«Dunyoqarash» tushunchasi, uning shakllari. Falsafiy dunyo-
qarashning yo‘nalishlari va vazifalari.
H ar bir kishining dunyoga
nisbatan o ‘z qarashi, o‘zi va o ‘zgalar, hayot va olam to ‘g‘risidagi
tasavvurlari, xulosalari b o lad i. A na shu tasavvurlar, tushuncha-
12
lar, qarash va xulosalar m uayyan kishining boshqa odamlarga
m unosabati va kundalik faoliyatining m azm unini belgilaydi. Shu
m a’noda, dunyoqarash — insonning tevarak-atrofini qurshab tur-
gan voqelik to ‘g‘risidagi, olam ning mohiyati, tuzilishi, o‘zining
undagi o‘rn i haqidagi qarashlar, tasavvurlar, bilim lar tizimidir.
Dunyoqarash - olam ni eng um um iy tarzda tasavvur qilish, idrok
etish va bilishdir.
Dunyoqarashning bir kishiga yoki alohida shaxsga xos shakli
individual dunyoqarash deyiladi. G uruh, partiya, m illat yoki bu
tu n jam iyatga xos dunyoqarashlar majmuasi esa, ijtimoiy dun
yoqarash deb yuritiladi. Ijtimoiy dunyoqarash individual dunyo
qarashlar yig‘indisidan dunyoga keladi, deyish m um kin. Bunda
ijtimoiy dunyoqarashning um um iy va xususiy shakllarini hisobga
olish lozim.
K undalik hayotiy tajribalar asosida jam iyatda, odam larda
oddiy, o‘z-o‘zicha rivojlanuvchi (stixiyali) mohiyatga ega bo‘lgan
qarashlar, tushunchalar, g‘oyalar shakllanadi. Bu — dunyoqarash
ning o‘z-o‘zicha rivojlanuvchi (stixiyali) shakli hisoblanadi. U ni
ko‘pincha hayotiy falsafa, deb ham ataydilar.
Hayotiy falsafaning doirasi juda keng b o lib , ongning sodda
nam oyon b o lis h shakllarini ham , oqilona va so g io m fikrlarni
ham o ‘z ichiga oladi. Hayotiy falsafa yoki oddiy amaliy dunyo
qarashning o ‘ziga xos tu rin i inson faoliyatining turli sohalari-
dagi bilim va tajribalar ta ’sirida shakllanayotgan qarashlar tash
kil etadi. «Har kim ning o ‘z falsafasi bor» deyilganida ana shu
hoi anglanaladi. D em ak, dunyoqarash o ‘zining kundalik om
maviy shakllarida chuqur va yetarli darajada asoslanm agan stixi
yali xarakterga ega. Shuning uchun ham ko‘p hollarda kundalik
tafakkur m uhim m asalalarni to ‘g‘ri tushuntirish va baholashga
ojizlik qiladi. Buning uchun olam ni ilm iy tah lil qilish va bilish
zarur.
Dunyoqarashning tarixiylik tamoyili. Dunyoqarash muayyan
davrda shakllanadi. Shu m a’noda, h ar qanday dunyoqarash ij-
timoiy-tarixiy mohiyatga ega b o lib , kishilarning um ri, amaliy
faoliyati, hayoti, tabiatga ta ’siri va m ehnati jarayonida vujudga
keladi. H ar bir davrda ijtimoiy guruh, jam iyat va avlodning o‘z
13
dunyoqarashi mavjudligi ham bu tushunchaning tarixiy m ohi-
yatga ega ekanini ko‘rsatadi.
D unyoqarashning tarixiyligi yana shundaki, u m a’lum bir ja-
rayonda takom illashib boradi. U ning shakllari o‘zgaradi, tarixiy
ko‘rinishlari m uttasil yangilanib turadi.
M a’lumki, insoniyat taraqqiyotining ilk bosqichlarida dunyo-
qarash nihoyatda oddiy bolgan. Agar shunday bolm aganida, har
qanday jism o‘z hajmiga teng suyuqlik m iqdorini siqib chiqa
rish xossasiga ega ekanini kashf etgan qadimgi zam onning buyuk
olim i A rxim ed ham m om dan yalang'och holda chiqib, «Evrika!»,
ya’ni «Topdim!», deya qichqirm agan bo ‘lar edi.
Dunyoqarash jam iyat rivojiga mos ravishda asta-sekin takom il
lashib borgan. Taraqqiyotning keyingi davrlarida fan sohasida qi
lingan kashfiyotlar inson dunyoqarashi naqadar chuqurlashib,
uning bilim lar doirasi kengayib ketganini ko‘rsatadi. Bunda voris
lik an ’anasi yaqqol ko‘zga tashlanadi: h ar bir davrning dunyoqa
rashi, g'oyasi o‘tm ishda yaratilgan m a’naviy qadriyatlarning eng
yaxshilarini, ilg‘or va ijobiylarini o‘zida saqlab qoladi. Shu asosda
yangi tamoyillarga ega b o lg a n dunyoqarash ham takom illashib
boradi. Oddiy bug‘ m ashinasidan kosm ik raketalargacha b o lg a n
fan-texnika taraqqiyoti bunga yaqqol misol b o la oladi.
Falsafiy dunyoqarash kundalik faoliyat, dunyoviy, diniy, ilm iy
bilimlar, hayotiy kuzatishlar va ijtimoiy tarbiya ta ’sirida shaklla-
nadi ham da rivojlanadi. Inson ongli ijtimoiy mavjudot b o lg a n i
bois, uning dunyoqarashi m uayyan ehtiyoj va m anfaatlarga asos-
lanadi. Dem ak, har qanday dunyoqarash muayyan inson, ijtimoiy
guruh yoki tabaqaning o‘z ehtiyoj, m anfaatlaridan kelib chiqqan
holda borliqqa m unosabatini ifodalovchi g‘oyalar, nazariyalar, bi
lim lar majmuasi, ruhiy holat va e’tiqod mujassami ham da ular
ning namoyon bolishidir.
Falsafiy dunyoqarash, mohiyat-mazmuniga k o la , m a’naviy faoli
yat bolg an i bois, u borliqqa b o lg an ongli, insoniy munosabatning
muayyan yo‘nalishlarini vujudga keltirgan. M asalan, kishilarning
jamiyatdagi axloqiy munosabatlari — axloqiy dunyoqarashlarida,
huquqiy munosabatlari — huquqiy, siyosiy munosabatlari — siyosiy,
diniy munosabatlari — diniy, ekologik munosabatlari — ekologik
14
dunyoqarash shakllarida o‘z ifodasini topgan. Buni tizim tarzida
izohlaydigan bolsak, quyidagicha k o lin ish kasb etadi:
1. Axloqiy.
2. Diniy.
3. Huquqiy.
4. Siyosiy.
5. Ekologik.
6. Estetik.
Bu tizim ni tashkil qilgan nisbatan m ustaqil dunyoqarash
shakllari o‘zaro bogliqlikda, aloqadorlikda harakat qiladi.
Dunyoqarash tizim ining rivojlanish darajasi jam iyat taraqqi-
yotiga mos keladi va u n i ifodalab turadi. B undan tashqari, har
bir tarixiy davrda m illatning rivojlanishi, uning m entaliteti va
dunyoqarashida nam oyon b o lad i. Boshqacha qilib aytganda,
dunyoqarash tizim i va ularning xususiyatlari muayyan inson, ij
tim oiy guruh, tabaqa va butun m illatning m a’naviy qiyofasini
belgilab beradi.
«Dunyoqarash» tushunchasi o‘zlikni anglash, vatanparvarlik,
milliy g‘urur, tarixiy xotira, m a’naviy barkam ollik kabi tuyg‘u
va tushunchalar bilan uzviy b o g liq holda shakllanadi. Chunki,
dunyoqarash aynan ana shu ruhiy-ijtimoiy hodisalar orqali oy-
dinlashadi, um um insoniy qadriyatlarning tarixiy bir bolagiga
aylanadi.
Falsafiy dunyoqarashning tarixiy shakllari insoniyat taraqqi
yotining qonuniy natijasi b o lib , jam iyat rivojlanishining m a’naviy
m ezoni sifatida nam oyon bolgan. Taraqqiyotning dastlabki
bosqichlarida kishilarning tabiatga, o ‘zlarining ijtimoiy hayoti-
ga b o lg a n m unosabati turli rivoyat va afsonalarda o‘z ifodasini
topgan. U lar shu tariqa mifologik dunyoqarashni shakllantirgan.
Yovuzlik va ezgulik o ltasid ag i kurashda yaxshilikning mudom
tantana qilishi mifologik dunyoqarashning gum anistik mazm u-
nidan dalolat beradi. Xususan, o‘zbek xalqi sivilizatsiyasi ja-
rayonida yaratilgan rivoyat, afsona va boshqa janrlardagi og‘zaki
ijod nam unalari m illatim iz tarixda qanday n a’naviy qiyofaga ega
b o lg a n in i hanuz k o lsatib turadi. U lar bugungi kunda jahon ah-
lini hayratga solmoqda.
15
Mifologik dunyoqarash qadim gi zam on kishilarining o‘zlariga
munosib hayot sharoitlarini yaratish ehtiyojlaridan kelib chiqqan.
Ezgulik va haqiqat uchun kurash g‘oyalarining ifodasi bo‘lgan
afsona va rivoyatlarda m illatning m uayyan ruhiy holati, kelajakka
ishonchi, vatanga m uhabbati, insoniy kamolotga intilishi badiiy
vositalar, afsonaviy qahram onlar tim solida ifoda etilgan.
M uayyan dunyoqarash tarkibida diniy-ilohiy qarashlar o‘ziga
xos aham iyat kasb etadi. U lar insonning ilohga bo‘lgan e ’tiqodi
bilan b o g liq b o lib , vujudga kelishiga k o la , boshqa dunyoqarash
shakllari kabi, muayyan asoslarga ega. Jam iyat hayotida h ar qan
day, shu jum ladan, diniy dunyoqarashning o ‘rn i va aham iyatini
ham sun’iy ravishda mutlaqlashtirish, salbiy oqibatlarni keltirib
chiqarishi m um kin. Bu hoi ayniqsa, diniy fundam entalizm va
ekstrem izm insoniyat uchun jiddiy xavfga aylangan hozirgi davrda
yaqqol nam oyon bolm oqda.
D iniy dunyoqarashni teologiya deb ataladigan falsafiy fan
o lg an ad i. Teologiya olam va odam munosabati, um rning m az
m uni, hayot va o lim m uam m osi kabi m asalalarni ilohiyot, diniy
e’tiqod tushunchalari bilan b o g lab tahlil qiladi ham da o‘ziga xos
m ukam m al tizim ini yaratgan. Bugungi kunda diniy dunyoqa
rashning bir talay asosiy vazifalari orasida, uning hayot ziddiyat-
larini b artaraf qilish bilan b o g liq regulyativ faoliyati nihoyatda
muhim dir. U m um an, dinning barkamol avlodni tarbiyalashdagi
o ‘rn i va ahamiyati benihoyat ulkan va u tobora ortib borm oqda.
Taraqqiyot jarayonida falsafadan tabiatshunoslik fanlari bilan
birga psixologiya, etika, estetika kabi ijtimoiy fanlar ham ajralib
chiqdi. Keyinchalik m adaniyat, qadriyatlar va huquq kabi so-
halarni olganadigan alohida yo'nalishlar ham paydo b o ld i. U lar
olam ni o ‘z predm eti doirasida yaxlit bilish, uning xususiy qo-
nuniyatlarini olganishga yordam beradi.
Falsafiy yo‘nalishlar, tadqiqot olib boradigan sohasiga ko‘ra,
o‘ziga xos b o lib , asosiylari quyidagilardir:
Ontologiya — olam, inson va jam iyatning obyektiv-universal
mohiyati to ‘g‘risidagi falsafiy ta ’limotdir. Boshqacha aytganda, u
borliq to ‘g‘risidagi, insonning olamga b o lg a n m unosabati haqi
dagi falsafiy bilim sohasidir.
Gnoseologiya — bilish falsafasi b o lib , olam ni anglash, bilish
nazariyasi, bilishning shakli, usullari va im koniyatlari to ‘g‘risidagi
ta ’limotdir.
Aksiologiya — qadriyatshunoslik yoki qadriyatlar to ‘g‘risidagi
falsafiy ta ’limot.
Praksiologiya — insonning predm etli-o‘zgartiruvchan, amaliy
faoliyati to ‘g‘risidagi falsafiy ta ’limot.
Metodologiya — bilish va o‘zgaruvchan faoliyat usullari
to‘g‘risidagi ta ’limot.
Logika — tafakkur shakllari (tushuncha, hukm , xulosa) va ta
fakkur vositalarini (ta’rif, qoida, muhokama, tafakkur qonuniyat-
lari), ularning m azm unidan qat’i nazar, xolis o ‘rganuvchi ta ’limot.
Etika — axloq falsafasi, insoniyatning axloqiy tam oyillari, ta
lab va tartib-qoidalari to‘g‘risidagi fan.
Estetika — nafosat falsafasi, jam iyat va inson hayotida
go‘zallikning o ‘rni, qonun-qoidalari to ‘g‘risidagi qarashlar maj-
muyi.
Bundan tashqari, inson falsafasi (antropologiya), ijtimoiy fal
safa, tabiat falsafasi, m adaniyat falsafasi (kulturologiya), san’at
falsafasi, m afkura falsafasi (ideologiya), din falsafasi (teologiya),
siyosat falsafasi (politologiya), huquq falsafasi, texnika falsafasi
kabi sohalar ham mavjudki, ular bir so‘z bilan ijtimoiy-falsafiy
fanlar tizim i deyiladi.
Ikkinchi xil klassifikatsiya falsafiy fanlar tasnifida olam va
odam , borliqning asosi bilan bog‘liq m asalalar qanday usulda
hal qilinishiga qarab belgilanadi. Bunday tasniflash natijasida
m onizm , dualizm , plyuralizm , m aterializm , idealizm , teizm,
ateizm kabi ko‘plab yo‘nalishlar ko‘zga tashlanadi. Falsafani
o‘rganish jarayonida bu tushunchalarga hali ko‘p duch kelamiz va
o‘rn i kelganda ularga zarur izoh va ta ’rif berishga harakat qilamiz.
Bu tizim da falsafa tarixi bilim ning m uhim tarm og‘i hisobla
nadi. Bunda tadrijiy taraqqiyot tamoyili asosida falsafiy tizim lar
o‘rtasidagi tarixiy izchillikka tayaniladi. M azkur qo‘llanm ada
falsafa tarixi ana shunday tam oyil asosida o ‘rganilgan.
Falsafiy bilim lar tizim ining o ‘zgarishi va m azm unan boyib
borishi obyektiv ijtimoiy-tarixiy jarayon m ahsuli bo ‘lib, u jam i-
Do'stlaringiz bilan baham: |