t.me/tuit_students_chanel
25.5-rasm. Tugun turlari asosida SST marshrutizatsiya protokollari tasnifi
25.4. Mobil SST
So‗ngi yillarda, MANET mobil qurilmalaridan tuzilgan, markazlashtirilmagan
o‗zidan tashkil etiladigan simsiz tarmoqlar joriy qilinmoqda. Bu kabi
tarmoqlarning har bir qurilmasi har qanday yo‗nalishda erkin harakatlanishi, va o‗z
qo‗shnilari bilan bog‗lanishlarni uzishi yoki o‗rnatishi mumkin.
MANET o‗zidan tashkil etiladigan tarmoqlar dasturiy arxitekturadagi simsiz
tarmoqlar ustidan quyidagi afzalliklarga ega:
uzatkich quvvatin oshirmasdan ma‘lumotlarni katta uzoqlikga uzatish
imkoni;
tarmoq tuzilmasi o‗zgarishlariga turg‗unligi;
noqulay to‗siqli holatlarda tezlikli rekonfiguratsiyalanish imkoni;
tarmoqni kengaytirishda oddiylik va yuqori tezlik.
Lekin tugunlarning mobilligi tarmoq topologiyasi harakatchangligining
qo‗shimcha ortishiga olib keladi, natijada to‗siqlar yuz berashida aloqaning
uzilishiga yoki tugunnni kiritish/o‗chirishda uning ko‗shib o‗tish ehtimolligi ortadi.
MANET tarmoq darajasida marshrutizatsiya uchun dinamik tarmoqga
yo‗naltirilgan, maxsus protokollar qo‗llaniladi (masalan, agar oraliq tugun o‗tib
ketsa, yoki buzilsa, marshrutni ta‘minlash):
1)
reaktiv
turdagilar – paketni uzatish kerak bo‗lganida va o‗ning uchun
ma‘lum yo‗nalish bo‗lmaganida marshrutni topadi, agar xato yuz bersa, ushbu
Klasterli
Klastersiz
Klasterli
Klastersiz
Bir rangli
Bir rangli bo‗lmagan
SST marshrutizatsiya protokollari tasnifi
t.me/tuit_students_chanel
yo‗nalishni o‗zgartiradi, masalan:AODV (Ad hoc On-Demand Distance Vector)
so‗rovi bo‗yicha oraliq vektorning maxsus protokoli, DSR manbasining dinamik
marshrutizatsiya protokoli () va boshqalar:
2)
proaktivlar
(
preventiv
) – manba-qabul qilgich juftligining barchasi uchun
marshrutni aniqlaydi va yo‗nalishni ta‘minlash uchun marshrutizatsiya haqidagi
ma‘lumotni davriy tarzda yangilab boradi, masalan: OLSR (Optimized Link-State
Routing) bog‗lanish holatidagi optimizatsiyalangan marshrutizatsiya protokoli.
Protokolni qo‗llash abonentlarning holati va harakatlanish tezligi hisobidan
qo‗llanilishi mumkin.Masalan, avtomobil versiyadagi MANET uchun, reaktiv
protokollarni qo‗llash mumkin.
MANET tarmoqlari transport vositalari uchun Ad hoc tarmoqlarni ulaydi, va
unda qatnashuvchi har bir avtomobil, oraliqda mobil tarmoqni yaratadigan bir
biriga ulanishi mumkin bo‗lgan simsiz marshrutizatorga yoki tugunga aylanadi.
VANET (Vehicular Ad hoc Network) tarmoqlari uchun standart IEEE 802.11r
guruhida ishlab chiqiladi. IEEE 802.11r standartining texnik vositalari 200
km/soatgacha tezlikda va 1 km gacha oraliqda harakatlanishi mukin. Fizik daraja
va MAS sath bo‗yicha IEEE 802.11a standartiga asoslanadi. AQSh uchun
chastotaviy diapazon 5,859 dan 5,925 GGs gacha spektrda, Yevropa uchun
kengligi 10 MGs dagi har biri 5,865-5,875 GGs va5,885-5,895 GGs tagi ikki
diapazonni qo‗llash tavsiya etilgan.
Transport vositalarining bir biri va aloqa tarmog‗i bilan o‗z aro bog‗lanishi
keng ko‗lamli Internet turining yaratilishiga olib keladi. Bunning o‗zida zamonaviy
avtomobil o‗zida GPS/GLONASS qabul qilgichiga, har hil sensorga va bort
kompyuterga ega. Lekin, VANET ni yaratishdagi masala ancha boshqacha.
VANET tarmog‗i arxitekturasi boshqa avtomobillar bilan o‗z-aro bog‗lanish bilan
birga yo‗l bo‗yicha qurilgan tarmoq bilan ham bog‗lanishni ta‘minlashni nazarga
oladi. Bunda xizmatning uch guruhi ajratiladi:
1. Xavfsizlikning ta‘minlanishi- haydovchi uchun himoya (navigatsiya,
so‗qlig‗ishlarning oldini olish va polosaning o‗zgartilishi), xabarlandirish ( tezlikni
cheklash yoki remont ishlari zonasi haqidagi ogohlantirish), ogohlantirish (to‗siqlar
yoki yo‗llarning holati haqida).
2. Avtomobil trafigini boshqarish samaradorligini orttirish- yo‗lning
davomiyligini qisqartirish, yoqilg‗ining sarflanishi).
3. Yo‗lovchi va haydovchilarning qulaylik darajasini orttirish –
avtomobilning joylashgan o‗rni haqida, yo‗llardagi harakattagi trafik haqidagi, ob-
havo haqida, P2P bog‗lanishni amalga oshirish imkoniyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |