T o sh k e n t irrig a tsiy a va q ishloq xo‘ja L ig in I



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/286
Sana11.01.2022
Hajmi8,66 Mb.
#347678
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   286
Bog'liq
Falsafa asoslari

Qonun  tushunchasi. 
Dunyoning  mavjudligi  ana  shunday  boti­
niy  va  zohiriy  o‘zgarishlarning  abadiy  takrorlanib  turishidan 
iboratdir.  Bu  takrorlanishlar  esa  o‘z  mohiyati  va  xususiyatlarini 
saqlab  qolganliklaridan  qonun va  qonuniyat tusini  olgan.
Masalan,  biz  Nyuton  tomonidan  kashf  etilgan  butun  olam 
tortishish qonunini o‘rganganimizda ana shunday holni  idrok et- 
ganmiz.  Bu qonunning asosiy mohiyati butun olamdagi  narsalar- 
ning  bir-biri  bilan  aloqadorligi  tamoyilining  doimiy  takrorlani­
shi,  har soniya va har daqiqada bu holatning sodir bo‘lib turishini 
isbotlaydi.
Xo‘sh,  qonun  o‘zi  nima?  U  kishi  va  umuman,  jamiyat  hayo- 
tida  qanday ahamiyatga  ega?  Qonunni bilmasdan,  o‘rganmasdan 
turib  yashash  mumkinmi?  Qonun  tushunchasi  kundalik  hayoti- 
mizda  nisbatan  tez-tez  ishlatib  turiladigan  tushunchadir.  Xu- 
susan,  fizika  yoki  kimyo  qonunlari  deymiz,  tabiat  qonuni  yoki 
bo‘lmasa,  iqtisodiy qonunlar,  yuridik qonunlar va h.k.  Bozor iqti- 
sodiyotiga o‘tish tamoyillarining uchinchisi ham  qonun to‘g‘risida 
bo‘lib,  unda  barcha  sohada  qonunning  ustuvorligi  ta’minlanishi 
ta ’kidlanadi.  Yuqoridagilarni  birlashtirib  turadigan,  barchasi 
uchun ham  umumiy bolgan xossa,  xususiyatlar bormi?
112


Eng avvalo,  shuni aytish kerakki, olamdagi barcha narsa — ta­
biat, jamiyat va inson taraqqiyoti ma’lum qonunlar asosida amal­
ga  oshadi.  Fanlarning  (ijtimoiy,  gumanitar,  tabiiy va  h.k.)  asosiy 
vazifasi har bir soha bo‘yicha tadqiqot o‘tkazib,  qonunlarni kashf 
qilish yoki ularning amal qilish xususiyatlarini o‘rganish va ochib 
berishdan  iborat.
Qancha  ko‘p  qonun  kashf  qilinsa,  taraqqiyot  shuncha  tez 
bo‘ladi.  Taraqqiyot  qonunlarini  bilmasdan  turib,  rivojlanishga 
erishish  qiyin.  Yaqin o‘tmishda iqtisodiyotning o‘ziga xos qonun­
larini  pisand  qilmay,  turli  xil  syezd,  plenum,  konferensiya  qaror- 
lari  asosida  eksperimentlar  o‘tkazib,  barcha  uchun  farovon  hayot
—  kommunizm jamiyatini barpo qilmoqchi bo‘lishganini va bun­
day siyosat  qanday oqibatlarga  olib  kelgani barchaga  ma’lum.
Hozir  mustaqil  0 ‘zbekiston  barcha  rivojlangan  mamlakatlar 
singari  ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga  asoslangan  de­
mokratik davlat,  fuqarolik jamiyati barpo qilish yo‘lidan bormoq- 
da.  Bunda umumbashariy  qonunlar va  mamlakatimizning  o‘ziga 
xos  xususiyatlari  e’tiborga  olingan.
Endi  shunday  savol:  Nim a  uchun  inson  qonunni  bilishi 
kerak?  Bunda  oddiy  misollarga  murojaat  qilamiz:  yoz  oylarida 
barcha  odamlar  issiq  kiyimlar  (etik,  palto,  qo‘lqop  va  h.k.)  so- 
tib  olishadi,  o‘tin  yoki  ko‘m ir  g‘amlab  qo‘yishadi  va  h.k.  Nima 
uchun?  Chunki  ular  tabiatning  bitta  qonunini,  ya’ni  fasllarning 
o‘zgarishi,  yozdan  keyin  kuz,  undan  keyin  qish  kelishini  juda 
yaxshi bilishadi.
Yoki  yana  bir,  jo ‘nroq  bo‘lsa-da,  misol:  sizga  birov  uyning
5-qavatidan tashlasang,  falon pul  beraman  desa,  rozi bo‘lmaysiz. 
Nima  uchun?  Chunki  siz  I.  Nyuton  kashf  qilgan  «Butun  olam 
tortishish  qonuni»ni  yaxshi  bilasiz.  Balki  bilmassiz  ham,  havo- 
ning  o‘z  jismingizdan  zichligi  kamligiga  e’tibor  qilmassiz  ham, 
deylik.  Ammo  siz  bu  holda  omon  qolishingiz  qiyinligini,  mayib 
bo‘lishingizni yaqqol tasavvur qilasiz.
Inson  qonunlarni  bilishi,  ularga  amal  qilishi  doirasida  erkin- 
dir.  Erkinlik  nima?  Erkinlik  anglab  olingan  zaruriyatdir.  Har 
qanday  qonunga  xos  belgilardan  biri  zaruriylik,  ya’ni  obyektiv 
tarzda  amalga  oshish,  o‘z-o‘zidan  namoyon  bo‘lishdir.  Erkinlik
113


esa  ana  shu  zaruriylikni  anglab  olish  va  unga  amal  qilishdan 
iborat faoliyatni  anglatadi.
Yuristlarda  shunday  ibora  bor:  «Qonunni  bilmaslik  javob- 
garlikdan  xolos  qilmaydi».  Ana  shu  tufayli  siz  yuridik  qonun- 
larni qancha yaxshi bilsangiz,  o‘zingizning faoliyatingizni shunga 
moslab  olib  borasiz.  Demak,  shuncha  erkin  bo‘lasiz.  Bu  holda 
siz  nima  qonuniy,  nima  esa  qonuniy  emasligini  yaxshi  bilasiz, 
qonunga xilof qadamlar qo‘ymaysiz.
Yuqoridagi  fikrlarni  xulosa  qilib,  qonunga  quyidagicha  ta’rif 
berish mumkin:  Qonun olamdagi narsa va hodisalarning muhim, 
zaruriy,  umumiy  va  takrorlanib  turuvchi  bog‘lanishlari,  o‘zaro 
aloqalari  va  munosabatlarining  namoyon  bolishidir.  Endi  qo- 
nunning belgilariga to‘xtalamiz:
—  qonun  turli-tuman  aloqadorliklar,  bog‘lanishlardan  faqat 
muhimlarini,  ya’ni  shunday  boglanishlarni  ifodalaydiki,  bu­
lar  olamning  mavjudligi,  o‘zgarishlari  va  undagi  narsa  hamda 
hodisalarning  mohiyatidan  kelib  chiqqan bo‘ladi;
—  qonun  zaruriy  boglanishlarni  ifodalaydi,  ya’ni  tasodi- 
fiy  bog‘lanishlar,  goh  paydo  bolib,  goh  yo'qolib  ketadigan 
bog‘lanishlarga  asoslanmaydi;
— qonun narsa va hodisalarning umumiy bog‘lanishlarini ifo­
dalaydi.
Qonun nisbatan barqaror,  takrorlanib turuvchi bog‘lanishlarni 
(munosabatlarni)  ifodalaydi,  ya’ni  bir  safar  yuz  berib,  ikkinchi 
safar  yuz  bermaydigan  bog‘lanishlarni  qonun  qamrab  olmaydi. 
Masalan,  2019-yili qishdan keyin bahor kelib,  2020-yilda qishdan 
keyin  birdaniga  yoz  kelishini  tasavvur  qilib  bolmaydi.  Chunki, 
bu tabiat  qonuni  —  fasllar o‘zgarishi  qonuni  doirasiga kirmaydi.
Tabiat  qonunlarining  yana  bir  eng  muhim  xususiyati  —  u 
obyektiv  xarakterga  ega,  ya’ni  u  insonga  ham,  insoniyatga  ham 
bogliq  emas.  Biror  kishi,  hatto  millatning  irodasi  bilan  ham, 
tabiat  qonuniga  tub  o‘zgartirish  kiritish  yoki  uni  butunlay  yo‘q 
qilish  mumkin  emas.  Chunki  bu  qonunlarning  asosini  tashkil 
qilgan boglanishlar,  munosabatlar  obyektiv xususiyatga  ega.

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish