T. Malikov O. Olimjonov moliya


bob. Moliyaviy nazariyalar



Download 1,07 Mb.
bet33/369
Sana02.08.2021
Hajmi1,07 Mb.
#135729
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   369
Bog'liq
T. Malikov O. Olimjonov moliya (2)

bob. Moliyaviy nazariyalar


    1. Xorijiy iqtisodchilarning moliyaga oid nazariyalari

Jamiyat taraqqiyotining turli bosqichlarida markazlash-tirilgan va markazlashtirilmagan pul fondlarining shakllantirilishi, taqsimlanishi va foydalanilishiga oid iqtisodiy munosabatlarni o’rgangan moliya fani iqtisodchi olimlar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlar ta’sirida shakllandi. Olimlar yaratgan moliyaviy nazariyalar amaliyot tomonidan tekshirildi hamda agar ular hodisalarning haqiqiy mohiyatini o’zida aks ettirgan bo’lsa, fan sifatida e’tirof etildi. Shu munosabat bilan moliya sohasida ilmiy bilimlarni shakllantirishga yordam beradigan moliyaning turli nazariyalarini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

Iqtisodchi olimlar tomonidan moliyaga oid ishlab chiqilgan nazariy qarashlar moliyaviy qonunchilik va davlat fiskal siyosatining asosini tashkil qildi. Xorijiy iqtisodchilar moliyaga oid nazariyalarining birinchi guruhini siyosiy iqtisod mumtoz olimlarining kontseptsiyalari tashkil etadi. Kapitalistik taraqqiyotning dastlabki bosqichidayoq barcha iqtisodiy nazariyalarda moliyaviy kontseptsiyalar alohida o’ringa ega bo’lgan. Davlat xarajatlari, soliqlar, kredit va byudjetning iqtisodiyotga ta’siri masalalari siyosiy iqtisod klassiklari (Buyuk Britaniyada – U.Petti, A.Smit va D.Rikardo, Fransiyada – P.Baugilber) tomonidan tadqiq qilingan.

Moliya fanining asoschilaridan biri A.Smit (1723-1790 yillar) o’zining “Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to’g’risida tadqiqot” deb nomlangan fundamental asarida davlat moliyasining mohiyati to’g’risida ayrim g’oyalarni ishlab chiqdiki, ular mehnatning unumli va unumsizligi to’g’risidagi ta’limotga (bu ta’limot A.Smitniki) asoslangan edi. Uning aniqlashicha, bevosita kapitalga almashtiriladigan mehnat unumli, unumsiz mehnat esa daromadga, ya’ni ish haqi va foydaga almashtiriladigan mehnatdir. Ana shu nazariy qarashlardan kelib chiqqan holda A.Smit (va undan so’ng D.Rikardo) moliyaviy kategoriyalarga (davlatning daromadlari va xarajatlariga) tavsifnoma bergan. U soliqlar hisobidan olingan davlat daromadlari barchasining yoki deyarli barchasining unumsiz sarflanishini isbotlagan. Shuning uchun ham davlat xarajatlari kapitalning jamg’arilishi va milliy daromadning o’sishi imkoniyatlarini qisqartiradi. Ana shundan uning soliqlarga nisbatan salbiy munosabati kelib chiqqan. A.Smit yaratilgan qiymatni unumsiz sarflaydigan va shu munosabat bilan ishlab chiqarish kuchlarining

rivojlanishiga to’siq bo’luvchi davlatning xarajatlarini qisqartirish kerak, degan xulosaga keladi.

A.Smit davlat xarajatlari siyosatini tanqid qilgan bo’lsa-da, ular ma’lum bir qismi bo’lishining zarurligini e’tirof etgan. Chunki ana shu qism ishlab chiqarishning umumiy shart-sharoitlarini himoya qilishga qaratilgan bo’ladi. Uning ta’limotida soliqlar nazariyasiga katta o’rin berilgan. U soliqqa tortishni maqsadga muvofiq ravishda tashkil qilishning quyidagi to’rt asosiy tamoyillarini ishlab chiqqan:



  • soliqlar ularni to’lovchilarning salohiyatiga va kuchiga muvofiq to’lanishi kerak;

  • soliqlarning miqdori va ularni to’lash muddatlari aniq belgilangan bo’lmog’i lozim;

  • soliqlarni undirilish vaqti soliq to’lovchi uchun qulay bo’lmog’i zarur;

  • soliqlarni undirishda ularni undirish xarajat-larining minimalligini ta’minlamoq kerak.

Tarixiy jihatdan bu tamoyillar tug’ilib kelayotgan burjuaziyaning ehtiyojlarini aks ettirgan va feodal jamiyatning asosiy ijtimoiy guruhlari bo’lgan zodagonlar hamda ruhoniylarga, feodal davlatning soliqlar bo’yicha boshboshdoqligiga qarshi qaratilgan edi. A.Smit tomonidan ishlab chiqilgan yuqoridagi printsiplar burjua davlatlari tomonidan soliq islohotlarini o’tkazishda qisman foydalanilgan.

Soliqlarning turli ko’rinishlarini (egri soliqlar, ish haqi hisobidan undiriladigan soliqlar va boshqalar) tahlil qila turib, A.Smit jamiyatning iqtisodiy taraqqiyoti nuqtai-nazaridan ularga baho bergan. Iste’mol tovarlariga nisbatan o’rnatilgan egri (bilvosita) soliqlar ular bahosining oshishiga olib kelgan. Buning natijasida ishlab chiqarish xarajatlari o’sgan va oxir-oqibatda esa, ularni sotish kamaygan va iste’mol qilish qisqargan. Ish haqidan olinadigan soliqni baholab, u bu soliqni iqtisodiyot uchun xonavayronlik keltiruvchi deb hisoblagan. Chunki ishchi daromadining soliqqa tortilishi tadbirkor avanslashtirilgan kapitalining oshishiga yoki bozor talabiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi ishchi kuchi sotib olish qobiliyatining pasayishiga olib keladi.

Shunday qilib, A.Smitning soliq kontseptsiyasi yagona maqsadga – kapitalning jamg’arilishini rag’batlantirish va ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishini tezlashtirishga qaratilgan edi.

Asosan, xuddi shunday qarashlarni D.Rikardo (1772-1823 yillar) ham o’zining “Siyosiy iqtisod va soliqqa tortishning boshlanishi” asarida himoya qilgan. Mehnatning qiymat

nazariyasidan kelib chiqqan holda u barcha soliqlar so’zsiz ravishda yo kapitalga, yoki daromadga ta’sir ko’rsatadi, deb hisoblagan. Agar soliqlar kapitaldan undirilsa, unumli mehnatni saqlashga mo’ljallangan fond qisqaradi. Soliqlar daromaddan olinganda esa, kapitalning jamg’arilishi qisqaradi yoki soliq to’lovchining iste’moli kamayadi. Birinchi ehtiyoj predmetlaridan olinadigan soliqlar ular bahosining o’sishiga sabab bo’lib, ular iste’mol qiladigan tovarlarning miqdoriga nisbatan yuqoriroq bo’lgan proportsiyalarda iste’molchining elkasiga yuklanadi. D.Rikardoning fikricha, tovarlar va ish haqidan undiriladigan har qanday soliqlar, bir xil darajada bo’lmasa-da, ish haqining oshishiga va foydaning kamayishiga olib keladi.

Yuqorida bayon qilinganlarni inobatga olgan holda u “soliqlar buyuk zulmdir”, degan xulosaga kelgan. Soliqqa tortishning o’sishi yoki hukumat xarajatlarining ortishi bilan xalqning iste’moli pasayadi va bu narsa, oxir oqibatda, ishlab chiqarishda o’z aksini topadi. Shuning uchun ham hukumatning vazifasi kapitalning jamg’arilishini rag’batlantirishdir. Mamlakatning kelgusi ishlab chiqarishini qisqartirmaslik uchun hukumat foydani soliqqa tortmasligi kerak.

Klassik burjua siyosiy iqtisodi (A.Smit, D.Rikardo va ularning izdoshlari) davlat xarajatlari va soliqlarga nisbatan rasmiy iqtisodiy siyosatning kontseptsiyasini, ko’p jihatdan, aniqlab bergan edi. XUSh asrning oxiri va X1X asrning boshlarida ilg’or mamlakatlarning moliyaviy siyosati, yangi sinf – burjuaziyaning manfaatlarini ifoda etib, mamlakatning xo’jalik hayotiga davlatning aralashmasligi printsipini e’lon qilgan edi. Buning oqibatida davlat xarajatlari va foydani soliqqa tortish biroz qisqardi.

X1X asrda ishlab chiqarishning yuqori sur’atlarda rivojlanishi mehnat va kapital o’rtasidagi ziddiyatlarning keskinlashuviga olib keldi. Xuddi shu davrning o’zida turli sotsial guruhlarning manfaatlarini hisobga olgan holda o’z siyosatini o’zgartirishga hukumatni chaqiruvchi iqtisodchi-larning asarlari paydo bo’ldi.

Ingliz olimi J.S.Mill (1806-1873 yillar) mamlakatda ijtimoiy keskinlashuvni yumshatish maqsadida daromadlarni taqsimlash sohasida o’zgartirishlar kiritish taklifi bilan maydonga chiqdi. Boylikni nisbatan tekisroq (tengroq) taqsimlash uchun u tomonidan oqilona soliq tizimining yangi printsiplari ishlab chiqildi. Hayot kechirish uchun zarur sanalgan daromadga teng bo’lgan daromadlarni soliqqa tortishda soliqqa tortilmaydigan minimumni joriy etish g’oyasi aynan unga tegishlidir.

J.S.Mill “xizmatlarning soliq nazariyasi”ni ishlab chiqdiki, unga muvofiq ravishda har bir shaxs davlatdan olinadigan qo’llab- quvvatlashlar uchun o’z daromadlarining bir qismini davlatga berishi kerak. U soliqlar va davlat xarajatlari o’rtasida bog’liqlikni o’rnatib, soliqlarni davlat xarajatlari bilan uzviy ravishda bog’lagan.

Bu holatlar keyinroq shved iqtisodchilari K.Viksel va E.Lindal tomonidan yanada rivojlantirildi. Bizning davrimizda esa bu nazariya amerikalik iqtisodchi olim P.Samuelson qarashlarining shakllanishiga o’z ta’sirini ko’rsatdi va u soliqlarning o’sishi davlat xizmatlariga bo’lgan ehtiyojning o’sishi bilan birgalikda yuz berishi kerak, deb hisobladi.

Shveytsariyalik iqtisodchi J.Sismondi (1773-1842 yillar) rivojlangan davlatlarning moliyaviy siyosatini tanqid qilib, mayda tovar xo’jaliklarini himoya qilgan. Uning chiqishlari, asosan, protektsionizm siyosatiga (masalan, donni import qilish bo’yicha ingliz yuqori bojxona bojlari) qarsh/*i qaratilgan bo’lib, bunday siyosatni u millatga ziyon etkazuvchi siyosat deb hisobladi. Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi uchun tegishli sharoitni yaratish borasidagi protektsionizm siyosatining ijobiy tomonlarini ko’ra olmasdan, mamlakat iqtisodiyotida uzluksiz ravishda katta rol o’ynab borayotgan o’sib boruvchi yirik kapitalning ahamiyatini u etarlicha baholay olmadi.




Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   369




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish