T o sh k e n t irrig a tsiy a va q ishloq xo‘ja L ig in I



Download 8,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/286
Sana11.01.2022
Hajmi8,66 Mb.
#347678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   286
Bog'liq
Falsafa asoslari

MUQADDIMA
Muhtaram kitobxon!
Mana,  siz  «Falsafa»  fanini  o‘rganishga  kirishdingiz.  «Bu qanday 
Ian?»,  «U nimalar haqida bahs yuritadi?»  degan savollar bilan ushbu 
kitobni  ochdingiz.  «Falsafani  nima  uchun  o‘rganish  lozim?»,  «Un- 
dan  olingan  bilimlarni  hayotda  qo‘llash  mumkinmi?»  kabi  savollar 
ham xayolingizdan  o lg a n  bolishi  mumkin.
Haqiqatan  ham,  falsafa  qanday  fan?  Uning  mazmun-mohiyati 
nimadan  iborat?  Bu  fanni  o‘rganish  insonga  nima  beradi?  Keling, 
birgalikda ushbu  savollarga javob  topishga  harakat  qilaylik.
Avvalo,  ta’kidlash  joizki,  insoniyat  yaratgan  ma’naviy  boyliklar 
orasida falsafa ilmida to‘plangan hikmatlar xazinasi,  atoqli allomalar 
merosi,  ularning  asarlari,  g‘oya  va  ta’limotlari  muhim  o‘rin  tutadi. 
Har bir davrning buyuk donishmandlari o‘z yurti va xalqining tafak- 
kuri,  ruhiyati  hamda  orzu-intilishlarini  falsafiy  ta’limotlarida  ifoda 
etganlar, jamiyat  farovonligi  va  millat  ravnaqi  uchun  xizmat  qiladi­
gan  yuksak  g'oyalarni  o‘rtaga  tashlaganlar.  Xalqni  buyuk  maqsad­
lar sari  yetaklovchi bunday g'oyalarning  muayyan  davr mafkurasiga 
aylanishida  falsafiy bilimlar katta  ahamiyat kasb  etadi.
Shu bilan birga, har qanday zamonda ham insoniyat mavjud ekan, 
olam  va  odam  qanday  qonuniyatlar  asosida  yashaydi,  o‘zgaradi  va 
taraqqiy  etadi,  degan  savollarga  javob  izlaydi.  Umrning  mazmuni 
nimadan  iborat,  avlodlar  ortidan  avlodlar  kelib-ketaverishida  qan­
day  ma’no  bor  kabi  masalalar  ham  barchani  o‘ylantiradi.  Ehtimol, 
o'zingiz  ham  shu  singari  bir-biridan  murakkab  savollarga  duch  kel- 
gansiz,  ularga  javob  izlagandirsiz?  Bu  masalalar  haqida  kimlar  bi- 
landir fikr almashib,  bahslashgingiz ham kelar?  Falsafa ana shunday 
masalalar  bilan  shug‘ullanadi.  U  nihoyatda  qadimiy  fan.  Olam  va 
odamlar  o‘rtasidagi  munosabatlar,  inson  qadri va um rning  mazmu­
ni,  dunyodagi  o‘zgarishlar,  o‘zaro  aloqadorlik  va  bogliqlik  hamda 
taraqqiyot  masalalari  falsafaning  asosiy  mavzulari hisoblanadi.
Ayni  paytda  ko‘pchiligim iz  «Inson  —  Yaratganning  mo‘jizasi, 
olamning gultoji,  tiriklikning  eng buyuk qadriyatidir»,  degan fikr- 
ga  o‘rganib  qolganmiz.  H ar  bir  kishiga  um r  bir  m arta  ato  etili- 
shi,  avlodlar  ortidan  avlodlar  kelishining  abadiyat  qonuni  ekan- 
ligi  ham   barchamizga  ayon.  Shunday  ekan,  hayotning  ma’nosi 
va  um rning  mazmuni  nim adan  iborat?  Serm azm unva  baxtli  ya-
i  Ter DU  А К I

№ 
Ш  U £


shashning  barchaga  mos  keladigan  hammabop  modeli,  maxsus 
usullari  bormi?  Nim a  uchun  ba’zi  insonlarning  hayoti,  faoliyati 
boshqalarga  namuna,  ibrat  bo£ladi-yu,  boshqalardan  tuzukroq  iz, 
biror-bir yaxshilik ham qolmaydi?  Falsafaning  azaliy muammolari 
bo‘lgan  bu  kabi  savollarga javob  topish  uchun  o‘z  um ri  va  salohi- 
yatini  bag‘ishlagan  ne-ne  buyuk  zotlar  mutafakkirlar,  allomalar 
o‘tganlar.
Bunday  masalalar  yechimini  topishda  falsafiy  tafakkur  uslu- 
bining  boshqa  soha  bilimlaridan  farqi  va  samaradorligi  ma’lum. 
Falsafiy  bilimlardan  bexabar,  undan  yiroq  bo‘lgan  inson  tevarak- 
atrofdagi,  jamiyatdagi,  narsa-hodisalardagi,  tabiatdagi  o‘zgarishlar, 
yangilanishlarning  asosan,  tashqi  tomonini  sezgi  a’zolari  vositasida 
idrok qiladi.  Lekin,  nima uchun bu hodisa sodir boldi? Nima uchun 
aynan  shunday  holatda,  aynan  shu  vaqtda  va  makonda  ro‘y  berdi? 
Bu tasodifiy hodisami yoki zaruriymi? Voqealar rivoji qanday davom 
etadi?  Kelajakda qanday o‘zgarishlarga olib  keladi?  kabi  savollar us- 
tida bosh qotirmaydi.  Ushbu savollarga javob berishga imkon yarata- 
digan falsafiy bilimlar esa odamni fikrlashga  majbur qiladi,  olam va 
yashash  sirlarini  anglashga yordam beradi.
Qolaversa,  biz  yashayotgan  olam  turli-tum an  darajada  yaralgan: 
jonsiz  narsalar,  o‘simliklar  va  hayvonot  dunyosi,  kishilik jamiyati. 
Tashqaridan  qaraganda  bular  har  qaysisi  o‘z  qonun-qoidalariga  ega 
bolgan alohida bir sistemalardir. Ammo bularni yaxlit bir tizim  sifa­
tida bog‘lab turuvchi,  o‘zaro taqozo qiluychi qandaydir bir bogliqlik, 
sababiyat,  qonuniyat mavjudmi? Narsa-hodisalarning ichki,  tub m o­
hiyatini bilish mumkinmi? Va bu bilimning xolis,  obyektiv ekanligi- 
ga kim kafolat beradi?  Shu va shu kabi savollarga javob berish uchun 
ham  falsafiy  bilimlar  yordamga  keladi,  albatta.  Falsafadan  boshqa 
bilim  sohalari  yordamida bu  savollarga javob  berish  biroz  mushkul- 
lik tug‘dirishi mumkin.
Alohida  ta’kidlash  joizki,  juda  ko‘plab  tabiatshunoslar,  adabi- 
yot,  san’at  va  boshqa  ijtimoiy  sohalar  vakillari,  matematik,  fizik, 
injener  olimlar  faoliyatida  voqea-hodisalardagi  o‘zgarishlarning  sa- 
babini,  o‘zaro  aloqadorligini  va  ta’sirini  ilg‘ay  olishdek  yetuk  fal­
safiy  tafakkur va  mushohada  namoyon bo£ladi.  Narsalarning  tashqi 
tomoni,  ko‘rinishi  emas,  balki  uning  ichki  tub  mohiyatiga  yetish, 
o‘zgarishining  sababini  aniqlash  hamda  kelajagi  to‘g‘risida  fikrlar
4


bildirish falsafa rautaxassisi bo‘lmagan ko‘pchilik olimlarga ham xos 
fazilatlardir.
Lekin  shu  narsa  aniqki,  falsafiy  bilimlar  insonni  hayotda  o‘z 
o‘rnini  topishi,  tom  ma’noda  o‘z  e’tiqodiga,  fuqarolik  pozitsiyasiga 
ega  bolishida,  maqsadiga  erishishida  beqiyos  rol  o‘ynaydi.  Albatta, 
faylasuflar olamni xilma-xil izohlaydilar, har bir kishining hayoti ham 
turlicha  kechadi.  Bu  boradagi  eng  asosiy  masala,  um rni  mazmunli 
o‘tkazish,  yaxshi nom qoldirish,  el-yurt koriga yarab,  odamlarga doi- 
mo kerak bo‘lib yashash tuyg‘usini o‘ziga saodat  deb bilishdir.
Shu bilan birga, hayotda yuz berishi m um kin bo‘lgan muammo - 
larga  falsafiy  munosabatda  bo‘lib,  ularning  yechim ini  topishga 
harakat  qilish  um rni  m azm unli  o‘tkazishda  juda  m uhim   aham i­
yat  kasb  etadi.  Afsuski,  bu  borada  oddiy  tilda  yozilgan  falsafiy 
qo‘llanmalar,  xalqchil  kitoblar  hali  ham  yetarli  emas.
Odatda,  mutaxassis  bo‘lmagan  ba’zi  kishilar  falsafani  eng  qiyin 
va  eng  mavhum  fan  deb  hisoblaydilar.  Buning  sababi  nimada?  Bu­
ning  boisi  shuki,  falsafa  ko‘p  yillar  mobaynida  oddiy va  ravon  tilda 
tushuntirilmas,  aksincha,  turli  qonun va qoidalar,  xilma-xil ta’limot 
va  g‘oyalar  majnmyidan  iborat  murakkab  bir  fan  sifatida  talqin  eti- 
lar  edi.  U  yoki  bu  falsafiy  qoida  nega  kerak,  ularni  o‘rganishning 
qanday  ahamiyati  bor,  muayyan  faylasuf aynan  biror-bir  g‘oya  yoki 
ta’limotga  ko'proq  ahamiyat  berganining  sababi  nimada,  nima 
uchun  uning  qarashlarida  aynan  ana  shu  muammo  ustuvor  bo‘ldi, 
degan  masalalar  ko‘p  hollarda  nazardan  chetda  qolar  edi.  Falsafa 
tarixiy  voqelik  bilan  bog‘lab  tushuntirilmas,  falsafiy  ta ’limotlar  o‘z 
asoschilari hayotining uzviy  qismi  ekani yoddan  chiqarilar  edi.
Oqibatda  nima  bo‘lar  edi?  Falsafa  mutaxassisi  bo‘lmagan  tala- 
balarning  nihoyatda  oz  qismigina bu  fanning  asl  mohiyatini  tushu- 
nib  olardi,  xolos.  Aksariyat  yoshlar  esa,  falsafa  olamiga  kirib  bora 
olmasdan,  go‘yoki  katta  shahar  boshlanadigan joyda  qolib  ketardi. 
Kun  sayin  chuqurlashib,  fan  sirlarini  bor  murakkabligicha  tushun- 
tirishda  davom  etayotgan  o'qituvchi  sanoqli  talabalar  bilan  birga 
o‘sha  shaharga  kirardi,  ko‘chalar,  mahallalarni  —  falsafa  dunyosini 
kezishda  davom  etardi.  Lekin  qolgan  talabalar  esa  bu  xazinadan 
bebahra  bo‘lib,  shaharga  kirmasdan  o'tadigan  aylanma  yoMdan  bo- 
rishga  majbur bo‘lar va  shu  tariqa  falsafaning  mohiyatini  durustroq 
tushunmay,  diplom  olardi hamda  amaliyotga ketardi.
5


Bundaylar nazarida  falsafa tushunarsiz,  mavhum va  ortiqcha  fan 
bo‘lib  qoladi,  faqat  baho  olish  uchun  yodlangan  qonun  va  qoidalar 
tez  orada  unutiladi.  Ularda  falsafa  qonunlarini  hayotga  tatbiq  etib 
bo‘lmaydi,  bu  —  foydasiz  bilim  sohasi,  binobarin  uni  o‘rganishga 
ketgan  vaqt  bekorga  o‘tdi,  degan  alamli  qarash  shakllanib  qoladi. 
Agar  falsafadan  bilim  beruvchi  o‘qituvchining  o‘zi  ham  bu  sohani 
bir  mahallar  chetlab  o‘tgan  sobiq  talabalardan  biri  bolsa,  masala 
yanada chigallashadi.
Aslida,  falsafaning  asosiy  vazifasi  inson  ongida  ezgu  intilishlar, 
yuksak m a’naviy qadriyatlarga mos dunyoqarashni shakllantirishdan 
iborat.  Bunday dunyoqarash biron-bir g‘oyani zo‘rlab  singdirish yoki 
quruq yod  oldirish orqali emas,  balki ishontirish,  xilma-xil fikrlarni 
o‘rtaga  tashlash,  muhokama  qilish,  zarur  tushuncha,  tamoyillarni 
aniqlash jarayonida  shakllanadi va rivojlanadi.
Ana shularni hisobga olgan holda,  mazkur kitobda quyidagilarga 
alohida  e’tibor qaratildi:
—  falsafani  jahon  madaniyati  va  sivilizatsiyasining  muhim 
tarkibiy qismi  sifatida  o‘rganish;
—  falsafiy  g‘oyalar,  muammolar,  oqim  va  yo‘nalishlarni  tavsif- 
lashda umuminsoniy va milliy qadriyatlarning uyg'unligi tamoyiliga 
amal  qilish;
—  har bir  mavzuni  istiqlol  va  0 ‘zbekistonda  amalga  oshirilayot- 
gan tub  o‘zgarishlar bilan uzviy bogliq holda tushuntirish.
Biz  bu  jarayonda  biror-bir  g‘oya,  oqim,  yo‘nalish  yoki  falsafiy 
ta ’limotni  mutlaqlashtirib,  boshqalarining  ahamiyatini  kamsitish 
fikridan  yiroqmiz.  Aksincha,  maqsadimiz  ularning  barchasini 
xolis  talqin  etish,  talabalarda  falsafa  fani,  xilma-xil  falsafiy 
oqimlar,  atoqli  faylasuflar  va  ularning  ta’limotlari  haqida  to‘g‘ri  va 
xolisona tasavvurni  shakllantirishdan iboratdir.
6


\

Download 8,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   286




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish