Savollar: Insonga introvertiv va ekstrovertiv yondashuvlar, biologizatorlik va sotsiologizatorlik kontseptsiyalari



Download 78,89 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.05.2023
Hajmi78,89 Kb.
#944258
Bog'liq
Savollar Insonga introvertiv va ekstrovertiv yondashuvlar, biol



Variant-8 
Savollar: 
1. Insonga introvertiv va ekstrovertiv yondashuvlar, biologizatorlik va 
sotsiologizatorlik kontseptsiyalari. 
2. Voqelik va oʼzgarish jarayonida ayniyat va ziddiyat dialektikasi. 
3. Jamiyatning maʼnaviy hayoti va uning oʼziga xos xususiyatlari. 
Javoblar: 
1.
Introvertiv yondashuv insonning ong, jon, ruhiyat, 
instinktlar, nuqsonlar, fazilatlar kabi muhim xususiyatlarini tahlil 
etib, uni ichidan tushunish, anglab yetishni nazarda tutadi. Bunda 
insonning jismoniy va ma’naviy mohiyati haqidagi falsafiy 
mulohazalar aksariyat hollarda tabiiy fanlarning empirik 
ma’lumotlariga, avvalambor biologiya va psixologiya yutuqlariga 
tayanadi, lekin, ba’zan mistika, ezoterika, okkultizm bilan 
belgilanadi.
Ekstravertiv yondashuv insonga nazar tashlash, uning mohiyatini 
tahlil qilish go‘yoki sirtidan amalga oshiriladiki, buning natijasida 
diqqat markazidan uning ijtimoiy va tabiiy mohiyati o‘rin oladi, 
tegishli mo‘ljallarga muvofiq insonning Xudo, kosmos, universum 
va shu kabilar bilan aloqasi tahlil qilinadi. Bu yerda falsafa 
ko‘pincha tarix, sotsiologiya, ekologiya, teologiya bilan ittifoq 
tuzadi. Shunday qilib, insonni falsafiy tushunish uchun yagona asos 
mavjud emas. 
Biologizatorlik konsepsiyalarining tarafdorlari, insonni uning 
tabiiy, biologik asosidan kelib chiqib tushuntirishga harakat qiladi. 
XVIII asr oxirida jamiyat hayotiga ayrim odamlarning o‘z 
mavjudligi uchun kurash maydoni sifatida qarashni taklif qilgan 
T.Maltus nazariyasini bunday tushuntirishga bo‘lgan birinchi jiddiy 
urinish, deb hisoblash mumkin. Maltus fikricha, bu kurashda 
kuchlilar g‘olib chiqadi, kuchsizlar esa halok bo‘lishga mahkumdir. 
Mazkur kurashga tabiiy omillar turtki beradi. Xususan, aholi soni 
geometrik progressiya bo‘yicha ko‘payib boradi, tirikchilik 
vositalari taklifi esa, faqat arifmetik progressiya bo‘yicha o‘sadi, bu 
esa muqarrar tarzda ocharchilik, epidemiyalar, urushlar va boshqa 
ijtimoiy tangliklarga olib keladi. Mazkur omillarga Maltus 
kuchlilarning yashab qolishini ta’minlovchi ijtimoiy 
munosabatlarning “tabiiy”, muqarrar va hatto zarur tartibga solish 
vositalari sifatida qaragan. 


Biologizatorlik yondashuviga zid o‘laroq, sotsiologizatorlik 
yondashuvi inson tabiatini ijtimoiy munosabatlarda 
ko‘rishga harakat qiladilar. Bunda ular ba’zan nafaqat insonning 
ijtimoiy asosini uning biologik asosiga qarama-qarshi qo‘yadilar, 
balki so‘nggi zikr etilgan asosni hayvoniy va hattoki tuban, shu 
bois jiddiy e’tiborga loyiq emas, deb hisoblaydilar. Asosiy e’tibor 
ijtimoiy munosabatlar tahliliga va individ, shaxsning shakllanishida 
jamiyat qanday rol o‘ynashini aniqlashga qaratiladi. Ohirida 
ijtimoiy asos individual asosga qaraganda ustunroq ahamiyat kasb 
etadi, uni o‘ziga bo‘ysundiradi va qamrab oladi. Mazkur yondashuv 
total ijtimoiy tizimlarga va ularni asoslashga harakat qiluvchi 
falsafiy ta’limotlarga xosdir. Umuman olganda, bu individualizm 
va kollektivizm muammosidir

2.
Olamdagi har bir narsa va hodisa bir-birini taqozo qiladigan va shu 
bilan birga, bir-birini istisno qiladigan qarama-qarshi tomonlar 
birligidan iborat. Demak, voqelik va o’zgarish jarayonida ayniyat 
va ziddiyatning bo’lishi ham odatiy hol. Masalan, issiq va sovuq, 
oq va qora, kecha va kunduz, elektrning musbat va manfiy 
zaryadlari, yaxshilik va yomonlik, adolat va jaholat va xokazo. 
Qarama-qarshi tomonlar bir-birini inkor etadi va shu bilan birga 
biri ikkinchisini taqozo etadi, biri ikkinchisisiz mavjud bo’la 
olmaydi. Faraz qilaylik, magnitning manfiy zaryadi bo’lmasa, u 
holda ushbu narsa magnit bo’lolmaydi. Borliq narsa, voqea-
hodisalarning turli-tumanligidan iborat. Lekin narsalar qanchalik 
xilma-xil, turli-tuman bo’lmasin, ular o’rtasida yaqinlik, aynanlik 
mavjuddir. Masalan, stol va stul sifat jihatidan turli narsalardir, 
lekin baribir ular o’rtasida o’xshash tomonlar, belgilar bor. 
Qarama-qarshiliklar o’rtasidagi munosabatni ziddiyat degan 
tushuncha ifodalaydi. Ko’p hollarda ayniyat va tafovutning zidligi 
va ularning bir maxrajga kelishi, me’yoriy o’zgarishlar tufayli 
rivojlanish, taraqqiyot, yangilanish jarayonlari amalga oshadi. 
Taraqqiyot shu ma’noda ayniyat, tafovut va ziddiyatlarning paydo 
bo’lishi, rivojlanishi va hal qilinishidan iborat bo’lgan abadiy va 
azaliy murakkab jarayondir. 
3.
Insoniyat yaratilibdiki u mukammallikka intilib keladi. Bunda 
ma'naviyatning, bilim va tarbiyaning o'rni beqiyosdir. Chunki inson 
bolasi bilim va tarbiya vositasida ulg'ayadi. Agar u bilim olmasa, 


yaxshi tarbiya topmasa hayotda o'z o'rnini topishi dargumon. 
Demak, olingan bilim va tarbiyaning inson ongida uyg'unlashib, 
uning turmush tarziga aylanishi inson ma'naviyatini yuzaga 
keltiradi. Shunday qilib, ma'naviyat arabcha, ma'nolar majmuyi, 
kishilarning falsafiy, siyosiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy 
tasavvurlari va tushunchalari majmuyini tashkil etadi. Ma'naviyat 
deganda har qanday tabiiy, axloqiy, ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy 
bilimlarning inson tafakkurida mujassamlashuvi va bu bilimlarning 
ko'nikma, malaka va hayot tarzlariga aylanib ketishi tushuniladi. 
Yoki bo'lmasa, ma'naviyat, insonning ruhiyatini, o'z-o'zini anglashi, 
didi, farosati, adolat bilan razillikni, yaxshilik bilan yomonlikni, 
go'zallik bilan xunuklikni, vazminlik bilan johillikni ajrata bilish 
qobiliyati, aql-zakovati, maqsad va g'oyalarni qo'ya bilish, ularni 
amalga oshirish uchun harakat qilish va intilish salohiyatidir. Inson 
va jamiyat ma'naviy hayotining rivojlanishida ijtimoiy va 
individual ongning roli kattadir. Chunki tabiat va jamiyatda yuz 
berayotgan turli-tuman o'zgarishlar ongda o'z aksini topadi. 
Kishilar o'z onglariga ta'sir etgan voqea-hodisalarga nisbatan o'z 
qarashlarini, fikrlarini ifodalaydilar. Ana shu ifodalash ijtimoiy va 
individual ong mahsuli sifatida namoyon bo'ladi. 
Fayziyev Temurbek IM-70/22 

Download 78,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish