  ifodalaydi.  Lekin 
bu jarayon goh to‘g‘ri chiziqli,  goh asta-sekin kengayib boradigan 
spiralsimon shakldagi  harakatdan  iborat b o l shi  mumkin.
Bunda  doimiy  bir  tomonga,  masalan,  vaqtning  olm ishdan 
kelajakka tomon  o lish i  ham,  lekin makonda voqea va hodisalar-
l l l


ning  takrorlanishi,  zamonda  orqaga  qaytishlar  ham   sodir  bo‘lib 
turadi.  Ba’zida  taraqqiyotning  ma’lum  bir  bosqichida  oldingi 
bosib  o‘tilgan davr takrorlangandek bo‘ladi,  ammo bu ilgarigidan 
farq  qiladigan,  boshqacharoq tarzdagi takrorlanishdir.
Hech qachon bir xil tong otmaydi,  deb bejiz aytmaydilar.  Hol- 
buki,  har kuni tongda o‘sha quyosh chiqadi,  o‘sha tog‘u toshlarni, 
bog‘u  biyobonlarni,  biz  yashayotgan  zaminni  yoritadi.  Odamlar 
ham,  ish va tashvishlar ham hamon o‘sha~o‘shadek.  Kimdir ishga 
shoshadi,  kimdir  o‘qishga,  kimdir  yana  ilgarigi  kundek  bekor- 
chilikdan  zerikadi...  Ammo  dunyo  o‘zgarmadimi bu bir kunning 
ichida?  Unda  minglab  bolalar  tug‘ilmadimi,  son-sanoqsiz  jara­
yonlar  ro‘y  berib,  Yer  sayyorasining  turli  burchaklaridan  boshqa 
joylarga  qanchadan-qancha  axborotlar  tarqatilmadimi?  Ona  za- 
m in  o‘z  o‘qi  va  quyosh  atrofida  aylanishini  davom  ettirmadimi? 
Bularning barchasi bir kunu-tunda  ro‘y bergan botiniy va zohiriy 
o‘zgarishlarning namoyon bolishidir.

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish